O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti sirtqi ta’lim iqtisodiyot yo‘nalishi



Yüklə 214,31 Kb.
səhifə1/6
tarix11.04.2022
ölçüsü214,31 Kb.
#55111
  1   2   3   4   5   6
Davlatning moliya tizimi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

SIRTQI TA’LIM

IQTISODIYOT YO‘NALISHI

3-BOSQICH TALABASI

Urazbayeva Aziza

Bekjonovnaning
MAKROIQTISODIYOT

fanidan

Davlatning moliyaviy

tizimi

mavzusida bajargan

KURS ISHI
Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2022 y.
Baho “_____” ___________
Ilmiy rahbar: (imzo) (ismi sharifi)
Komissiya a’zolari: _

_________ ____________________

(imzo) (ismi sharifi)
__________ ____________________

(imzo) (ismi sharifi)

BUXORO- 2022
REJA:

Kirish


  1. Davlat moliyasini boshqarish va boshqaruv organlarining guruhlanishi

  2. O`zbekiston respublikasi moliya vazirligi tizimi, vazifalari va vakolatlari

  3. O`zbekiston respublikasi moliya vazirligini rivojlantirish yo`nalishlari


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

KIRISH
Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng davlatning boshqa sohalari kabi moliya siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri hisoblangan moliya tizimini va uning bo’g’inlarini isloh qilishdan iborat bo’ldi. Ushbu yo’nalishdagi muhim muammolardan biri – bu davlat moliyasini, ya’ni byudjet tizimini takomillashtirishdan iborat edi. Davlat moliyasining davlat byudjeti tizimidagi moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish pirovardida byudjet ijrosini ijobiy natijaga erishishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Davlat moliyasining to’g’ri va oqilona tashkil etilishi, nafaqat, mamlakat makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi, balki xo’jalik sub’ektlarining iqtisodiy faoliyatiga har tomonlama ta’sir etish orqali mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga olib keladi.

Mamlakat moliya tizimi davlatning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini bajarilishida, davlat mablag’larini qayta taqsimlash va bozor infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va aholiga yetkazish davlat byudjeti tizimi orqali amalga oshiriladi.

Aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog’liq chora-tadbirlarni moliyalashtirish asosan, mazkur mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi. Bugungi kunda moliya tizimini samarali tashkil etishni ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda davlat moliyasining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu borada muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirib o’tish joizdir, “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir.”1

Mamlakat iqtisodiyotining erkinlashuvi va keng qamrovli iqtisodiy islohotlarning jadallashuvi sharoitida davlat moliyaviy resurslarning shakllanishi va sarflanishi yuzasidan kelib chiqadigan moliyaviy munosabatlari ham zamonaviy talablarga mos ravishda isloh qilinmoqda va takomillashmoqda. Moliya tizimining turli bo’g’inlari o’rtasidagi munosabatlar ham mintaqalar va mahalliy boshqaruv organlarning mustaqilligini mustahkamlash talablaridan kelib chiqib, sifat jihatdan yangi pog’onaga ko’tarilmoqda.

Davlat moliyasining barqarorligini ta’minlashda rivojlangan mamlakatlarning ilg’or tajribasini o’rganish va shu asosda ularning tajribasidan mamlakatimizda moliya tizimida foydalanish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.





  1. Yüklə 214,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin