59
materiali, qog`oz mahsulotlari, o`rin bildiruvchi so`zlar, o`simlik,
mevalar
belgisini ifodalaydi: qattiq tosh, qattiq o`rindiq, qattiq non, qattiq qo`l, qattiq
sement, qattiq po`lat, qattiq qog`oz, qattiq lavlagi, qattiq joy.
Inson ruhiyati juda serqirra bo`lib, u shodlik, g`azab, xafalik,
loqaydlik
kabi turli holatlar majmui sanaladi. Shundan kelib chiqib, tilimizdagi ruhiy holat
ifodalovchi sifatlarni bir qator turlarga ajratish mumkin [34].
1. Xursandlik holatini ifodalovchi sifatlar. Kishi ruhiyatidagi davriy yoki
oniy lahzalarni, muayyan bir harakat yoki holatdan mamnunlikni turli shakllarda
aks ettiradi. Bunday sifatlarning barchasi semantik jihatdan bir nuqtaga, bir
lug`aviy sifat guruhiga birlashadi:
mamnun, xursand, xushnud, xurram, quvnoq,
shod, shodmon, xushchaqchaq, masrur kabi. Bularning bir qismi poetik nutqda
keng qo`llansa, ya’nimamnun, xushhol, xurram va h.k., bir qismi so`zlashuv
uslubida keng qo`llanadi. (xursand, shod, quvnoq va b.). Masalan:
G`urbatda
g`arib shodmon bo`lmas emish. (A.Navoiy)
2. Xafalik holatini ifodalovchi sifat leksemalar ham tilimizda keng
tarqalgan:
g`amgin, dilgir, xafa, xomush, ma’yus, giryon, xunibiyron, diltang va
b. Bularning qo`llanishi ham turlichadir.
Dilgir, giryon, xunibiyron, diltang kabilar juda kam qo`llanadi.
Xafa, g`amgin, xomush, dilgir kabi sifat leksemalarida belgini ifodalash
deyarli bir xil. Bular kishining yuz-ko`zidan ifodalanib turadigan g`amginlik
holatini bildirishga xizmat qiladi.
G`ash sifati
insonning ichki kechinmalari,
ruhiy iztirobi bilan bog`liq holatni aks ettiradi. Nimadan ko`ngling g`ash,
nimada darding, hoy, kichik qishloqning jajji bolasi? (M.Ali)
3. G`azabli holatni ifodalovchi sifat leksemalar. Bular qatoriga
g`azabnok,
kinli, darg`azab, g`azabli kabilardir. Ular orqali insonning tevarak-atrofdagi
voqea-hodisalar, predmetlar, odamlar hatti-harakatidan noroziligi tufayli yuzaga
kelgan kuchli ruhiy holati ifodalanadi:
Ba’zanyog`ayotgan o`qlar bamisol
Dudoqlaridan kinli so`zlar uchgan on. (A.Suyun)
60
Keltirilgan misoldan kin (kinli) so`zi norozilik, gina ma’nolaridan tashqari,
matnga bog`liq holda g`azab ma’nosini ham ifoda etmoqda.
4. Ijobiylik yoki salbiylik semasini ifodalovchi sifat leksemalar
sog`,
sergak, hushyor, lol, mudroq, loqayd va h.k. lar ikki xil ruhiy holatni ifoda etish
uchun qo`llanadi.
5. Kishining hayotiy ahvoli, holatini ifodalovchi
kambag`al, faqir,
qashshoq, bechora, gado, bechorahol, yo`qsil, miskin, yetim, mushfiq, musofir,
boy, badavlat, davlatmand kabilar kishining hayotiy ahvoli, holatini ifodalashga
xizmat qiladi:
Mushfiq ona ko`z oldida
O`sib borar farzandi. (E.Vohidov)
6. Predmetning harorat belgisini bildiruvchi
sifat leksemalar predmetga
nisbatan qo`llanganda haroratning uch xil darajasini, ya’ni
sovuqlik, iliqliq yoki
issiqlikni ifodalashga xizmat qiladi: Sovuq marmar toshni siypalab, silab...
(M.Ali). Issiq nafas purkar har bir deraza. (Shukrullo)
Yuqoridagilardan tashqari tozalik,
ifloslik holatlarini
ifodalovchi
predmetning yangilik-eskilik holatlarini ifodalovchi, tinch va notinchlik
holatlarini ifodalovchi sifat leksemalar va ularning semantik – uslubiy
xususiyatlari haqida manbalarda bayon etilgan [35].
Xullas, holat ifodalovchi sifatlar sifatning ma’no jihatdan salmoqli turini
tashkil etadi. Holat sifatlarining uslubiy
vazifalari ham juda keng, qo`llanish
doirasi keng, holat sifatlarining tarkibida ham o`z, ham o`zlashma qatlamga oid
so`zlarni kuzatish mumkin. Ular nasr bilan birga nazmda ham ko`p qo`llanadi.
Nazmda qo`llanganda nasrdan ko`ra ko`proq ko`chim ifodalab keladi.
Dostları ilə paylaş: