Psixik holatlar —psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga aytiladi. P.H. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat'iylik, tirishoqlik v.b.) shaxslarda ma'lum darajada barqaror bo'lib, ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi.
Pilotaj tadqiqot — tadqiqotning muammoli izlovchi turi, asosiy tadqiqotgacha o'tkaziladigan va soddalashtirilgan shakli.
Psixodiagnostika — shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlovchi va o'lchashni ishlab chiquvchi psixologiya usuli.
Psixologiya metodlari — psixik xodisalarni va ularning qonu- niyatlarini ilmiy tomondan o'rganishning asosiy yo'1-yo'riq va usullari.
Psixokorreksiya — shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini qo'llash jarayoni.
Psixologik maslahat — shaxsning turli darajadagi o'z muam- molarini yakka tartibda psixolog bilan tahlil etishiga qaratilgan psixologik xizmat turi.
Polilog — guruh ichidagi munozara bo'lib, barcha ishtirokchilar faoolashuvi kuzatiladi.
Professiografiya — mehnat subyektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vositalari, sharoitlari, tashkilot) bilan o'zaro munosabati va bog'liqligini o'rganish va aniqlashga qaratilgan kompleks metod.
Professiogramma — kasbning turli ob'ektiv xarakteristikalarining tasnifi.
Psixogramma ~ faoliyatning psixologik xarakteristiMarining tasnifi.
Rigid shaxs — shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o'tish va moslashish imkoniyatining past darajada kuzatilishi.