O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov


Bob yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə57/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

Bob yuzasidan savol va topshiriqlar
  • 5


    1. „Shaxs" tushunchasining ta'rifi qanday?


    2. Ijtimoiy norma nima?


    3. Ijtimoiy sanksiya nima?


    4. „Men" obrazi deb nimaga ataladi?


    5. O'z-o'ziga nisbatan baho qanday ko'rinishlarga ega?


    6. Ijtimoiylashuv qanday jarayon?


    7. Shaxs dunyoqqarashi va e'tiqodini o'zgarishiga sabab bo'luvchi omillar qaysi?


    8. O'zingizga o'zingiz savol-javoblar tarzida xat yozishga harakat qiling. Yozganda ko'p o'ylanmay, kallaga kelgan savolga, mos tarzda javob yozing. Javoblarni sharhlash o'zingizga havola. O'zingiz xolis xulosa chiqaring?


    9. Ilovada keltirilgan metodikalar orasida o'z-o'zini baholash metodikasini toping va o'zingizni tekshiring.


    10. Muloqot qanday amalga oshrriladi?


    11. Muloqotga ehtiyoj qanday sabablarga asosan yuzaga keladi?


    12. Psixologik ta'sir vositalari qanday?




    1. VIIIBOB


    2. MEHNAT FAOLIYATI PSIXOLOGIYASI


    3. Bobning qisqacha mazmuni


    4. Psixologiya va mehnat Mehnat faoliyati psixologiyasining asosiy vazifalari. Mehnat, kasb, mutaxassislik, mehnatning psixologik mazmuni.


    5. Mehnat faoliyatini o'rganish metodlari. Mehnat faoliyatini o'rganish metodlarining klassifikasiyasi. Professiografiya. Pro- fessiogrammani tuzish tamoyillari.


    6. Mehnat faoliyatining klassifkasiyasi. Mehnat turlarining klassifikasiyasi. Kasblar klassifikasiyasi.


    7. Professional shaxsning shakllanishi. Mehnat subyektining professionallashuvi. Shaxs va faoliyat. Yosh va biografik inqirozlar.
    1. Mehnat psixologiyasi


    1. Mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyati psixologik xu- susiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o'rganadigan fan sifatida, bugun torn ma'noda, mehnat faoliyatining psixologik qonuniyatlarini bilish, mehnat vazifalarini ro'yobga chiqarishda inson shaxsi imkoniyatlarini va chegarasini aniqlash, inson va mehnat shart-sharoitlarining o'zaro ta'siri hamda moslashuvining qonunlarini o'rganish eng muhim hisoblanadi.


    2. Mehnat faoliyati psixologiyasi — bu psixologiyaning bir sohasi bo'lib, inson shaxsini mehnat subyekti sifatidagi shakllanishi xusu- siyatlarini, mehnatning shart-sharoitlari, yo'Uari va usullarini ilmiy jihatdan o'rganadi.


    3. Mehnat faoliyati psixologiyasining asosiy vazifalariga quyidagi muammolar bo'yicha amaliy tavsiyalarai o'rganish va ishlab chiqish kiradi:


    4. Kasbiy faoliyat muayyan turlarining psixologik xususiyatlari (uning vositalari, mazmuni, tashkil etish va shart-sharoitlar, xatolar tahlili, kasblar klasifikasiyasi va boshqalar);


    5. Shaxs individual-psixologik xususiyatlarini mehnat samarasi, muvaffaqiyati va xavfsizligiga ta'siri;


    6. Kasbiy layoqat shakllanishining psixologik qonuniyatlari (kasbga yo'naltirish, tanlov, tayyorgarlik, mehnatga moslashuv);


    7. Mehnat kishisining funksional holati (toliqish, emosional zo'- riqish, stress, monotoniya va boshqalar) va ularni diagnostika, pro- filaktika va korreksiya qilish usullari;


    8. Inson-texnika munosabatlarining psixologik qonuniyatlari;


    9. Yangi texnikani yaratish va qo'Uash jarayonining injener-psixologik ta'minoti (loyihalash, baholash).


    10. Mehnat faoliyati psixologiyasi faoliyatni takomilashtirish yo'llari, usullari va vositalarini o'rganishdan tashqari, inson psixikasining fun- damental hodisalarini tadqiq etadi (mehnat subyektining shakllanishi, mehnat sharoitida shaxs xususiyatlarining roli, kasbiy qobiliyatlarni shakllanishi va boshqalar).


    11. Atrof muhitni o'zgartiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida mehnat va psixologiyaning o'zaro munosabatlari mehnat faoliyati psixologiyasi mohiyatining bir qator jiddiy holatlariga tayanadi:


    • U nafaqat inson mehnatini engillashtirishga, balki mehnatni yanada mahsuldor, jozibali, xavfsiz etib, zavq va iqtisodiy jihatdan naf berishiga qaratilgan;


    • U mehnatni insonga va insonni mehnatga moslashtirishga qaratilgan (insonning tabiat, texnika, boshqa odamlar ustidan hukmronlik qilishi g'oyasini munozarali, gohida mavhum etadi);


    • U mehnat faoliyatida psixikaning shaxsga bog'liq va o'zgaruvchan xususiyatlarini turli toifadagi odamlarga xos ekanligini aks ettiruvchidir.


    1. Mehnat, kasb, mutaxassislik


    1. Mehnat — inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o'zgartirishga qaratilgan maqsadli faoliyat bo'lib, u inson faolligining anglangan bir turiga kiradi. Mehnat inson uchun shaxsiy va ijtimoiy hayotida o'zini ro'yobga chiqarish va ko'rsata olish vosita hamda usu- lidir. Bu o'z navbatida, uning muomalasi, o'zini va tashqi olamni anglashi, o'zini shaxs sifatida rivojlantirishi, moddiy va ma'naviy qadriyatlarni yaratishida aks etdi. Bu vazifalarning bajarilishi mehnat- ning maqsadini tashkil etadi.


    2. Mehnat funksiyalarining samarali amalga oshishi quyidagi omillarga bog'liqdir:


    1. muayyan faoliyat uchun layoqatli kishilarni tanlash;


    2. kasbiy tayyorgarlik;


    3. mehnat jarayonini tashkil etish va rasional sharoitlar;


    4. mehnat qurollarining qulayligi va samarali ekanligi;


    5. ish ko'lamiga inson imkoniyatlarining mos kelishi;


    6. mehnat xavfsizligi tizimi, kasbiy salomatlik va umrni saqlash, ishga layoqatlikni psixologik quwatlash.


    1. Mehnat — inson imkoniyatlarining psixologik, fiziologik, kasbiy va boshqa jihatdan namoyon eta olish xususiyati bo'lib, u turli toifa odamlarda turlicha bo'ladi. Asosan, yoshga ko'rsatkichiga, kasbiy tayyorlik darajasiga, salomatlik holatiga bog'liq ravishda kechadi.



    2. Badiiy qadriyat-


      larning yaratilishi
      va qo'llanilishi

      Kommunikativlik


      Anglanganlik




      Malumotga yo'nalganlik


      MEHNAT (maqsad)




      K

      Qadriyatlar






      yo'nalganligi


      funksiyalar





    1. rasm. Mehnat va uning asosiy vazifalari
    1. Mehnat faoliyatini takomillashtirish bo'yicha ko'pgina amaliy vazifalami bajarish, shuningdek, shaxs psixik faoUigining asoslarini mehnat faoliyatiga bog'liqlik tomonlarini o'rganish masalasi muhimdir. Unga ko'ra, mehnat faoliyati tashkil etuvchilarining tizimini ko'rib chiqish mumkin. Mehnat faoliyati tashkil etuvchilarining tuzilmasi 17- rasmda aks ettirilgan.


    2. Mehnat
      faoliyati



    3. X

      Mehnat sub'yekti



      Mehnat faoliyatini
      boshqarish va
      ta'minlash

      I

      Mehnat mazmuni


      Mehnat vazifalarini
      amalga oshirish
      jarayoni va usullari


      1

      Mehnat vositalari


      faoliyatning material
      (asbob-uskunalar,
      mashinalar) va funk-
      sional (nutq, xulq,
      imo-ishoralar) qu-
      rollari



    1. Mehnat shartlari


      Fizika-kimyoviy va
      ijtimoiy muhit
    2. Mehnatni tashkillashtirish


      Mehnat vazifalari
      bajarilishining davomiyligi,
      koiami va tartibi


    1. rasm. Mehnat faoliyatini tashkil etuvchi komponentlar tuzilmasi
    1. Mutaxassislik — faoliyat shakllari birlashmasi bo'lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar, mehnat natijalari hamda mehnat subyektini tayyorlashga qo'yiladigan talablar majmuini tashkil etadi. Bu tushunchada mehnat faoliyatining turli tomonlari va turli darajasi aks ettiriladi:


    1. mehnat ob'ekti va predmeti, uning mazmuni, shartlari hamda tashkiliy jihatlari;


    2. maqsadli vazifa va mehnatning natijaviy xarakteri;


    3. mehnat egasining xususiyatlari — uning bilimlari, malaka, ko'nikma, qobiliyatlari;


    4. iqtisodiy va ijtimoiy tomonlari — ishga joylashish, moddiy ehtiyojlarning qondirilishi, ijtimoiy mavqeyining tasdiqlanishi;


    1. Mutaxassislik tushunchasi, odatda, konkret faoliyat turi va xususiy xarakterisstikasini ifodalaydi, mehnatning qay darajada bo'linish imko- niyatini aks ettiradi (masalan, vrach kasbi, mutaxassislik — terapevt, jarroh, ko'z vrachi, kardiolog va boshqalar).


    1. Mehnatning psixologik mazmuni


    1. Mehnat faoliyatining har bir aniq turi ma'lum darajada normativ tasdiqlangan bo'ladi. Bunda, albatta, samaraliroq va ixchamroq vari- ant muhim mezon etib olinadi. Inson kasbni o'zlashtirish jarayonidabu yozilgan normalami individuallashtiradi, ya'ni o'ziga, ungagina xos bo'lgan shaxsiy fazilatlar va psixologik xususiyatlarni namoyon etadi.


    1. faoliyat motivlari, uni harakatlantiruvchi kuchlari (moddiy, bilish, estetik va boshqalar);


    2. faoliyat maqsadlari, uning mazmunini shakllantiradi va aniq kutiladigan natijalarda ifodalanadi;



    1. 7. Muhit, profes-


      sional sifatlar

      1. Motivlar


      6. Psixomotor


      jarayonlar

      Faoliyatning


      psixologik tizimi

      2. Maqsadlar

      3. Dasturlar



    1. 4.Axbcrotga


      asoslanganlik

    2. 5. Qaror qabul


      qilish jarayonlari


    1. rasm. Psixologik faoliyat tizimining tuzilmaviy chizmasi
    1. faoliyat dasturi, mazmunning tasawuri va jarayonni aks ettiradi;


    2. faoliyatning axborotga asoslanganligi, ma'lumotlar bazasi, kasbiy bilimlarga oid predraetli va subyektiv sharoitlar, ularni amalga oshirishga oid ma'lumotlar;


    3. qarorlarni qabul qilish jarayoni, muammoli vaziyatni ko'rish, farazni, ilgari surish, bajarish tamoyilini aniqlash, hal etish variantlari baholashni amalga oshirish;


    4. psixomotor jarayonlar;


    5. muhim professional sifatlar, mehnat egasining psixologik xusu- siyatlari, aniq mehnat jarayonida namoyon bo'ladigan individual- psixologik sifatlar, fazilatlar.


    1. 8„4„ Mehnat faoliyatini o'rganish metodlari


    2. Shaxsning mehnat faoliyatida psixik holati, jarayonlari, mehnatdagi yiituqlarini aniqlash maqsadida turli metodlar qo'llaniladi. Bunda qaysi mezonlarga ko'ra shaxs muvaffaqiyatlarga erishishi amalga oshganligi masalasi muhim bo'ladi. Shuning uchun ushbu toifadagi metodikalar qo'llanishi kuzatiladi:


    1. aniq faoliyatning o'ziga xos tomonlari bilan tanishish uchun ish hujjatlarini tahlil etish;


    2. faoliyat mazmuniga oid ma'lumotni vizual to'plash uchun ish jarayonini kuzatish;


    3. xronometraj, mehnat jarayonining ayrim ko'rsatkichlarini baholash;


    4. mehnat kishisidan yozma yoki og'zaki ravishda ma'lumot olish uchun so'rov (anketa, suhbat, ekspert baholash) metodi;


    5. mehnat vazifalarini bajarishga oid shaxsiy tasavvur, fikr, kechinmalarni o'zida kuzatish va hisoboti; .


    6. mehnat faoliyatiga qo'yilgan eksperimentatordan faoliyatga oid ma'lumotlarni olish uchun mehnat metodi;


    7. shaxsning hayotiy va faoliyatga oid ma'lumotlarini tahlili uchun biografik metod;


    8. faoliyat sharoitlarini o'rganish uchun fiziologo-gigiyenik metodlar;


    9. mehnat subyektining psixologik xususiyatlarini o'rganish uchun tajriba (tabiiy va laboratoriya) metodi.


    1. Professiografiya metodi


    1. Mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini tahlili olingan sifat va miqdor ko'rsatkichlarini har tomonlama o'rganish hamda sistema- lashtirishga asoslanadi. Professiografiya deb, mehnat subyektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vositalari, sharoitlari, tashkilot) bilan o'zaro munosabati va bog'liqligini o'rganish va aniqlashga qaratilgan kompleks metodga aytiladi. Faoliyatni o'rganish natijasida professiogramma, ya'ni kasbning turli ob'ektiv xarakteristikalarining tasnifi va psixogramma, ya'ni faoliyatning psixologik xarakteristikalari tasnifi tuziladi.





    Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin