1-rasm. Byudjet tizimini boshqarish subyektlarining guruhlanishi4.
Byudjet tizimini boshqarish organlarining vakolatlari, funksiya va vazifalari O`zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, tegishli organlarning nizomlari va boshqa me`yoriy hujjatlar bilan belgilab beriladi.
O`zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida quyidagi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlarining byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari tegishli moddalarda belgilab berilgan:
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining byudjet sohasidagi
vakolatlari;
O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasining byudjet sohasidagi vakolatlari;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining byudjet sohasidagi vakolatlari;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining byudjet sohasidagi vakolatlari;
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjet sohasidagi vakolatlari;
Hududiy moliya organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari;
Byudjet mablag`larini taqsimlovchilarning byudjet sohasidagi vakolatlari;
Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjet sohasidagi vakolatlari;
Davlat maqsadli jamg`armalarini taqsimlovchi organlarning byudjet sohasidagi vakolatlari.