III. 2. Holat bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy xususiyatlari
Sifatning ma’no turlaridan biri sanalmish holat sifatlari predmet, inson,
hodisa, hayvonga yoki vaziyatga xos holatni ifodalab, sifatning ma’no turlari
orasida eng katta guruhlardan birini tashkil etadi [25,50]. O`zbek
tilshunosligining keyingi davrlarida amalga oshirilgan tadqiqotlaridan birida
[58] holat sifatlarining statistik tahlili keltiriladi. Unga ko`ra insonga xos holat
bildiruvchi so`zlar soni 550 tani, predmetga xos holatni bildiruvchi sifatlar 780
tani va turli hodisalarning belgilarini bildiruvchi sifatlar 420 tani tashkil etishi
ma’lum bo`ladi.
Holat sifatlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: abgor, aybdor,
barkamol, barqaror, boxabar, vayron, voqif, gavjum, giryon, dabdala, kir,
ko`hna, luchchak, mal`un, noqulay, navqiron, ochiq, osuda, paxpoq, pachoq,
pinhon, pokiza, semiz, sovuq, toza, tarang, tashna, xom, xarob, xor, xursand,
shalabbo, eski, qaram, ho`l va b.
Narsa, hodisaga, inson va hayvonga xos holat yoki vaziyat turli sifatlar
orqali ifodalanishi mumkin: 1. Tabiiy holat belgilari: a) ijobiy ma’noda: go`zal,
ko`hlik, chiroyli, suluv, latif, qomatdor va b; b) nuqsoniy belgilar: cho`loq,
mayib, maymoq, bukir, cho`tir, soqov, xunuk, g`ilay, kar, pes, ko`r, qiyshiq va b.
Qayd etilgan sifatlarning ayrimlari hayvon va predmetlarning belgisi uchun
ham qo`llanaverishi mumkin: O`sha mayib turna cholning qo`lida shifo topib
yana o`z karvoniga qo`shilganini bilarmikin. (S. Ahmad)
2) Jismoniy yoki fizik holatlarni ifodalovchi sifatlar: bardam, baquvvat,
tetik, yosh, keksa, qari, va b. Bunday sifatlar predmet belgilari uchun ham
qo`llana oladi: Oqsoqol hovliga, keksa tut shoxlari engashib turgan tunuka
tomga suqlanib birma-bir qarab chiqdi. (S. Ahmad)
52
3) Ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar: xursand, xafa, jinni, sog`, sergak,
xushyor, g`azabnok, darg`azab, tajang, kindor, va b.
4) Kishining hayotiy holatini, ahvolini ifodalovchi sifatlar: boy, badavlat,
kambag`al, qashshoq, yo`qsil, gado, yetim, mushfiq, bechora, musofir va b.
5) Predmetning harorat belgisini ifodalovchi sifatlar: issiq, sovuq, iliq,
salqin, ilmiliq (iliq-miliq) kabi.
6) Tozalik, ifloslik holatlarini ifodalovchi sifatlar: toza, ozoda, sof,
musaffo, saxtiyon, kir, isqirt, irkit va b.
7) Predmetning eskilik, yangilik holatlarini ifodalovchi sifatlar: yangi, eski,
churuk, uvada, juldur va b.
8) Predmetning pishgan yoki xomlik holatlarini ifodalovchi sifatlar: xom,
g`o`r, dumbul, pishgan, pishiq kabi.
9) Predmetning ho`l-quruqlik holatini ifodalovchi sifatlar: ho`l, nam,
namxush, namtob, quruq, qoq, qoqquruq, shilta, shalabbo va b.
10) Tinch va notinch holatlarni ifodalovchi sifatlar: tinch, jim, jimjit, sokin,
osuda, osoyishta, notinch, betinch, bezovta va b.
Shuningdek, silliq, g`adir-budur, g`ijim, tekis, siyrak, zich, qalin, yupqa,
omonat, puxta, g`uj, shovul, tanho, gavjum, ochiq, berk kabi sifatlar ham turli
holatlarni ifodalab keladi.
Holat bildiruvchi sifatlar mazmun mohiyatga ko`ra keng qamrovli.
Qolaversa, polisemiyaga boy, tabiiy holat sifatida beriladigan go`zal, ko`hlik,
chiroyli, suluv, latif, qomatdor sifatlari ijobiy ma’no kasb etadi [33, 303].
Mazkur so`zlar odatda insonga nisbatan qo`llanadi. Ayrimlarini tahlilga
tortamiz. Go`zal sifati chiroyli, husndor, xushro`y, kishi ko`zini quvontiradigan,
kishini maftun etadigan, zavqlantiradigan, zavq-shavqqa boy, serzavq,
Dostları ilə paylaş: |