O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə85/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

Ijtimoiy psixologiya — psixologiya fanining o'ziga xos maxsus tarmog'i bo'lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o'rganiladi.


  • Ijtimoiylashuv — inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o'zlashtirish jarayoni.



  • Ijtimoiy tasavvurlar — shaxsga jamiyat orqali ta'sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi.



  • Interaktiv — shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta'sir ko'rsatish jarayoni.



  • Introvert shaxs — shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o'z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining nihoyatda pastligi.



  • Yo'nalganlik — ijtimoiylashuv jarayonida shaxs faoliyatini yo'nal- tirib turadigan va real vaziyatga nisbatan turg'un, barqaror motivlaming namoyon bo'lishi. Yo'nalganlik — shaxsda mavjud bo'lgan ehtiyoj, ishtiyoq, berilish, qadriyatlar, e'tiqod manbaida shakllanadi.



  • Kayfiyat — kishining butun xatti-harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holat. Kayfiyat shod-xurramlik,qayg'ulilik, tetiklik, bosiqlik, hayajon. lanjchik, jiddiylik, engiltaklik, jizzakilik, muloyimlik va hokazo tarzda bo'ladi.



  • Kasbiy idrok — xodimni kasbiy faoliyat uchun ahamiyat kasb etadigan hodisa, holat, ob'ektlardan predmetli ravishda kerakli narsalarni ajratib olib yaxlit holda ongida aks ettirish, oddiy shaxs ko'ra olmagan holatlardagi narsalarni tez va oson ilg'ash jarayoni. Yaxshi rivojlanmagan kasbiy idrok xodimda illyuzion idrok qilish xususiyatini shakllantiradi.



  • Kasbiy diqqat — nimaga, qachon, qayerda, nima uchun diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi xususiyat hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi diqqatning maqsadli va mohirona yo'naltirilganligi bilan belgilanadi.



  • Kasbiy mahorat — xodimda tezkor xizmat vazifalarini bajarish sifati va samarasini begilovchi bilim va tajribalarning yuqori darajada shakllanganligida namoyon bo'ladi.



  • Kasb — faoliyat shakllari birlashmasi bo'lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar, mehnat natijalari hamda mehnat subyektini tayyorlashga qo'yiladigan talablar majmui.



  • Kontent-analiz ~ tekshirilayotgan matnda so'z, ibora, abzaslarni ma'no-mohiyatini takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli.



  • Kuzatish — sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog'liq ravishda tekshirish, o'rganish, ma'lumotlar to'plash metodi.




  • Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin