O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə59/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

Mehnat egasi bo 'lish uchun ushbu talablar amalga oshishi zarur:
  1. qobiliyatlarning va boshqa kasbiy muhim sifatlarning yuqori darajasiga erishish;


  2. mehnatdan qoniqish;


  3. mehnat ob'ektini to'g'ri tushunish va aks ettirish;


  4. o'zini boshqara olish tizimini rivojlantirish;


  5. faoliyatning umum qabul qilingan usullarini o'zlashtirish;


  6. o'zini-o'zi baholay olish malakalarini rivojlantirish, o'zini ro'yobga chiqara olish va hurmat qila olish.


  1. Kasbiy mahorat sohibi bo'lish uchun ikkita asosiy jihat: mehnat egasining professionalizasiyasi va professionallik mahorati masalasi muhim bo'ladi. Professionalizasiya — bu mehnat kisWsining (psixologik, fiziologik, xulq-atvor va ishga bog'liq) xarakteriologik xususiyatlarini ish jarayonida shakllanishiga aytiladi. Bunda, albatta, bu xususiyatlar uning mehnat kishisi sifatida shakllanishiga, o'z-o'zini ro'yobga chiqarishiga imkon berishi ko'zda tutiladi. Professional deganda, biz mehnat kishisining mehnat faoliyatida unga qo'yilgan vazifalarni yuqori darajada bajarish darajasiga erishgan holatini tushunamiz.




  2. Mehnat subyektiningprofessionalizasiyasini ushbu to 'rt yo 'nalishda ko'rish kerak:
  1. Uning ijtimoiylashuvi jarayoni sifatida. Bunda shaxs tomonidan ijtimoiy normalarning o'zlashtirilishi, ijtimoiy tajribaga ega bo'lish, qiziqish, qadriyatlar, ijtimoiy rollar, jamoat ishlari, ijtimoiy muhitga kirish va moslashish amalga oshadi.


  2. Shaxs rivojlanishj jarayoni sifatida. Bunda mehnat egasining faolligi, mehnatidagi samara va yutuqlarning miqdor va sifat ko'r- satkichlari, kasbiy qobiliyatlarning shakllanishi, mehnat motivlarining mehnat talablariga ko'ra amalga oshishi ko'zda tutiladi.


  3. Shaxsning kasbiy o'z-o'zini ko'rsata olishi, o'zini baholashi, o'zini nazorat qila olishi tushuniladi. Bu mehnat egasining turli yosh davrlarida, faoliyatining turli bosqichlarida, jamiyatning unga qo'ya- digan talablarida namoyon bo'ldi. Bu, o'z navbatida, mehnat bio- grafiyasi, ijod yo'li, kasbiy rivojlanish davrlari sifatida ham e'tirof etiladi.


  4. Shaxsning faollik ko'rinishi sifatida. Bunda shaxsning faoliyat bilan birgalikda o'sishi, dinamik rivojlanishi tushuniladi.


  1. Professionalizasiya faollik ko'rinishi sifatida o'z tizimiga ega. Bu tizimga professionalizasiya motivlari, maqsadlari, jarayonni amalga oshirish dasturiga oid tasawurlari, mehnat faoliyatining informasion asoslari, qarorlar qabul qilish bosqichlari, qabul qilingan qarorlarni tekshirish bo'yicha nazorat operasiyalarini amalga oshirish kiradi. Demak, professionalizasiya bu jamiyat va shaxsning vazifasi bo'lib, bu jarayonning samarasi va mahsuldorligi mehnat kishisining ijtimoiy va shaxsiy ko'rsatkichlari bo'yicha faoliyatini baholash va rivojlanishini kuzatish sifatida qaralar ekan.


  1. Shaxsning mehnat faoliyati va mehnat turlari


  1. Shaxs mehnat faoliyatini tushuntirishda beshta tushuncha muhim hisoblanadi.


  2. Mehnat faoliyati bir tomondan odamning ehtiyojlari, ichki mo- tivasiyasi mahsuli bo'lsa, ikkinchi tomondan, aynan u shu mehnatni amalga oshiruvchi, hamda uning mahsullarini o'zlashtiruvchi ham aynan uning o'zidir. Shuning uchun ham shaxsning ushbu tizimdagi asl mohiyatini bilishi, uning faolligini ta'minlovchi shart-sharoitlarni yarata olish va mehnati mahsulini bashorat qilish faoliyat samarasining bosh omili hisoblanadi.


  3. Odamning mehnatga munosabati masalasi, mehnatining shaxs uchun muhim qadriyatga aylanishi, mehnat motivasiyasi masalasi psixologiya uchun dolzarb va ahamiyatlidir. Bu masala yana shuning uchun ham dolzarbki, O'zbekiston mustaqil bo'lib, bozor munosa- batlariga bosqichma-bosqich o'tishi sharoitida odamni ijtimoiy qadriyat hisoblanmish mehnatga ongli munosabati va qadriyatlar iyerarxiyasida ijtimoiy faollik va mehnatning o'rnini aniq bilish asosiy hisoblanadi.


  1. Shaxs va mehnat


    faoliyati

  2. i

    Natijaviylik


    Qobiliyatlar


    Vazifalar


    Motivasiya



  3. Xulq-atvor




  1. rasm. Shaxs mehnat faoliyatini tushuntirishning muhim beshta omili
  1. Shunday qilib, yuqorida sanab o'tilgan omillar mehnatning sub- yekti bo'lmish shaxsni ishga undovchi va mehnat operasiyalarini muvaffaqiyatli bajarishga psixologik jihatdan hozirlovchi psixologik shart-sharoitlardir. Ular kompleks tarzda odamni mehnat faoliyatiga safarbar qiladi va mehnatga munosabati xarakterini belgilaydi.


  2. Ma'lumki, tevarak-atrofimizni qamrab olgan olamdagi iqtisodiy ob'ektlar, jarayonlar, munosabatlarning rivojlanishi va o'zgarib borishi iqtisodiyot va psixologiya fanlaii o'rtasidagi bog'lanishni tobora oydinlashib borishiga xizmat qilmoqda. Bunday bog'lanishlarni, ularning ilmiy tadqiqotlari ko'lamining kengayib borayotganligidan ham kuzatish mumkin.


  3. Bir tomondan, zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy va psixologik fanlarning nafaqat yaqinlashuvi, balki qo'shilishi, bir- birining mohiyatiga kirib borishi sodir bo'lmoqda.


  4. Ikkinchi tomondan — individual, guruhli va jamoaviy psixolog^yaning xo'jalik jarayonlariga, iqtisodiy amaliyotga hamda sohadagi boshqaruv qarorlarining qabul qilinishiga ta'siri keskin kuchayishi kuzatiimoqda.


  5. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va munosabatlarning shakllanish darajasiga e'tibor berib qarasak, psixologiya borgan sari ko'proq iqtisodiyotga kirib borayotganligi, to'idirayotganligi, yo'nal- tirayotganligi hamda uning katta-kichik ko'lamdagi voqeliklarning tub negiziga aylanib borayotganligi sezilmoqda. Afsuski, bu holat iq- tisodchilarning ham, psixologlarning ham ilmiy tadqiqotlari predmeti sifatida izlanishlar ko'lamini kam miqyosda qamrab oimoqda. Insorming iste'molchi va iqtisodiy foyda izlovchilar sifatidagi xulqida kuzatiladigan psixologik xususiyatlar Adam Smit va Alfred Marshallardan boshlab to Jon Keynsgacha bo'lgan „iqtisodiy nazariya"ning klassik namo- yondalari asarlarida aks etgan bo'lsa-da, iqtisodiyot fani hozirgacha psixologiya bilan yonma-yon turib, uning ichiga kirishmagan. Psixologiya fani esa, o'zining ong va psixika xususidagi ilmiy asoslangan qarashlarini saqlagan holda, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish iste'mol qilish, shuningdek, boshqaruvni tashkil etish jarayonidagi iqtisodiy xulqni o'rganishga kirishgan.





  6. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin