O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə90/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

Taqqoslash — narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshashlik va tafovut- larni aniqlashga asoslangan fikrlash operasiyasi.


  • Trening — mashq qilmoq, guruhlarda muloqotning samarali tashkil etish usuli bo'lib, shaxsning muloqotga o'rgatish va obro'li bo'lishini rivojlantirish maqsadida o'tkaziladi.



  • Temperament — shaxsning individual-psixologik xususiyatlari majmui bo'lib, u kishida faoliyat va xulq-atvorning dinamik va emosional tomonlari bilan xarakterlanadi.



  • Tobe shaxs — muloqot va boshqa jarayonlarda shaxsda ko'nikuv- chanlik, boshqa kishilarga bog'liqlik, fikriga bo'ysunish xususiyatlarining tarkib topishi.



  • Uyushganlik — guruh a'zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini anglashlari.



  • Faoliyat — insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli paydo bo'ladigan va tashqi olam bilan kishining o'z-o'zini bilishga, uni qayta qurishga yo'naltirlgan faolligi.



  • Faollik — tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak muhit bilan o'zaro ta'sirda bo'lishida namoyon bo'ladi.



  • Eegmatik — temperament turlaridan biri bo'lib, harakatlar sekinligi, barqarorligi, emosional xolatlarning tashqi ko'rinishlari kuchli emasligida namoyon bo'ladi.



  • Xarakter — kishidagi barqaror psixik xususiyatlarining individual birligi bo'lib, shaxsning mehnatga, narsa va xodisalarga, o'ziga va boshqa kishilarga munosabatlarida namoyon bo'ladi.



  • Harakat— maqsadga muvofiq yo'naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig'indisi. H. Ongli faoliyatning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir,



  • Xulosa chiqarish — tafakkurning mantiqiy shakllaridan bo'lib, bir qancha xukmlar asosida ma'lum xulosa chiqariladi. X.ch. induktiv, deduktiv va analogik turlarga ajratiladi.



  • Xolerik — temperament turi bo'lib, hissiyot jo'shqinligi, kayfiyat- ning tezda o'zgarishi, hissiyotning muvozanatsizhgi va umuman harakatchanligi bilan ajralib turishi xosdir.




  • Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin