O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/37
tarix21.12.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#77120
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


78 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Umumiy xulosalar 
Mavzuni tadqiq etish davomida quyidagicha xulosalarga kelindi:
Tilshunoslikda sifat ma’noviy jihatdan “belgini nomlash orqali atovchi 
mustaqil leksemalar” va morfologik prinsipga muvofiq “darajalanuvchi, 
o`zgaruvchi sifatlar” turkumi sifatida belgilanadi. Ular predmet, voqea-
hodisaning turli xil belgisini bildirishi, gap tarkibida ot va otlashgan so`zlardan 
oldin kelib, aniqlovchi vazifasini bajarishi, asliy va nisbiy, tub va yasama, sodda 
va qo`shma turlarga bo`linishi, substansiyaviy(otlashish) hodisasining 
sifatlardagi ko`rinishlari, sifat yasovchi qo`shimchalarning o`ziga xos tabiati
ularning o`zaro ma’nodoshlik va antonimlik xususiyati masalalarini yoritishi 
bilan xarakterlanadi. Bu borada bir qator ishlar amalga oshirilgan. Biroq 
sifatlarning semantik-funksional xususiyatlari, stilistikasi, ma’lum narsa asosida 
shakllangan sifat leksemalar kam o`rganilgan.
Sifat so`z turkumini o`rganar ekanmiz, uning etimologiyasi, 
so`zlarning kelib chiqishiga ham alohida e’tiborqaratdik. Zero, leksikamizdagi 
biror bir so`z o`z-o`zidan voqelanmaydi. Sifatlarning etimologik tahlili ularning 
ma’noviy xususiyatlari bilan ham uzviy bog`liq.
So`zlarning bir turkumdan ikkinchi turkumga ko`chib o`tishi, ma’lum 
qonuniyatlarga, o`zining tipik yo`nalishlariga ega. Konversiya yo`li bilan hosil 
bo`lgan sifat leksemalari va sifat so`z turkumidan otga ko`chgan so`zlar 


79 
tilshunosligimizda talaygina. Bu kabi hodisalarni ham tahlilga tortish 
ishimizning tarkibiy qismi sifatida belgilandi. 
Nutqimizni boyitib turgan leksemalar tarkibida ma’lum narsa asosida 
shakllangan sifatlar ham ko`pchilikni tashkil etadi. Ayniqsa, buni rang-tus, 
maza-ta’m bildiruvchi sifatlar misolida ko`rishimiz mumkin. (Masalan: zahar, 
asal, shakar, simobi, yoqut, qo`ng`ir va b.) 
Poetik matnlarda sifat leksemalar xar xil so`zlar bilan birikib, epitet 
vazifasipa keladi. (Jumladan, moviy ufq, yam-yashil olam, yashil fazo, moviy 
xayol, moviy yuksaklik, yashil do`st, yashil libos, majruh ko`ngil, murg`ak dil, 
gulgun chehra, makkor ko`z, shirin xayol, pok tuyg`u kabi). Bunday 
birikmalarda sifatlar muhim tasviriy vosita bo`lib qolmasdan, balki poetik 
tafakkur elementiga, estetik hodisaga aylanadi hamda nutqni bezash bilan birga, 
his-tuyg`uni, fikrni obrazli ifodalash vositasi darajasiga ko`tariladi.
Xarakter –xususiyat sifatlari mazkur turkumda alohida mavqega ega. 
Ularning ma’no imkoniyatlari juda keng. Ularga xos bo`lgan ijobiy va salbiy  
semalar poetik matn talabi bilan turli xil okkazional semalarni ifodalash, inson 
ichki olamini tasvirlashda muhim uslubiy vositalaridan biri sanaladi.
Maza-ta’m bildiruvchi SL soni miqdor jihatidan kam bo`lsa-da, ularning 
ham semantik xususiyati, ko`chma ma’nolari o`ziga xos. Birgina shirin so`zi 
boshqa so`zlar bilan birikib, kontekstda o`nlab ma’nolarda keladi. Masalan, 
shirin bola, shirin so`z, shirin xayollar, shirin tabassum va b. Xuddi shu singari 
shakl-ko`rinish, hid bildiruvchi sifatlar ham badiiy asarlarda turli konnotativ 
vazifalarni bajarishi aniqlandi. 
Sifat ma’noviy guruhlardan yana biri o`rin-paytga munosabat bildiruvchi 
sifatlardir. Ular ham o`zining keng qamrovligi, stilistik xususiyatui bilan ajralib 
turadi. Masalan, so`nggi so`zi asl ma’nosiga ko`ra muayyan holatnin
yakunlovchi bosqicni bo`lsa, matnda  umrning so`ngi, so`nggi yo`l, so`nggi so`z, 
so`nggi nola ma’nolarida obrazlilikni vujudga keltiradi. 
Umuman olganda, sifat leksemalardan nutq jarayonida, jumladan, badiiy 
matnlarda o`rinli va oqilona foydalanish, uslubiy ta`sirchanlikni oshirish, 


80 
ma’noni kuchaytirishning muhim vositalaridan biri sanaladi. Davrlar o`tishi 
bilan til vositalarining nutqda qo`llanish imkoniyati kengayib borganidek, sifat 
leksemalari ham yangi okkazional semalari bilan ta`sirchanlikni oshirib 
bormoqda. Bu esa kelgusida sifat leksemalarga oid kuzatishlarni yana yangi 
materiallar asosida davom ettirish zaruratini ko`rsatadi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin