76
So`nggi so`zi kontekstda turli ma’noqirralarni ifodalab, nutqqa emotsional-
ekspressivlikni yuklaydi. So`nggi so`zida
subyektning obyektga, obyektiv
borliqqa munosabati reallashadi. Tasvirlanayotgan hodisani bo`rttirib, ta’kidlab
ko`rsatish, unga diqqatni jalb etish uchun so`nggi sifatidan foydalaniladi: Misli
so`nggi nola, oxirgi yohu. (A.Qahhor) So`nggi so`zi epitet sifatida boshqa payt
sifatlariga nisbatan ko`p qo`llanishi kuzatiladi.
So`nggi so`zi ko`chma ma’noda o`lim yo`li, inson hayotining oxiriga
yetaklovchi, u dunyo bilan bog`lovchi vosita belgisini bildiradi: Do`st do`stdan
ayrilsa, tirik tobut o`tar so`nggi ko`prikdan, qora yerga qo`yarlar uni.
(O.Matjon)Subyekt hayotining oxirgi paytida bo`layotgan hodisa yoki
harakatning muhimligini ta’kidlab ko`rsatish maqsadida ham so`nggi so`zidan
foydalaniladi:
So`nggi dam chorasiz muqanna sifat, dil so`zim o`zingga aytay
sarosar.(A.Oripov) Shuningdek, so`nggi so`zi “o`ta muhim, hal qiluvchi”
ma’nosini anglatishi mumkin.
Mabodo onaning og`zidan mash’um va
yalang`och so`nggi so`z chiqmaganida edi. (O`.Hoshimov)
O`rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar yasama so`zlar bo`lib, bular
orasida so`nggi so`zi bo`lib jonli so`zlashuvda ko`proq qo`llanadi. Oldingi,
avvalgi, burungi, qadimgi, ilgarigi, sobiq so`zlari o`zaro sinonim sifatida
keltiriladi [29, 9].Avvalgi, oldingi so`zlari ko`proq yaqinda bo`lib o`tgan, yaqin
o`tmishga oid harakat-hodisalarga nisbatan qo`llanadi. Oldingi ko`proq
so`zlashuv uslubiyatiga xos. Ilgarigi so`zida o`tmish,avvalgi,
oldingi
so`zlaridagiga nisbatan uzoqroq o`tmishni bildiradi. Qadimgi so`zida o`tmish
ma’nosini burungi so`zidagiga nisbatan ham kuchliroq bo`ladi. Sobiq ko`proq
kitobiy (badiiy) uslubga xos va biror o`rinda, vazifada bo`lib o`tgan shaxs yoki
narsalarga nisbatangina qo`llanadi:
Boboxo`ja domla mudirlikni topshirishi
bilan avvalgi ahvoliga tushib qoldi. (P.Tursun)
Azamatning yolg`iz o`zi! – deb
usta Olim ilgarigi so`zini qaytaladi. (A.Qodiriy)
Burungi vaqtda erlarga cho`ri
bo`lgan xotinlar hozir erlar bilan teng. (A.Qahhor)
77
O`rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar umumxalq, ishlatadigan
so`zlarning qatlamlaridan biridir. Ularni konnotativ ma’noifodasi
sifatning
ma’no jihatdan boshqa turlariga qaraganda bir oz chegaralangan.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, o`zbek tili sir-u sinoatlarga limmo-lim,
benihoya murakkab, mukammal va muhtasham bir xilqatdir. Sifatning ma’noviy
guruhlarining stilistik xususiyati uni yanada boyitgan va rang-barang qilgan. Biz
har bir ma’noviy guruhning semantikasini tahlil qilish jarayonida buning yaqqol
guvohi bo`ldik. Masalan,
shirin xayol, achchiq haqiqat, keng orzu, moviy xayol,
murg`ak dil, tashna ko`ngil, munis qalb, gulgun chehra, sovuq nigoh va
hokazolarda obrazlilik vujudga kelgan bo`lib, nutqni bezash, his-tuyg`uni
oshirish ustivorlik qiladi. Biz dissertatsiyamiz jarayonida bir qancha shoir va
yozuvchilarimizning asarlariga murojaat qildik va keltirilgan misollarda inson
qalbi,
ruhiy olami, xarakter-xususiyatlarini tasvirlashda SLlaridan unumli
foydalanilganiga guvohi bo`ldik. Bu, albatta, asarning badiiy estetik qiymatini
oshirgan va milliy tilimiz boy va betakror ekanligini ko`rsatgan.
Dostları ilə paylaş: