O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov


Bob yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə78/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

Bob yuzasidan savol va topshiriqlar


  1. Boshqaruv psixologiyasi deganda nimani tushunasiz?



  2. Boshqaruvning psixologik jihatlari nima?



  3. Rahbarlik qobiliyatlari haqida fikr bildiring?



  4. Boshqaruv faoliyatidagi nizolar va ulaming oldini olish haqida gapirib



  1. bering?



  1. Pedagogikjamoalarniboshqarishning pedagogik-psixologik jihatlari



  1. nima deb o'ylaysiz?



  1. Ta'lim jarayonini boshqarishda o'quvchilarning individual- psixologik



  1. jihatlarini hisobga olish nima?



  1. Rahbarlik uslublarini sanab bering?



  2. Jamoani boshqarish to'g'risidagi shaxsiy fikrlaringizni yozma tarzda



  1. bayon eting?



  2. X BOB



  3. IJTIMOIY JARAYONLAR: OILA VA OILAVIY
    MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI



  4. Bobning qisqacha mazmuni



  5. Oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Oilada sog'lom muhit psixologiyasi.



  6. Yoshlik faslining o'ziga xos odobi va psixologiyasi. Sevgi va muhabbat, yoshlar o 'rtasidagi munosabatlar psixologiyasi.



  7. Oilada bolalar tarbiyasi. Oilada bolalar tarbiyasining pedagogik- psixologik jihatlari, oilaviy tarbiyada bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olish, milliy tarbiya imkoniyatlari.



  8. Oilaviy munosabatlar odobi va psixologiyasi. Oilada er-xotin o 'rtasidagi munosabatlar odobi va psixologiyasi, oila a 'zolari o 'rtasidagi munosabatlar, oilaviy nizolar va ularning oqibatlari.



  1. Oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi



  1. Ma'lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odam- larning o'zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo'lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o'ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan- texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari, taraq- qiyoti, qishloq xo'jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman xalq xo'- jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlaming jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlaming yaratuvchisi, ishtirokchisi bo'lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o'ziga xos, yangicha talablar qo'ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o'zlarida ro'y berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshqa o'zgarishlar odamlarning o'zaro muloqot munosabatlari doirasini ma'lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda o'tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikni ma'lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emosional zo'riqishlarning yuzaga kelishga asos bo'lmoqda. Bularning ta'siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda ham o'z ifodasini topadi.



  2. Oila bu o'ziga xo'jalik bo'lib, uning turmush kechirishlarini muammolari mavjud. Ota-onalar oila a'zolarining amaliy faoliyatlarini uyushtiradi, ularning ovqatlanish, ta'Mm olish, ishlash, dam olish, kiyim-bosh bilan ta'minlash kabi kundalik rejimini tashkil qiladi. 246 \



  3. Oila muammolari orasida o'zaro munosabat va yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlash, to'g'rirog'i bo'lajak oila boshqaruvchisi sifatida tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Shu ma'noda ota-onalar, keng jamoatchilik zimmasiga yoshlarni oilaviy hayotni o'tashdek ma'suliyatli vazifani bajarishga, uy tutish, ro'zg'or, oila xo'jaligini tejab-tergab boshqarishga tayyorlash, ularda „erkak", „ayol" fazilatlarini tarbiyalash, o'zaro muomala-munosabat odobini tarkib toptirish, ularga ona mehri, ota g'amxo'rligi, farzand minnatdorligi nimaUgini va hayotda shularga amal qilish zararligini uqtirish yuklatilgan.



  4. Oila baxti, farzandlar istiqboli uchun ota-ona o'g'il-qizni oilaviy hayotning hamma muammolariga ma'suliyat bilan yondashadigan, o'z umr yo'ldoshini hurmat qiladigan, unga hamma vaqt tayanch, sodiq do'st bo'ladigan, shuningdek, qayin-bo'yinlariga munosabatini, kelinlik, kuyovlik vazifasini o'rniga qo'ya oladigan, ya'ni ularni farzandlik burchini o'tay oladigan qilib tarbiyalashi zarur.



  5. Kuzatishlarda ayrim yoshlarning oilaviy hayotga ma'naviy tayyor emasligi, ularda his-tuyg'ular, oilaga jiddiy mas'uliyat hissi etishmas- ligi ma'lum bo'lmoqda. Shuningdek, ular oilasi, farzandlari oldidagi, qolaversa, jamiyat oldidagi burchlarini yaxshi anglamaydilar. Bunday yoshlarning ko'pchiligi oila byudjetini rejalashtirish, unga amal qilish, uy yumushlarini oila a'zolari o'rtasida to'g'ri taqsimlash, ota-onalar fikri bilan hisoblashish va hakozolarni bilmaydilar. Bu hoi o'quvchi va talaba yoshlarni kelajakdagi oilaviy hayotga moddiy va ma'naviy jihatdan tayyorlashni taqozo etadi.



  6. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ularga oilaviy turmush munosabatlarining butun sistemasini, ya'ni, oilada sog'lom psixologik muhit yaratish, kelin va kuyovning bir-birini tushunishga harakat qilishi, mayda-chuyda gaplardan chetlab o'tishi, uy tutish, ro'zg'or tebratish, poklik, zebolik, hayo, andisha, qaynota-qaynonasini siylashi, ularni hurmat qilishi kabi fazilatlarni singdirib o'rgatib borish zarur.



  7. Yoshlarimizda bu masala bo'yicha aniqroq tasawur hosil qilish uchun, bundan 90-100 yillar oldingi ularning tengdoshlari, ya'ni o'tgan asrning boshidagi va bugungi kunlarimizdagi 15-16 yoshli yigit-qizlar o'rtasidagi tafovutlarni solishtirib o'tamiz.



  8. Maxsus adabiyotlarda yozilishi va o'tkazilgan tadqiqotlar natijalarida kuzatilishicha, so'nggi 100 yil ichida odamlarda kuza- tiladigan akselerasiya jarayoniga ko'ra, ularning jinsiy, fiziologik balog'atga etishi 2-3 yilga ilgarilab ketgan. Bundan 100 yilcha oldin yoshlarning jinsiy balog'atga etish davri 15-16 yoshga to'g'ri kelgan, hozir esa bu holat o'rtacha 12-13 yoshlarga to'g'ri keladi. Endi shu yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlik jihatlarini ko'rib chiqamiz.



  9. Ilgarigi tengdoshlaringiz 15-16 yoshlarida oilaviy hayotga yetuklik talablaridan biri bo'lmish jinsiy etuklikka, balog'atga etar ekanlar, ular aksariyat hoUarda shu yoshga kelib o'sha davrlar uchun xos va lozim bo'lgan, unchalik murakkab bo'lmagan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-asrorlaridan deyarli boxabar bo'lganlar (chunki u vaqtlarda bolalarni odatda, 13-14 yoshidan shogirdlikka berishgan), o'sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnologik jarayonlar ulardan maxsus yoki oliy ma'lumot talab qilmagan, 3-4 yil ustoz ko'rgan shogird 16-17 yoshida o'zi mustaqil ish yurita oladigan ustaga, o'z ishini amallab keta oladigan mutaxassisga aylangan. Mabodo, u shu vaqtda oila quradigan bo'lsa, o'z hunari orqali mehnat qilib o'zini va oila a'zolarini iqtisodiy jihatdan ta'minlay olishi murnkin bo'lgan. Bundan tashqari, u vaqtlardagi 18-20 yoshli yigit mahalla-ko'yda, jamoatchilik orasida ma'lum darajada ijtimoiy etuk shaxs sifatida qabul qilingan, turli tadbir va marosimlarda etuk, uning haqli ishtirokchisi sifatida qatnashishi murnkin bo'lgan, ya'ni uning ijtimoiy jihatdan balog'atga etganligi jamoatchilik tomonidan qabul qilingan. Bu jarayon shaxsning oldiga, oila va jamiyat oldida o'ziga xos mas'uliyat yuklagan, mas'uliyatni his qilish esa uning psixologik etukligi alomatlaridan biri bo'lib xizmat qilgan.



  10. Endi shu xususiyatlarni bugungi kun yoshlarida ko'rib chiqaylik. Ular 12-13 yoshlarda jinsiy (fiziologik) etuklikka erishadilar, biroq ular biror bir kasb-hunar egasi bo'lib, mustaqil ishlab, o'zini va oilasini iqtisodiy jihatdan ta'minlay oladigan bo'lishi uchun, awalo, maktabni bitirishi, so'ng u yoki bu kasb-hunar kolleji yoki akademik liseyda o'qib, biror-bir kasbni egallashi kerak. Buning uchun 9 yil maktabda, kollej yoki liseyda o'qishi zarur bo'ladi.



  11. 12 yillik barcha uchun majburiy ta'limdan so'ng yoshlarimizning ma'lum bir qismi o'qishni oliy o'quv yurtlarida davom ettiradi, Bundan ko'rinib turibdiki, yoshlarimizning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari ularning ma'lum qismi uchun 20-21, boshqalari uchun 23-25 yoshga to'g'ri keladi. Bundan tashqari, c



  12. Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsni madaniy takomil- lashuviga, u esa shaxslarni bir-birlariga qo'yadigan talablari oshishiga va shaxslararo munosabatni noziklashuviga olib keladi. Fikrimizning dalili sifatida bir faktni keltirishimiz murnkin. Ajralish foyizi oliy ma'lumotlilar ichida umumiy o'rta ma'lumotlilarga nisbatan yuqo- riroqdir.



  13. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuqori saviyada bo'lmagan jamiyat- dagi oila a'zolari o'zlarining oilaviy yumushlarining aksariyatini qo'lda bajaradilar. Unga oilaning barcha a'zolari va birinchi navbatda, farzandlar mumkin qadar ko'p jalb qilinadi. Oila ishlarini bajarishdagi umumiy faoliyat yoshlarda ma'lum malakalarni, shu jumladan, oiladagi tegishli rollarni bajarishni, oilada bir-birlari bilan qanday muloqotda bo'lish malakalarini, oilada har bir shaxsning iyerarxik mavqeiga ko'ra o'z huquq va vazifalarini aniqlab olishiga imkon beradi.



  14. Moddiy ta'minot, yuqori madaniy saviya esa oilada shaxsning shaxsga qo'ygan talabini yanada kuchaytiradi. Oila a'zolarining o'zaro muloqotda bo'lish vaqti, miqdorini qisqartiradi. Bu esa ko'pgina yoshlar uchun ota- ona oilasi shaxsiy oilasiga namuna vazifasini baj ara olmasligiga olib keladi.



  15. Shulardan ko'rinib turibdiki, bundan 100 yillar oldingi yoshlar 16-18 yoshida oila qursalar, ular shu vaqtga kelib oilaviy hayot uchun, muvaffaqiyatli turmush kechirib ketishlari uchun zarur bo'lgan etuklik aArajalarining barchasiga erishganlar, bu esa ularning oilaviy hayotlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning bartaraf etilishiga asos bo'lib xizmat qilgan.



  16. Bugungi yoshlarimiz esa yuqorida bayon etilganidek, 12-13 yoshlarida jinsiy balog'atga etadilar'va aksariyat hollarda oradan 7-8 yil o'tgandan so'ng, ya'ni qizlar 19-20 yoshda, yigitlar esa 21-22 yoshda oila quradilar. Bu vaqtda esa ular na iqtisodiy jihatdan, na ijtimoiy jihatdan va na psixologik jihatdan oilaviy hayotga tayyor bo'lmaydilar. Bunday holatlar shubhasiz, ularning oilaviy hayotlarida oldingi tengdoshlari hayotida kuzatilmagan muammolarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, jamiyat taraqqiyotining bugungi holati hozirgi zamon oilasi oldiga o'ziga xos yangi ijtimoiy funksiyalarni ham yuklaydiki, bularning barchasi hozirgi yoshlarimizni oilaviy hayotga maxsus tayyorlash masalasini eng dolzarb masalalardan biri bo'lishini taqozo qilmoqda. Shuning uchun ham so'nggi 15-20 yil davomida dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida, bizning respublikamizda esa mustaqillikka erish-ganimizning dastlabki yillaridanoq, oila masala- lariga, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalariga, oilalarda komil shaxsni shakllantirish masalalariga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Umuman, insoniyat jamiyati tobora taraqqiy etib bora- verar ekan, oila masalalarining dolzarbligi ham shunga mos ravishda ortib boraveradi va oilaga bo'lgan e'tibor ham kecha va bugunga qaraganda ertaga yanada yuqoriroq boiadi. Chunki, oila jamiyatning kichik bir ko'rinishi bo'lib, u qancha inoq, ahil va mustahkam bo'lsa, jamiyat ham shunchalik qudratli bo'ladi. Mana „Oila psixologiyasi" kursini yoshlarga o'qitishning dolzarbligini ifodalovchi asosiy omil.



  17. „Oila psixologiyasi" kursining yaratilishi va uning o'quv pred- metlari qatorida maktab, kollej, liseylarda o'tiladigan darslar jadvaliga kiritilishi ham Respublikamiz hukumati tomonidan yuritilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning mantiqiy va mazmuniy davomidir.



  18. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin