O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə71/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org


—jamoadagi yaxshi psixologik muhitni saqlab qolgan holda, jamoani boshqarishni tashkil etish;



  • —jamoani boshqarishda rahbar o'zining ichki psixologik rezervini saqlab qolgan holda ishni tashkil etish;



  • — rahbar xodim doimo opining ustida ishlab borishi dunyo- qarashi, huqliqiy ongi, madaniyati boshqa qo'l ostidagilardan ustun bo'lishi kerak bo'ladi.



  • Rahbar xodimlar (Oliy akademik kurs uchun) mansabga kirishish, mansabga o'tirishga asos kursini tashkil etish maqsadga muvofiqdir, bunga nimalar kiradi yoki nimalar bu kursni asosini tashkil etishi mumkin:



    1. auditoriya oldida ochiq chiqish qilish (majlisda, jamoa oldida, televideniyada);



    2. ikki kishi bo'lib suhbat o'tkaza olish treningi (eshita bilish, ishontira olish, suhbat chog'ida boshqara olish, ta'sir eta olish san'ati);



    3. jamoa guruh oldida muloqot qilish treningi (jamoani fikrini hisobga olish, munosabatlar dinamikasiga ta'sir etish);



    4. yangi tayinlangan rahbar o'z faoliyati davomida duch kelishi mumkin bo'lgan psixologik qiyinchiliklarni tashkil etish;



    5. bu kursda bo'lg'usi rahbar o'zining kasbiy faoliyatida xato qilishi mumkin bo'lgan vaziyatlarni o'z ko'zi bilan ko'radi, shunga psixologik jihatdan tayyor bo'lib boradi.



    1. Ushbu treningdan keyin rahbarlik faoliyatiga hali tayyor yoki tayyor emasligi haqida taxminiy xulosa qilishimiz mumkin:



    2. —rahbarlik faoliyatiga tayyor lekin, o'zining ustida hali ishlashi kerak (qaysi tomonlama ko'rsatish kerak);



    3. —rahbarlik faoliyatiga tayyor, lekin birinchi navbatda, quyida- gilarga e'tibor qaratilishi kerak, deb aytib o'tish lozim.



    4. Shunday qilib, bo'lg'usi rahbar qo'l ostidagi xodimlar va jamoani boshqarish uchun shaxsiy psixologik bilimlari bilan bir qatorda, yuridik, pedagogik, falsafiy, mantiqiy bilimlar ham muhim hisob- lanadi. Bu bilimlarni amaliyotga tadbiq etish, awalo, rahbarning o'ziga, uning tarbiyasiga va qobiliyatiga bog'liq.



    5. Rahbarni jamoani boshqarishidagi eng asosiy maqsadlaridan biri, jamoani muvaffaqiyatli boshqarishidir. Boshqarish faoliyatiga psixo- logiya fani allaqachon asosiy kerakli fan sifatida kirib kelgan. Rahbarda ham, odamda ham uning o'ziga yarasha yutuq va kamchiliklari mavjud, lekin kamchilik hech bir vaqt jamoaning faoliyatiga ta'sir qilishi kerak emas. To'g'rirog'i, rahbar bilan qo'l ostidagi xodimni munosabati, ish faoliyatiga ta'sir qiladigan darajada bo'lishi mumkin emas.



    1. Rahbarning muhim shaxsiy-kasbiy sifatlari



    1. Tinglovchilarni rahbarning shaxsiga qo'yiladigan ijtimoiy-psixo- logik talablar, axloqiy-ma'naviy sifatlari, kasbiy tafakkuri, ma'suliyat hissi, irodaviy sifatlari, obro'si va hokimiyati, ularning o'zaro nisbati, obro'sini oshirishning psixologik shart-sharoitlari hamda rahbar xulq- atvorining psixologiyasi va shaxsiy sifatlarini diagnostika qila olish kabi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.



    2. K.Makiavelli „davlat, hokimiyat, qonunlar va kuch yordamida boshqariladi" — deb ko'rsatadi. Uning o'zi davlatni qonunlar yordami- da boshqarish tarafdoridir. Ammo tarixiy taraqqiyotdagi tajribalarni o'rganish va saroy tajnbalarini kuzatish uni qonunlar ham har doim kutilgan natijaga olib kelavermaydi — degan fikrga olib keladi. Demak, qonunlar kuchga tayanishi vojib: kuchsiz qonunlar oddiy qog'oz.



    3. Hukmdor qonunlardan ham, kuchdan ham foydalana bilishi darkor. Hukmdor hammaga bir xil munosabatda bo'la olmaydi, u soflik va poklik niqobiga o'ralib olib, „buyuk mug'ombirlik va laqillatish san'atini namoyon etadi. Kishilar uning ushbu sifatlarini sezmaydilar, chunki ular hukmdorning kimligini, xizmatlarini davlatni asrashiga qarab baholaydilar.



    4. Hukmdorning poklik va soflik niqobiga o'ralishi davlatni va hokimiyatni asrash uchun zaruratdir. Ushbu maqsadda u „nopok vositalardan ham foydalanishi mumkin". Hukmdorni kishilar o'z ixtiyori bilan sevadi, qo'rquv uyg'otish esa hukmdor izmidadir: birinchisida, u fuqarolarning ixtiyorida, ikkinchisida, u fuqarolardan mustaqildir.



    5. Bugungi kunda hayotni uzluksiz kommunikasiyasiz yoki bir-biridan uzoq-uzoqlarda yashayotgan odamlarning o'zaro muloqotisiz tasawur qilib bo'lmaydi. Gmmaviy kommunikasiya bo'lmaganda insonlar axborotsiz yashar va rivojlanish bu darajada bo'lmas edi.



    6. Operativ ma'lumotlar maxsus ma'lumotlar sirasiga kiradi, chunki, rahbar bu ma'lumotlarni o'z kasb mohiyatidan kelib chiqqan holda tahlil qiladi va kerakli qarorni qabul qiladi. Ma'lumotlar to'g'ri, yolg'on, uydurma bo'lishi mumkin. Ma'lumotlar xodimlar yoki ularning faoliyati haqida ham bo'lishi istesnodan holi emas. Ongni kasbiy yo'naltirishda ma'lumotlarning roli benihoya kattadir. Ongga barcha ma'lumotlar sig'maydi, shuning uchun „xotira"ning roli o'zgacha.



    7. Olimlarning fikricha, agar texnik vositalar, jumladan, kompyuter bo'lmaganda tom-tom ishlar qalashib, inson faoliyatini qiyinlashtirgan bo'lar edi. Kompyuterni bilishning o'zi har bir rahbarni bilim saviyasi, dunyoqarashirva asr mo'jizasiga munosabatini ko'rsatadi. Ong shakl- lanishining manbai bu ma'lumotlardir.



    8. Bugungi kunda ma'lumotlar shu darajada ko'payib ketganki, natijada ommaviy axborot vositalari imperializmi yuzaga keldi. Kim kuchli, kimda axborot va ma'lumotlar ko'p bo'lsa, o'sha inson kuchlidir. Shuning uchun kirn ko'p ma'lumotga ega bo'lsa, o'sha xatarli shaxs hisoblanadi, uni o'zingizdan ozgina uzoqlashtirishga harakat qilsangiz, ubirinchi dushmamngizga aylanadi. Ma'lumotlarning ko'pligi rahbarning qaysidir ma'noda professional tayyorgarligini belgilashi hamda jamoada ob'ektivlikni saqlab qolishga yoki yuzaga keltirishga xizmat qilishi mumkin.



    9. Yüklə 0,73 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin