Rasmiy — odamlarning birgalikdagi faoliyatlarida, ijtimoiy rollar taqsimotida mavqiye, martabaning inobatga olinishi
Real — birgalikdagi faoliyat jarayonida bevosita muloqot amalga oshishi imkoniyati.
Referent guruh - shaxsning har tomonlama ishongan, o'ziga yaqin tutgan guruhi.
Sangvinik — temperament turlaridan bo'lib, chaqqon, harakat- chan, taassurotlari tez o'zgaradigan, boshqalarga nisbatan dilkashlik, mehribonlik xislatlari bilan xarakterlanadi.
Sanoat psixologiyasi — sanoat va ishlab chiqarishda turli yuzaga keladigan muammo va xolatlami psixologik va ijtimoiy omillarini tahlil qilib olishga qaratilgan xizmatlari turi.
Simpatiya ~ bir kishida boshqasiga nisbatan kuzatiladigan moyillik va yoqimlilik hislarining ichki namoyon bo'lishi.
Sosiologiya — jamiyatda yuz beradigan turli voqea-hodisalarni va o'zaro munosabatlarni o'rganishga qaratilgan fan.
So'rov — asosiy metodlardan biri bo'lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma'lumot olinadi.
Ta'lim maskanlari psixodiagnostikasi — shaxsni ta'lim tizimda qobiliyati, iqtidori, iste'dodini aniqlab olish maqsadida olib borila- digan psixologik xizmat turi.
Test — sinaluvchini tekshirish jarayonida maxus qo'llaniladigan metodlardan biri bo'lib, bu metod orqali aniqbir psixologik xususiyat aniqlanadi.
Tushuncha — narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bitta so'z yoki so'zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkuming mantiqiy shakli.
Tahiti — tafakkur qilish usuli, bunda murakkab ob'ektlar qismlarga bo'linib o'rganiladi,