O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə67/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org


taqdirdagina u ishga dadil kirishishi, o'zgalami o'z ortidan ergashtirishi va ishlab chiqarishda yuksak ko'rsatkichlarga erishishi mumkin.



  • Yuqorida aytib o'tilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki, psixologik mahoratni talab etgani — odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa a'zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshliq ularning psixologiyasini, har bir a'zo psixologiyasini va guruh psi- xologiyasini yaxshi bilishi zarur, chunki "o'zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona yo'lidir", — deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham yaxshi vositasi — ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar bilan ishlovchilar jamoani boshqarishning turli usullariga muvafFaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar.



  • Rahbarning professional muhim sifatlari masalasi oxirgi yillarda mutaxasislar va amaliyotchilarni ko'proq qiziqtirmoqda. Bir guruh olimlar amerikalik hamda yaponiyalik rahbarlar faoliyatini o'rganib, ularga xos bo'lgan eng muhim sifatlarning bloklarini ajratganlar. 1500 ta amerikalik menedjer va 41 ta yirik Yaponiya firmalari rahbarlarining sifatlari quyidagicha tabaqalandi:



    1. Konseptual qobiliyat va xulq-atvor standartlari:



    • dunyoqarashning kengligi, global yondashuv;



    • uzoqni ko'ra bilish va egiluvchanlik;



    • tashabbuskorlik va dadillik, tavakkalchilikka moyillik;



    • muntazam o'z ustida ishlash va uzluksiz o'qish.



    1. Shaxsiy sifatlar:



    • maqsad va yo'nalishlarni aniq belgilash;



    • o'zgalar fikrini tinglash qobiliyati;



    • xolislik, samimiyat va bag'rikenglik;



    • adolatM qarorlar chiqarish orqali xodimlarni joy-joyiga qo'yish, ular imkoniyatlaridan to'la foydalanish;



    • shaxsiy yoqimtoylik;



    • jamoa tashkil etish va unda uyg'un muhitni ushlab tura olish qobiliyati.



    1. Salomatlik



    1. Lekin barcha o'tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ayon bo'ldiki, amerikalik rahbarlar ko'proq xodimlaming shaxsiy-individual tashabbuslar ko'rsatishlariga imkon beruvchi muhitning bo'lishi tarafdorlari bo'lsalar, yaponiyaliklar xodimlaming hamkorlikdagi faol- iyatlari samarasini oshimvchi sharoitlarni yaratishga e'tibor beradilar.



    2. Shuning uchun ham rahbarlik sifatlari xaqida gap ketganda, shaxsning bir qator bilimdonliklari nazarda tutiladi. 222



    1. Professional bilimdonlik — o'zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal yo'lga quyish uchun o'sha faoliyat borasida to'la ma'lumotlar, bilim va malakalarga ega bo'lishlikdir.



    2. Uslubiy bilimdonlik — bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko'nikmalari, turli loyihalar xususidagi ma'lumotlar, topshiriqlarni tez, to'g'ri va tushunarli tarzda xodimlarga etkaza olish qobiliyati.



    3. Ijtimoiy psixologik bilimdonlik — odamlar bilan ishlash, ular bilan til topisha olish, jamoani uyushtira olish, uni yaxshi ishlashga safarbar qila olish, o'zidagi liderlik sifatlarini to'la namoyon eta bilish qobiliyati. Bu tushuncha ko'pincha ,)iommunikativ bilimdonlik" tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi.



    1. 50-chi yillardan boshlab o'tkazilgan tadqiqotlarda har qanday faoliyatda ham muvaffaqiyatni ta'minlovchi sifatlarning yuzlab xillari aniqlandi. Lekin ularni umumlashtirilganda, 5% sifatlargina barcha tadqiqotlarda muhim, deb e'tirof etildi. Ularning orasida eng ko'p marta takrorlanganlari: a) intellekt (odamning murakkab va mavhum muammolarni echa olish qobiliyati, u o 'ta yuqori bo Imasligi, aksincha, o'rtachadan yuqori bo'lishi kerakligi e'tirof etildi); b) tashabbuskorlik (yangicha ishlash va harakatlarga ehtiyojni anglash qobiliyati va shunga mos motivlar) kiradi.



    1. Yüklə 0,73 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin