O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org
Oilada bolalar tarbiyasi Farzand — oilaning quvonchi, ota-onaning tayanchi. Shuning uchun ota-bobolar o'z maqollarida er-xotinga farzandlarni ko'pay- tirishni va bu bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo'shishni tavsiya qilganlan ,,0'ntabo'lsa o'rniboshqa, 40 ta bo'lsa — qilig'i", „Bolaning yo'g'idan bori yaxshi, ochidan to'qi yaxshi", „Xotinsiz o'tish — xato. Bolasiz o'tish jafo". ,,0'g'li yo'qning o'rni yo'q, qizi yo'qning qadri yo'q", ,,0'rada yotda o'g'il tug'", „Tug'iladigan bolaga to'g'anoq bo'lmas", i;Bolali uydan baxt arimas", „01ti o'g'illining olti arshda moli bor", „Qo'y egiz tug'sa, cho'pning boshi ayri tug'adi", „Og'ilda o'g'il tug'ilsa, adirda o't unib chiqadi". Keyingi ikki maqolda er-xotinlarga „Bolam ko'payib ketsa, ularni boqishga qiynalib qolaman, deb qayg'urib yurmang, har bir bolaning o'z rizqi bor", deyiladi.
Xalq maqollarida yaxshi va yomon farzandlarning fe'1-atvori, yurish turishi, xatti-harakati, gap-so'zi, qiliqlari, ota-onaga va boshqalarga tegadigan foydasi, hamda ziyoni har tomonlama ifoda etiladi: „Yaxshi bo'lsa-bola, yomon bo'lsa-balo", „Yaxshi qiz yoqadagi qunduz, yaxshi yigit- ko'kdagi yulduz", „Qobil farzand-jonga payvand", „Yaxshi qiz erta turib soch tarar, yomon qiz erta turib non so'rar ", „Yaxshi o'g'il uy tuzar, yomon o'g'il to'y buzar ", „Qobil o'g'il otga mindirar, noqobil o'g'il otdan yiqitar", „Yomon bo'lsa bolasi, kamon bo'lar otasi".
Insonning qanday kishi bo'lib etishishi ko'p jihatdan oiladagi tarbiyaga, ota-onaning mas'uliyatiga, bola tarbiyasining umumiy 254
qonuniyatlarini yaxshi bilishga va hayotda ularga qanchalik amal qilishga ham bog'liq. Bolalarning hozirgi kundagi intilishlari birgina oilaviy manfaatlar bilan bilan cheklanmaydi.
Tarbiya — ko'p qirrali uzoq davom etadigan jarayondir. Bolani o'rab olgan muhitning hammasi odamlar, narsalar, hodisalar uning ongida, hulq-atvorida ma'lum iz qoldiradi, uni o'zgartiradi va o'stiradi. Ota-onalik burchi mana shu o'sishni ziyraklik bilan boshqarib borish. Ota-onaning mehri, muruwati, g'amxo'rligi bolalar uchun suv va havodek zarur.
Oilada bola tarbiyasining o'ziga xos qoidalari mavjud bo'lib, ota- onalar ulardan o'rinli foydalanishlari lozim.
Xususan, ular quydagilar: Oilada hissiy moslik, ruhiy xotirjamlik va iliq iqlim yaratish;
Ota-ona obro'sini saqlash;
Tarbiyada ota-ona, kattalar o'rtasida talabchanlik;
Bola shaxsini mehnatda tarbiyalash;
Oila, bog'cha, maktab va jamoatchilik hamkorligi;
Bolani sevish va izzat qilish;
Oilada qat'iy reja va kun tartibi o'rnatish;
Tarbiyada bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
Bola taraqqiyotini aniqlab borish. Oilaviy munosabatlar odobi va psixologiyasi Yigit va qiz tanishib, uchrashib turadilar. Nihoyat, ular o'z munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirmoqchi bo'ladilar. Nikoh qayd etilib, to'y bo'ldi. Xo'sh, bu yangi oila tashkil topdi deganimi? Qonuniy jihatidan ha, lekin aslida-chi? Oila, eng awalo, bir butun- likni taqazo etadi. Boshqacha aytganda, kelin va kuyov dutorning alohida-alohida torlari bo'lib qolmay, bir xil tovush beradigan sozda turishi lozim. Buning uchun yigit va qiz orasidagi muhabbat ular kuyov va kelin bo'lgandan so'ng yana ham mustahkamlanishi, uyg'unlashib ketishi kerak. Ana shundagina yangi turmush qurgan kelin -kuyovlarning o'zaro munosabatlari samimiyat, tenglik va adolat asosiga quriladi. Fransuz yozuvchisi Anatol Frans „Sevgi olovga o'xshagan narsa qalab turmasang o'chib qoladi", degan.
Ayrim holda, to'ydan keyin kelin-kuyov o'rtasidagi mehr- muhabbat susayganday bo'lib qoladi. Buning sababi, bir tomonda turmush ikir-chikirlari, ayrim qiyinchiliklarning kelib chiqishi bo'lsa, ikkinchi tomondan, yosh kelinning ro'zg'or tuta bilmasligi, uy ishlariga no'noqligi, o'ziga qarab yurmasligi, ma'naviy jihatdan o'zini boyitib bormasligidir.
Ma'lumki, biron qiz uchrashuvga yasanmasdan, o'ziga oro bermasdan bormaydi, albatta. Lekin ayrim kelinchaklar sochini taramay, ust boshini dazmol qiknay, tashqi ko'rinishga qaramay qo'yadi. U „mayda-chuydalar" emas, balki ahamiyatga molik narsalar-ki, ularning hammasi yig'ilib, muhabbat imoratini qulatishi mumkin.
Uyda, oila a'zolari o'rtasida o'zaro hurmat, samimiyat va xayri- xohlik, o'zaro yordam munosabatlari tarkib topsa, ularning kayfiyati hamisha chog' bo'ladi va mamnun hayot kechiradilar. Vrachlar kasalliklaming sabablarini o'rganar ekanlar, ko'p kasalliklar oilaviy janjaliar tufayli vujudga keladigan asabiy holatlardan boshlanishini aniqlaganlar. Ularning ta'kidlashlaricha, infarkt va insultlarning yarmi oilaviy janjallardan so'ng yuz bergan. Shuning uchun har bir kishi ishda, ko'cha-ko'yda o'zini qanday tutsa, uyda ham shunday tutishi, hech qachon erkak „ko'cha xandon, uy zindon" bo'lmasligi kerak. Uyda o'zini tuta bilish tarbiyalanganlik darajasini belgilaydigan asosiy o'lchov bo'lishi lozim.
Yangi turmushda kelin-kuyov qo'sha qarib, baxtli oila qurib ketishlari uchun quyidagilarga amal qilishlari maqsadga muvofiq.