O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə76/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org


— birinchi vazifasi tashkiliy bo'lib, o'quvchilaming ta'lim va tarbiyasi bo'yicha ijtimoiy buyurtmalarni qondirish;



  • —ikkinchi vazifasi — bevosita o'quvchining qiziqish va talablarini qondirishga yo'naltirilgan holatdagi ijtimoiy vazifadir.



  • Shuningdek, bu vazifa o'quvchilaming ko'tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o'quv jarayonidagi ishchanlikni yuzaga keltirishni ham o'z ichiga oladi. Afsuski, ko'p yillar davomida boshqarishning ana shu ijtimoiy vazifasiga juda kam e'tibor berildi.



  • Boshqaruvning ikkinchi vazifasi bu ijtimoiy-psixologikdir. Bu vazifa o'quvchilarda samarali faoliyat uchun zarur bo'lgan ijtimoiy-psixologik holat va xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgandir.



  • Bu holat va xususiyatlar o'quvchilarni o'zaro jipslashtirish, nazorat, o'z-o'zini boshqarish, shuningdek, mustaqil ta'lim olishlarini rivojlantirishdan iboratdir.



  • O'quv jarayonini boshqarish uchun quyidagi tarkibiy qismlami egallash lozim:



    1. Berilgan o'quv topshirig'ini echish uchun vositalar tanlash.



    2. Topshiriqlarni echish jarayonida o'z-o'zini nazorat qilish.



    3. O'zlashtirilgan bilimlar, malakalar, ko'nikmalar sifatini ba- holash.



    4. O'quv topshiriqlarining bajarilganligini tekshirish.



    5. O'z oldiga maqsad qo'ya olish.



    6. Turli belgilar bilan predmetning ichki munosabatlari muvo- flqligini ko'ra olish.



    1. O'qitishning ikkita usuli mavjud. Biri an'anaviy o'qitish usuli — bunda o'qituvchi muammoni belgilaydi, vazifalarni aniqlanaydi va muammoni echib beradi. O'quvchi esa masalani echish yo'llarini eslab qoladi va uni echishni mashq qiladi. Bunda o'quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi.



    2. Rivojlantiruvchi ta'lim o'qitishning muammoli usulida o'qituvchi o'quvchilarning bilish jarayonlarini boshqaradi, uni tashkil etadi va nazorat qiladi. O'quvchi esa muammoni tushunadi. Uni echish yo'llarini qidiradi va echadi. Bunday hollarda o'quvchi tafaklomning mahsuldorligi oshadi va uning mustaqilligi rivojlanadi.



    3. O'quvchining o'qishga bo'lgan qiziqishini rivojlantirish uchun o'qituvchi quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:



    1. O'quv jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bunda o'quvchi faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni o'zi kashf etishi va muammoli xarakterdagi masalalarni echish uchun sharoit izlashi kerak.



    2. O'quvchilarga bir xil o'qitish usullari va bir turdagi ma'lumotlarni berishdan qochish kerak.



    3. O'rgatilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo'lishi uchun ayni shu fan yoki bilim, o'quvchining o'zi uchun qanchalik ahamiyatli va muhim ekanligini bilishi kerak.



    4. Yangi material qanchalar o'quvchi tomonidan avval o'zlashtirilgan bilimlar bilan bog'liq bo'lsa, u o'quvchi uchun shunchalik qiziqarli bo'ladi.



    5. Haddan ziyod qiyin material o'quvchida qiziqish uyg'otmaydi. Berilayotgan bilimlar o'quvchining kuchi etadigan darajada bo'lishi lozim.



    1. O'qituvchi o'rganilayotgan mavzu yoki bilimning ahamiyatihi ko'rsatish, o'quvchining o'quv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar, aqliy o'yinlardan keng foydalanishi lozim. Lekin, ta'limdagi har bir beriladigan bilim yorqin, qiziqarli bo'lavermaydi, shuning uchun o'quvchilarda iroda, qat'iylik, mehnatsevarlik kabi xislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu xislatlar o'quvchining kelgusida o'z-o'zini nazorat qilishga, o'z-o'zini baholashga va mustaqil ta'lim olishga asos bo'lish kerak.



    1. Yüklə 0,73 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin