III. 4.Hajm-o`lchov bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy
xususiyatlari
Hajm-o`lchov sifatlari narsa-buyumning hajmi, o`lchovi, miqdori,
umuman, ko`lamini bildiradi. Bu qatorga keng, tor, uzun, chuqur, chog`, yirik,
yupqa, sayoz, uzoq, yaqin va hokazolar mansub.Nasriy asarlarda bu kabi hajm-
o`lchov sifatlari, odatda, o`z asl ma’nosida qo`llanadi. Keng dala hamma yoq
lolalardan libos kiygan. (Sh.Rashidov) Nazmiy asarlarda esa o`z ma’nosi bilan
birga, ko`chma ma’noda ham qo`llanadi. Uzun-uzun o`ylarim unutolmaydi
dilim. (M.Jiyanova) Chaqmoq chaqar, ko`k qarsillaydi, Quchgan kabi tog`dan
azim tosh. (Shukrullo) Ikkinchi misoldagi “o`lcham nisbatan ortiq” semasi azim
sifat leksemasi vositasi sifatida ifodalangan bo`lib, bu so`z badiiy uslubga xos.
Katta so`zi o`z navbatida bir qator so`zlar bilan ma’nodoshlikka kirishadi: katta,
ulug`, buyuk, zo`r, azim, azamat, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant. Katta
keng ma’no ifodasiga ega u aniq, shuningdek, mavhum tushunchalarga nisbatan
qo`llanaveradi. Ulug`, buyuk, zo`r, azim, azamat, ulkan so`zlarining hammasida
belgi darajasi nisbatan kuchli. Shuning uchun ham ular deyarli hamma vaq
hajm-o`lchovi ancha katta bo`lgan narsalarga nisbatan qo`llanadi. Ulug` sifati
asosan insonga nisbatan qo`llanadi. Mendan to`rt-besh yosh ulug`roq bir
70
birodarimiz bor edi (P.Tursun). Buyuk sifati aniq predmetlarga nisbatan kam
qo`llanadi: Mening sovg`am – buyuk shahar, ko`rkam qishloqlar. (G`ayratiy)
Azim, azamat asosan aniq narsalarga nisbatan qo`llanadi: Baland qad ko`targan
azim tog`lar. (Y.Hamdam)
Ulkan so`zi manbalarda eskirgan so`z sifatida keltiriladi.
Gigant kitobiy uslubga xos bo`lib, asosan inshootlarga nisbatan
qo`llaniladi.
Yirik so`zi meva, tosh va boshqa so`zlar bilan birikadi. Mazkur so`z barcha
so`z bilan ham sintagmatik munosabaga kirishavermaydi. Masalan, yirik uy,
yirik daraxt kabi qo`llanishlar usluban noto`g`ri. Shu jumladan, gigant so`zi ham
shunday. Gigant so`zini har qanday so`z bilan biriktirish mumkin emas.
Masalan, gigant shoir birikmasi usluban g`aliz hisoblanadi.
Ko`lam me’yorini bildiruvchi sifat leksemalar orasida predmetning hajm
ko`lamini bildirishga xizmat qiluvchi keng, tor sifat leksemalar ma’lum bir
oraliq masofani ifodalash uchun qo`llaniladi. Poetik nutqda keng, tor sifat
leksemalari inson tasvirini, uning portretini berishda ham qo`llanadi: Keng
qaboqli, tor miyiqli, Guli gulnor mohi nur. (M.Ali) Bu misolda keng, tor
leksemalari vositasida tasvirlanayotgan kishining yuz-qiyofasi, portreti chizib
berilgan. Tilimizda tor leksemasining peshonasiga nisbatan qo`llanilib, ko`chma
ma’noda qo`llanadi. Peshonasi tor iborasi shu asosda shakllangan.
Ko`lam me’yorini bildiruvchi sifat leksemar orasida chuqur, sayoz so`zlari
predmetning pastlikka tomonbo`yini, chuqurligini ifodalashga xizmat qiladi.
Bunda sayoz leksemasi chuqurlikning kuchsiz darajasini “tagi yuza joylashgan”
semasini ifodalasa, chuqur leksemasi esa bunday belgining kuchli darajasini,
aksini bildiradi. Mazkur so`zlar ham ko`chma ma’noda keng qo`llanilib,
uslubiyatni vujudga keltiradi. Masalan,sayoz bilishi, sayoz fikr; chuqur bilim,
chuqur ma’no kabi qo`llanishlar shular jumlasidandir. O`zbek tilining izohli
lug`atida keng so`zining izohi quyidagicha berilgan. 1.Ko`chma ma’noda. Mehr-
muruvatli, yaxshilikni ayamaydigan kishi ma’nosida. Kengga keng dunyo, torga
tor dunyo. (Maqol) 2. Fe’li (yoki ko`ngli) keng. Ko`ngling keng bo`lsa, hujra
71
ham saroyday. (Gazetadan) 3.Yuragi keng. Tashvish tortmaydigan kishi.
Yuragingiz
muncha
keng
bo`lmasa,
ko`zingizga
uyqu
kelganiga
hayronman.(A.Qahhor)
Ko`lamme’yorini bildiruvchi sifat leksemalar doirasiga kiruvchi uzoq,
yaqin leksemalari uzunlik belgisining umumiy nomini ifodalaydi. Mazkur
so`zlar ham fe’l oldidan kelib, ish-harakatning miqdoriy belgisini ifoda etishga
ixtisoslashgan: Yaqin kelma, o`ldiraman, - dedi do`sti. (O`.Umarbekov) Uzoq
ketib qolsangiz men nima qilaman? (P.Qodirov)
Xullas, hajm-o`lchov ma’nosini ifoda etuvchi sifatlar aloqa-aralashuvda
keng qo`llaniladi. Sifatning ma’no jihatdan alohida katta guruhini hosil qiladi.
Hajm-o`lchov, ko`lam sifatlari poetik nutqda obrazli jumlalar yaratishda holat,
xususiyat sifatlari singari faol qo`llanadi.
Dostları ilə paylaş: |