Kichik guruh — a'zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug'ullanuvchi va bevosita shaxslararo munosabatda bo'luvchi kishilar guruhi.
Ko'nikma — odamning ma'lum ishni bajarishga tayyorligida ko'rinadigan qobiliyati. K. mahoratining asosini tashkil etadi.
Longityud tadqiqot — sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda o'rganish.
Metod — bilishning nazariy va amaliy o'zlashtirish usullari yig'indisi.
Metodologiya — tadqiqot, tekshirish usuli bo'lib, bilishning nazariy va amaliy o'zlashtirish usullari yig'indisidir.
Motiv — ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog'liq faoliyatga undovchi sabab.
Motivasiya — odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui.
Malaka — mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullari.
Mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyati psixologik xusu- siyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o'rganadigan fan.
Mehnat faoliyati psixologiyasi — bu psixologiyaning bir sohasi bo'lib, inson shaxsini mehnat subyekti sifatidagi shakllanishi xusu- siyatlarini, mehnatning shart-sharoitlari, yo'Uari va usullarini ilmiy jihatdan o'rganadi.
Mehnat — inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o'zgartirishga qaratilgan maqsadli faoliyat.
Mutaxassislik — faoliyatning aniq shakli bo'lib, mehnat egasining kasbiy tayyorligi, mehnat vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi.