MOLIYA VAZIRLIGI TIZIMI, VAZIFALARI VA VAKOLATLARI
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo`limlari, davlat sug`urta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.
Moliya vazirligi O`zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya-iqtisodiy organi sifatida O`zbekiston Respublikasining moliyaviy, narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Moliya vazirligi O`zbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika byudjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta`minlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta`minlaydi.
Moliya vazirligi respublika byudjeti ham daromadlar, ham xarajatlar bo`yicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi.
Moliya vazirligi o`z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini to`g`ridan-to`g`ri yoki o`zi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo`naltiradi. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tarkibiy tuzilishi jihatidan olib qaraladigan bo`lsa, unda Moliya vazirligi quyidagi bo`limlarning birliklaridan tashkil topgan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |