Rang-tus
bildiruvchi
sifatlarning
daraja
shakllarining
ifodasida
sifatlarning boshqa turiga nisbatan o`ziga xoslik bor. Masalan: qiyosiy daraja
shakli -roq qo`shimchasi yordamida yasalgan ranglar; oqroq, sariqroq, kengroq,
uzunroq, tozaroq, kichikroq, kaltaroq kabilar mansub.Ba’zida oddiy daraja
shaklidagi sifatning birinchi bo`g`ini (yoki bir qismi) tovush o`zgarishi bilan
takrorlanadi (fonetik usul): qip-qizil, sap-sariq, yam-yashil, qop-qora [33,60-63]
Rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlarga -mtir (-imtir),-sh(-ish), -gina (-kina, -
qina) shakl hosil qiluvchi qo`shimchalarni qo`shish orqali ham ozaytirma daraja
shakli yasaladi. Masalan, ko`kimtir, qoramtir, oqish, sarg`ish, kabi.
Rang-tus bildiruvchi sifatlar darajasining berilishida ham morfologik va
sintaktik usullardan foydalaniladi.
Rang-tus bildiruvchi sifatlarning intensev formalari sintaktik-stilistik
jihatdan ko`p qirralidir. Masalan, a) intensiv forma rang-tusning normal
holatidan ortiqligini anglatadi: qip-qizil tarvuz, sap-sariq ipak kabi. b) rangning
ochiqlik, tiniqlik holatlarini ifodalaydi: ko`m-ko`k osmon, qip-qizil baxmal, sap-
sariq bo`yoq va b. v) intensiv forma oldidan rang bildiruvchi so`zlar kelib,
hissiy-ta`siriy ma’no ifodalaydi: qop-qora osmon, ikki ko`zi qip-qizil va h.
Rang-tus bildiruvchi sifatlarda ozaytirma darajani yuzaga keltirishda ikki xil
usul qo`llaniladi:
a) morfologik usul: ranglarning me’yorga yetmagan och xillari turli
affikslar yordamida ifoda etiladi. Masalan, -ish, -imtir,- g`ish, -g`imtir, -gina, -
kina, -qina, -roq affikslari orqali. Odatda, bunday qo`shimchalar rang-tus
bildiruvchi sifatlarga qo`shiladi. Bu affikslar qo`llanib kelgan rang-tus
bildiruvchi sifatlarda ranglarning kuchsiz xillari, ya’ni muayyan rangning
normal holatdan pastligini anglatib keladi. Masalan, oqish satin, ko`kish shisha,
sarg`ish krem, qizg`imtir bulut va h.
-ish, -g`ish affikslari jonli so`zlashuvda -ich, -g`ich shakllarida ham
uchraydi. Masalan, M. Ismoiliyning «Farg`ona tong otguncha» asarida ko`kish
so`zi o`rnida ko`kish so`zi ishlatilgan: Ko`zlari katta, ko`kish qoshlari
ingichka… bir rus juvon paydo bo`ldi.
36
-g`ish, -g`imtir affikslari aksari qizil, sariq so`zlari doirasida qo`llanadi.
Qizil, sariq so`zlari bu affikslar qo`shilib kelganda, keyingi ikki tovush qisqarib
o`zakda torayish yuz beradi. Masalan, Quyoshning qizg`ish nuri sahnani
yoritadi. (A. Qahhor)
-mtil, -imtil, -mtir, -imtir, -g`imtil, -g`imtir affikslari asliy rang nomlarining
ko`pchiligiga qo`shila oladi. Bu affikslarning qadimgi formasi –tul, -umtul,…-
tul, -qumtul, ya’ni qum rangiga moyil.
-chil, -sil kam qo`llanuvchi bu affikslar oq, ko`k so`zlari doirasida
ishlatiladi. Masalan, Shokir kunjut donasiga o`xshagan dog`li, oqchil yuzini
qoplagan qalin va uzun soqolini tutamlab gapirdi. (S. Ayniy)
Rang-tus bildiruvchi sifatlarda ozaytirma forma qo`llanilishida ham
ma’lum darajada o`ziga xoslik bor. Ularning hammasi rang-tus bildiruvchi
sifatlarning barchasiga birdek qo`shilavermaydi. Ozaytirma formalarning
vazifalari deyarli bir xil. Rang darajasini pasaytiradi. Masalan, ko`kish sariq
duxoba, qizg`imtir sariq bulut.
Umuman, rang darajalarini anglatuvchi so`zlarda bir qadar mavhumlik ham
mavjud hollar seziladi. Masalan, oqish deyilganda ma’lum bir rang
tushunilmaydi. Har qanday rangning och nimrang tusini oqish deyish mumkin:
oqish chit, oqish marmar va h.
Qoramtir deyilganda ham ma’lum bir muayyan rang tushunilmasligi
mumkin. Har qanday rangning to`q tusini qoramtir deyish mumkin: qoramtir
chit, qoramtir marmar va h.
Qizg`ish, sarg`ish, ko`kish so`zlari qo`llanganda shu ranglarga moyillik
borligi tushuniladi: qizg`ish sariq, sarg`ish oq, ko`kish kulrang kabi.
Ozaytirma daraja affikslarining ketma-ket ikki rang bildiruvchi sifatga
qo`shilib kelishi hollari ham uchraydi. Bunday qo`llanish ko`proq yozuvchi
uslubiga bog`liq. Masalan, Mahkam uning murdanikiday ko`kimtir sarg`ish
yuziga qarab, qo`rqib o`rnidan turdi. (P. Qodirov)
37
Shuni ham aytish kerakki, daraja affikslari so`zlarga ketma-ket
qo`shilganda, ikki turli formada bo`lishi shart, ya’ni –im, -tir, -ish yoki buning
aksi.
Affikslar olgan rang nomlarining bir turkumi ranglarning ochligini,
nimrangligini ifodalab kelsa, bir turkumi ulardagi qo`shimcha ottenkali boshqa
ranga moyillikni ifodalashga xizmat qiladi.
Ma’lumki, ranglarning och, nimrang xillari ozaytirma daraja xillari bilan,
to`q, qoramtir xillari kuchaytirma daraja xillari bilan ifodalanadi. Ayni vaqtda
bu formadagi sifatlar rangning turli darajasi bilan ham aloqadordir. Ranglarning
ozaytirma darajasini ifodalashda jonli tilda fonetik usullardan keng
foydalaniladi. Bunda ko`proq och, nim, sal-pal so`zlari ishlatiladi. Ya’ni bu
so`zlardagi unli tovushlar cho`ziq talaffuz qilinadi. Demak, rang-tus bildiruvchi
sifatlarning daraja ma’nolarini ifodalashda fonetik, morfologik, leksik va
sintaktik usullardan foydalaniladi.
Daraja ma’nosini ifodalovchi so`zlar o`z ma’nolaridan tashqari matndagi
turli ko`chma va qo`shimcha ma’nolarni berishi mumkin.(Bu borada uchinchi
bobda to`xtalamiz)
Dostları ilə paylaş: |