O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


III. 5.Shakl bildiruvchi sifatlarning semantik - uslubiy xususiyatlari



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/37
tarix21.12.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#77120
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

III. 5.Shakl bildiruvchi sifatlarning semantik - uslubiy xususiyatlari
Shakl- ko`rinish bildiruvchi sifatlarga dumaloq, yassi, uzuhchoq, 
cho`zinchoq, qiyshiq, do`ng, jikkak, lo`nda, lo`ppi, egri, adil,do`ndiq, tekis kabi 
so`zlar kiradi. Bunday sifatlar o`z asl ma’nosida shaklni bildirsa, ko`chma 
ma’noda o`z leksik xususiyatidan chekinadi. Ba’zi hollarda predmetning 
xususiyatlarini anglatadigan so`zlar insonning tashqi a`zolariga nisbatan 
qo`llanilib, qo`shimcha emotsional-ekspressiv ma’no ifodalaydi. Masalan, lo`ppi 
so`zi asosan paxta so`ziga nisbatan ishlatilib, yetilgan, to`lishgan, bo`liq 
ma’nosini anglatadi. Xolposh xolaning oppoq lo`ppi yuzini, ko`ziga surma tortib 
yurishini ko`rgan odam yoshi oltmishlarga borib qolgan, nevara ko`rgan xotin 
demasdi. (O`.Hoshimov) degan gapda esa lo`ppi so`zi inson yuziga nisbatan 
qo`llanilib, do`mboq, semiz yuz ma’nosini ifodalagan. 
Yapaloqso`zi yalpaygan, yassi, yalpoq ma’nosini anglatadi. Bu so`z yuzga 
nisbatan qo`llanganda yuzning tashqi ko`rinishi ma’nosiga qo`shimcha salbiy 
ma’no yuklaydi. Qozizodaning yapaloq yuzida hayrat zohir bo`ldi (Mirmuhsin). 
So`lqildoq so`zi yer, non kabi so`zlar bilan qo`llanilib, yetilgan, bo`rtgan, 
ko`pchigan ma’nosini beradi. Masalan: O`n yoshlar chamasidagi so`lqildoq 
yuzli qorachadan kelgan bola chumoli inidek tor ko`chadan halloslab chopib 


72 
kelardi. (O.Yoqubov) Xuddi shu holatni ematsional-ekspressiv bo`yoq 
ifodalovchi quyidagi so`zlarda uchratish mumkin: Ularning bari oppoq, o`n yetti 
yashar qizning yuziday tep-tekis, tarang kulcha yuzli, ammo faqat bo`yniga 
qarabgina haqiqiy yoshini bilish mumkin. (O`.Usmonov) 
Kulcha, shirmoyi asosan nonga nisbatan ishlatilib, oliy navli undan sut va 
yog` solib tayyorlangan kichktna dumaloq non ma’nosini ifodalaydi. Insonning 
yuziga nisbatan esa kulchaga o`xshash, dumaloq, lo`ppi va qizil yuz ma’nosida 
ishlatiladi.Badiiy adabiyotda bunday sifat leksemalarining semalarini ko`p 
uchratamiz. Bu holat so`zlovchining emotsional-ekspressiv munosabatini 
ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shakl-ko`rinish bildiruvchi sifatlar 
bilan holat bildiruvchi sifatlar ba’zanmos kelishi mumkin: semiz, ozg`in, 
pachoq, bukir kabi. U oriqqina bo`lsa ham, qo`li, boldirlari tiqmachoq, 
uzunchoqroq yonoqlari ham yapaloqroq, “8” raqamiga o`xshab ketadigan lablari 
ham yetuk qizlarga xos bo`liq tirsillama. (A.Muxtor) 
Shakl-ko`rinish sifatlari ham badiiy ijodda konnotativ ma’noni yuzaga 
chiqarishda qo`llanadi. Ular ham predmet, ham shaxsni ifoda etishda ishlatiladi. 
Shaxsga nisbatan mazkur so`zlar qo`llanganda obrazlilik kuchayadi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin