O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org
Rahbarlik faoliyatining diagnostik xususiyatlari Rahbar tub ma'noda realist bo'lishi, ya'ni uning barcha harakatlari korxona manfaatlariga mos kelib, unga foyda keltirishini tasawur qilishi lozim;
Rahbaming umuman odamiar haqida qanday tasawurda ekanligi, ular to'g'risida nima deb o'ylashi, bu boradagi bilimlari juda muhim;
Har qanday narsani yo'1-yo'lakay, qiyinchiliksiz idrok qila olishi muhim qobiliyat ekanligi;
O'zgalar faoliyati va jamoani yaxlit tarzda boshqara olish hamda bajarayotgan ishni birgalikda harnma qatori amalga oshirishga tayyor bo'lishi lozim.
Jamoa va uning tash?arisidagi raqobatchi hamda hamkasblarning mavqei va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlab, o'zi zarur xulosalarni chiqara olishi.
Har qanday toshpirilgan vazifani oxiriga etkazish va bundan malum bir qoniqish hissi hosil qilish uchun o'zidagi qobiliyat va kuch-quwat zahirasiga ega bo'lishi shart. Buning uchun esa: o'z kuchi, salohiyati va qobiliyatlarini eng asosiy maqsadga qaratish, irodani aynan shunga sarf qilish;
doimo tetik va sog'lom bo'lib, har doim ham ishga yaroqli ekanligini ko'rsata olish;
boshqa xodimlar ham bajara olishi mumkin bo'lgan mayda- chuyda ishlarga qo'l urmay, ularning nazoratigagina e'tiborni qarata olish (delegirovaniye);
yon-atrofdagi boshqa tashkilot va korxonalardagi boshqaruv uslublari haqida ham malumotga ega bo'lib, boshqamvda ulardan ortda qolib ketmaslikka harakat qilish, korporasiya usulidan unumli foydalanish. rasm. Rahbarlik faoliyati xususiyatlari Yuqori darajadagi psixologik zo'riqish rahbaming psixikasida (salbiy) o'zgarishni yuzaga keltirishi tabiiydir. Undan tashqari rahbar tomonidan doimo qo'l ostidagi xodimning xatti-harakatiga, ishidagi samara, ishga munosabati o'zgarganmi, yangi topshiriqqa munosabati qandayligi hisobga olinishi darkor hisoblanadi. Rahbar bir joyda ko'p yil ishlasa, uning o'ziga xos ijobiy va salbiy tomoni yuzaga keladi.
Ijobiy tomonida rahbar jamoani, jamoa rahbarni biladi, lekin rahbarni yoqtirmaydigan xodimlar ham bo'lib, ular o'zlarining fikridan qaytmaydi faqat rahbardan kamchilik izlaydi.
Salbiy tomonida rahbar ko'p vaqt bir mansabda o'tirgandan keyin, o'zining faoliyatidagi kamchiliklarni ko'rmaydi, unga tanqid yoqmaydi va tanqidchilardan qutilishga harakat qiladi.
Rahbarning yoshi qancha katta bo'lsa yangilik tarafdori, demok- ratiyaga xayrixoh, o'z ishonchidagi shaxslarni mansablarga qo'yishga harakat qiladi, lekin anarxiya qilishga yo'l qo'ymaydi.
Rahbar tarbiyalash jarayonida xodimning individual xususiyatlarini hisobga oladi. Rahbar faoliyatini hech qachon ijrochi faoliyatidan ajralgan holda o'rganib bo'lmaydi. Shuning uchun rahbar uchun xodimning bilish jarayoni, xodimning yakka tartibdagi o'ziga xos xususiyati ham muhim hisoblanadi. Xodimning hujjat bilan ishlash qobiliyati, hujjatni tuzish, hujjatni to'liq rasmiylashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim hisoblanadi.
Xodim buyruqlarning mazmuni, o'ziga kerakligini rahbarga to'g'ri etkazishi kerak bo'ladi. Undan tashqari, rahbar qo'l ostidagi shaxslarga hech qachon predmet sifatida qarashi kerak emas, chunki har bir xodimning o'ziga xos mavqei, oilasi va yoru do'stlari mavjud. Rahbar qabuliga kelgan xodimlarni eshita olish qobiliyatiga ham ega bo'lishi kerak. Eshita olish san'ati har bir rahbarga ham berilavergan emas. Eshita olish qobiliyati orqali rahbar muammoni hal qilishga ob'ektiv yondashishi mumkin. Xodimlarni va fuqarolarni qabul qilishdagi farq mavjud. Qabul qilishda shikoyatni, arizani yoki taklifni eshitibgina kifoyalanishi, yoki muammoni hal qilishga harakat qilishi, yoki masalani hal qilishini aytib o'tishi mumkin.
Rahbar o'z faoliyatini olib boAishda texnik vositalardan ham foyda- lanadi. Masalan, telefon, selektor orqali, bunda ham ma'lum bir vaqt ketadi: Keyingi faoliyatga bir daqiqadan uch daqiqaga tanafus qilinsa, rahbar yana fikrini jamlash uchun 15 minutdan 30 minutgacha vaqt ketar ekan. Telefon orqali gaplashishning o'z etikasi mavjud.
Rahbarda boshqarish san'atini yuzaga chiqaradigan bu ijro intizomini amalga oshirishdir. Ijro intizomi bu — buyruq, ko'rsatma, farmoyishlarni xodim tomonidan qanday bajarayotganini, ijrosini kuzatishdan iboratdir. Rahbar ijro intizomini nazorat qilmas ekan, uning rahbarlik faoliyatida samara bo'lmaydi. Samara, samaradorlik bevosita rahbar faoliyatini mezonini o'lchaydigan jarayon hisoblanadi. Inson omilini rahbar bilmas va qadrlamas ekan, demak, boshqarishda inson taqdiriga befarq bo'lishida ko'rinadi.
Jamoadagi bitta murakkab xarakterdagi xodim, jamoada shaxs- lararo munosabatlar va faoliyatni buzilishiga olib keladi. Jamoada rahbar, eng avvalo, psixolog bolishi bilan bir qatorda psixolog tadqiqotchi ham bo lishi zarur: