43
III BOB. SIFAT MA’NOVIY GURUHLARINING SEMANTIK VA
USLUBIY XUSUSIYATLARI
III. 1. Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlarnnig semantik va uslubiy
xususiyatlari
Xarakter-xususiyat sifatlari, odatda inson ruhiyati, xarakteri bilan bog`liq
belgilarni bildirib keladi. Xarakter – xususiyat sifatlari tarkibiga abadiy, abjir,
adabiy, ajib, azaliy, aziz, ayyor, badbin, badjahl, badiiy, badnafs, badrashk,
baynalminal, balandparvoz, battol, vazmin, vaysaqi, vatanparvar, vafodor,
daydi, dangasa, yebto`ymas, ochofat, parishonxotir, yovvoyi, zabardast, zakiy,
kamgap va boshqalar mansub.
Xarakter-xususiyat
sifatlaridan
bir
turkumi
inson,
predmet
va
hayvonlarning xarakter-xususiyatini ifodalashda umumiy qo`llanadi, bir turkumi
esa faqat inson xarakteri yoki predmet xossasini ifodalashga xos bo`lib qolgan.
1. Insonning xarakter-xususiyatini belgilovchi sifatlar: a) ijobiy sifatlar:
muloyim, odobli, chapdast, chaqqon, abjir, ziyrak, mo`min, sodiq, yuvosh,
mohir, pok, sipo, mehribon va b.
b) kishiga xos salbiy xarakter-xususiyatlarni bildiruvchi sifatlar ko`pincha
ijobiy xarakter-xususiyatlarni bildiruvchi sifatlarga antonim sifatida qo`llanadi,
ya’nibu sifatlar kishilarning yoqimsiz, yaramas xususiyatlarini ifoda etadi:
44
zolim, nokas, toshbag`ir, shafqatsiz, quv, ayyor, muttaham, rasvo, ablah,
dog`uli, uquvsiz, o`jar va b.
Kishi xarakter-xususiyatini berishda yuqorida zikr qilingan sifatlardan
tashqari boshqa turkumdagi (holat, shakl, maza-ta’m, rang-tus bildiruvchi)
sifatlardan ham foydalanadi. Bunday sifatlovchilar orqali ham kishilarga xos
turli xarakter-xususiyatlar ochiladi : Bir qaradi, ko`zi yomon o`tkir ekan, jonim
chiqib ketayozdi. (“O`zbek xalq dostonlari”) U sarbast, ziyrak harakatlari dadil,
so`zlari o`tkir, o`rtoqlari orasida onaboshi qiz. (Oybek)
v) kishi xarakter-xususiyatiga oid yana shunday sifatlar borki, ularning
ma’nosidan ijobiylik yoki salbiylik yaqqol bo`rtib turmaydi. Nutq momentiga
qarab, ular har ikkala chegarasiga ham o`tib olishi mumkin. Masalan: dovdir,
loqayd, sho`x, mahmadona, sinchkov, mag`rur, indamas, o`tkir va b. Gulchehra
sal yengiltak va sho`x bo`lsa-da, o`zi juda. mehr-oqibatli qiz. (O.Yoqibov)
2. Predmet (narsa, hayvon, jonivor), holat, hodisa va shu kabilarning
xarakter-xususiyatini ifodalash uchun qo`llanuvchi sifatlar: xonaki, dolzarb,
dabdabali, tashvishli, asov, chopong`ich, sun`iy, tabiiy, tekin kabi.
3. Kishi va predmet xususiyatlari uchun birdek qo`llanaveradigan sifatlar:
yaxshi, yomon, zo`r, chidamli va b.
Ba’zi sifatlar esa, yo kishi, yoki predmet belgisi uchun ko`chgan ma’noda
qo`llanishi mumkin: yengil, og`ir, dag`al, dardisar, qaysar, xira, uchar va b.
Insonning xarakter-xususiyati, ya’niruhiy holatini ifodalovchi ijobiy
ma’nodagi ba’zi sifatlarni kuzatamiz.
Muloyim sifati aslida narsa belgisini ifoda etish uchun qo`llanadi. Masalan:
muloyim non, muloyim taom va h.k. Biroq mazkur so`z ba’zida inson xarakterini
ifoda etish uchun ham qo`llanishi mumkin. Bu so`z quyidagi ma’nolarda
ko`chim ifodalaydi:
1. Yoqimli va yumshoq ta`sirli. Ertalab yomg`ir tingan, havo muloyim va
Dostları ilə paylaş: |