O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə68/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org


Rahbar va xodimlar o'rtasidagi o'zaro shaxslararo munosabatlar psixologiyasi



  1. Boshqaruv nazariyasi va metodologiyasida rahbarning muomalasi eng asosiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Muomalaning eng muhim tarkibiy qismi — muloqotdir. Boshqaruv jarayonida muomala o'z ichiga hamkorlik faoliyatini asos qilib oladi. Bu jarayonda til va nutq asosiy qurol hisoblanadi. Rahbar bilan qo'l ostidagi shaxs yuridik jihatdan to'g'ri rasmiy muloqot qilsagina, faoliyatda samara bo'lishi mumkin. Rasmiy muloqot jarayonida rahbar etakchi subyekt hisoblanadi, shuning uchun ham rahbarning axloqiy sifatlariga va qo'l ostidagi shaxslar bilan bo'ladigan muomalasiga katta talablar qo'yiladi. Rahbar boshqaruvda barcha tabaqadagi shaxslar bilan muriosabat o'matadi. Muomalajarayonida ikkala subyekt ham umuminsoniy va milliy axloq normalarini o'zlashtirib boradi. Xodim muomala odobini asosan rahbar timsolida anglab oladi. Rahbarning muomalasi ham bugungi kunda psixologik-pedagogik adabiyotlarda qayd etilganidek, rasmiy -norasmiy muloqotga bo'linadi.



  2. Rahbarning rasmiy muloqoti — mayjud qonunlar va direktiv hujjatlarga asoslanadi. Norasmiy muloqot esa kasbiy pedagogika va tikaning qonuniyatlariga asoslanadi hamda bu jarayon rahbarning oilaviy tarbiyasiga bog'liq bo'ladi. Agar rahbar jamoada sog'lom aqliy- ruhiy muhit tashkil qila olsa, rahbarning talab va buyruqlari bajari- libgina qolmasdan, har bir jamoa a'zosining e'tiqodiga, odatiga ay- lanadi, bu esa rahbarda boshqaruv hissini to'la shakllanishiga bevosita yordam beradi. Rahbar qo'l ostidagi shaxslar bilan o'zaro munosabatda va xatti-harakatida noqonuniylikka yo'l qo'ysa, xodimlarda e'tiroz va tanbeh yuzaga kehb, ular o'rtasida muhokamaga asos yaratiladi.



  3. Rahbar muomala vaqtida odob va odoblilik qoidalariga amal qilsa, suhbatdoshni buyruq, ko'rsatmalarni qabul qilayotganini fahmlab turadi. Rahbarning boshqarish jarayonida ba'zi bir o'ylamay bildirgan fikrlari, ortiqcha xatti-harakatlari, imo-ishoralari, uning obro'siga putur etkazishi mumkin. Rahbarning muomalasi pedagogik ahamiyatga ega bo'lishi kerak, chunki uning qo'l ostida endi yangi ishga kelgan tajribasiz xodimlar, tajribali xodimlar va yoshi ulug' odamlar bo'lishi mumkin.



  4. Rahbarning jamoani boshqarishda jamoa a'zolariga ta'sir o'tkazish samarasi (ijobiy ma'noda) va xodimga qo'ygan vazifani nazorat qilishi uning prinsipialligi talabchanligida o'z aksini topadi. Boshqarish - bu quruq gap va so'zlar majmuasidan iborat bo'lib qolishi kerak emas. Boshqarishda har bir so'zni o'ylab gapirish, boshqa hamkasblarning so'zi, fikri, mulohazalarini eshita bilish ham jamoada o'zaro mu- nosobatlarni yaxshilashga xizmat qiladi. Rahbar tomonidan ko'rsatma va farmoyishlarni ko'paytirib yuborishi ularni oddiy qog'ozda qolib o'z kuchini yo'qotishga olib keladi. Rahbar doimo qonunlarning ijrosini to'la tarafdori bo'lishi bilan birga o'ziga xos psixolog bo'lishi ham talab etiladi.



  5. Demak, rahbar ham qonun ijrosini ta'minlovchi va uni nazoratini amalga oshiruvchi shaxs hisoblanadi. Agarda xodimlar sof dil, pok bo'lganlarida rahbarning bunday qonun ijrosini nazorat qilishiga, vaqti kelganda qattiqqo'l bo'lishiga zarurat ham bo'lmas edi. Lekjn xodimlar turli oilada, muhitda tarbiyalanganligi uchun ular orasida beoqibat, beburt va bemaslaklar etarli darajadadir. „Agar yaxshilik qilsang ular sen tomonda, hamma narsa seniki, deb qasam ichadi, biroq xavf tug'ilsa hech ikkilanmay sotqinlik qiladi".



  6. Boshqarishda rahbarning bosh vazifasi bu jamoani asrashdan iboratdir. Jamoani tanazzulga olib kelgan va uni barbod qilgan rahbarni jamoa kechirmaydi. Rahbar jamoani boshqarishda nafaqat nazariyachi bo'lishi, balki amaliyotchi bo'lishi ham talab etiladi. Rahbar jamoani ikki yo'l bilan boshqarishi mumkin:



  • birinchisi, rahbarni jamoa hurmat qiladi, sevadi va u tomonidan berilgan barcha topshiriqlarni bajarishadi;



  • ikkinchisi, rahbardan qo'rqqanidan uning buyruqlariga itoat eta- di, shuning uchun sevgan rahbarimiz bizni qanday o'ziga itoat ettirsa, qo'rqib hurmat qiladigan rahbar ham bizni shunday idora qiladi.



  1. Ba'zi rahbarlar uchun burch yoki nomus barcha insoniy omil- lardan ustun turishi mumkin. Xalqni xalq, millatni millat sifatida yashashini ta'minlaydigan -- bu rahbardir. Lekin rahbarni rahbar qiladigan — bu jamoadir. Jamoa bilan rahbar o'rtasida bir-birini tu- shunish, qo'llab quwatlash yuzaga kelsa, jamoaning, rahbarning kasb-koridabarakabo'ladi. Boshqaruvning nazariyasi va metodologiyasi haqida so'z yuritar ekanmiz, boshqarish madaniyati, bu eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Boshqarish madaniyati o'z ichiga huquqiy, axloqiy normalarni, milliy an'analarni, inson ma'naviy boyligini u yoki bu darajada qamrab oladi.



  2. Boshqarish madaniyati, rahbarning ichki madaniyati, dunyo- qarashi, psixologiyasi va pedagogik bilimlar darajasi bilan o'lchanadi. Boshqarish madaniyatida mehnat samaradorligi muhim hisoblanadi. Samaradorlikning yaqqol namoyon bo'lishi qiyin jarayon, chunki rahbarning ish faoliyatida ish vaqtini o'zi tartibga solinmagan, ya'ni ertalab soat 08.00 da ish boshlansa, bu faoliyat kechki soat 22.00, 23.00 largacha davom etishi mumkin.



  3. Boshqarish prinsipi bevosita ob'ektivlik prinsipiga bo'ysunadi. Bu prinsip bilim, hamkorlikni ob'ektiv qonuniyatlarni hisobga oladi. Boshqarish bu doimo ikki tomonlama jarayon hisoblanib, unga engil- elpi qarab bo'lmaydi. Birinchi holatda boshqarishda xuddi muvaffa- qiyatga erishayotgandek tuyiladi. Keyinchalikbu yengil-yelpining natijasi ko'zga ko'rinadi. Boshqarish jarayoni tut daraxtiga o'xshash kerak, bodom daraxtiga emas. Chunki, bodom juda erta guUaydi hosilni juda kech beradi. Tut daraxti kech gullaydi-yu, ammo uning mevasini birinchi bo'lib eyishadi. Quyidagi chizmada rahbarlik faoliyatining diagnostik xususiyatlari berilmoqda.



  4. Bizda D. Kamegining kitoblari asosida rahbarlar faoliyat yuritmoqchi bo'ladilar. Bu, aslida, Sharq mamlakatlari xalqlariga ko'p ham to'g'ri kelavermaydi. Chunki, Sharq xalqlarining boshqarish san'ati o'zgacha. Bizda demokratiyani anarxiyaga aylantirib yuborish hissi kuchlidir.



  5. Deyl Karaegidan esa rahbarlik faoliyatiga ehtiyot bo'lib, kerakli maslahatlarni olishimiz lozim. O'zgalarning xatosini to'g'ridan-to'g'ri emas, balki yordamchi vositalar bilan ko'rsating.



  6. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin