II. 3. Hajm – o`lchov, o`rin va paytni bildiruvchi sifatlar
Bu kabi sifatlar predmetning o`lchovi, umuman, ko`lamini bildiradi. Bu
qatorga keng, tor, uzun, chuqur, chog`(choqqina uy), yirik, jajji, hayhotday,
ixcham, mayda, mitti, azim, muazzam, mo`jaz, katta, kichik, og`ir, vazmin,
yengil, so`ngsiz, bepayon, tubsiz (ummon), teng, ulkan, ulug` sayoz, uzoq, yaqin
va hokazolar mansub.
Hajm-o`lchov bildiruvchi sifatlar tuzulishiga ko`ra sodda (tub va yasama),
juft, takror va qo`shma holatda bo`ladi.
Hajm-o`lchov bildiruvchi tub sifatlar tarkibiga keng, tor, uzun, chuqur,
chog`(choqqina uy), yirik, jajji, hayhotday, ixcham, mayda, mitti, azim,
muazzam, mo`jaz, katta, kichik, og`ir, vazmin, yengil, so`ngsiz, bepayon, tubsiz
(ummon), teng, ulkan, ulug` sayoz kabilar misol bo`ladi.
Hajm-o`lchov bildiruvchi yasama sifatlarga so`ngsiz, bepayon, tubsiz
(ummon) kabi so`zlar mansubdir.
Hajm-o`lchov bildiruvchi juft sifatlar guruhiga kalta-uzun, katta-kichik,
og`ir-vazmin, yengil-yelpi, baland-past,kalta-kulta kabilar misol bo`ladi.
Poetik nutqda ham bu kabi so`zlar faol qo`llanganicha guvoh bo`lishimiz
mumkin. Nasriy asarlarda bu kabi hajm-o`lchov sifatlari odatda o`z asl
ma’nosida qo`llanadi. Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga
o`xshar, buning ham to`rtdan birini ayvon egallagan edi. (Abdulla Qahhor)
Nazmiy asarlarda esa o`z ma’nosi bilan birga ko`chma ma’noda ham qo`llanadi.
Bahaybat, haybatli so`zlari ma’no darajani oshirish uchun qo`llanadi.
Bular ta`sirchanlikni oshirish maqsadida qo`llanadi
Ulkan so`zi manbalarda eskirgan so`z sifatida keltiriladi. Gigant kitobiy
uslubga xos bo`lib, asosan inshootlarga nisbatan qo`llaniladi.
Yirik so`zi meva, tosh va boshqa so`zlar bilan birikadi. Mazkur so`z barcha
so`z bilan ham sintagmatik munosabaga kirishavermaydi. Masalan, yirik uy,
yirik daraxt kabi qo`llanishlar usluban noto`g`ri. Shu jumladan, gigant so`zi ham
shunday. Gigant so`zini har qanday so`z bilan biriktirish mumkin emas.
Masalan, gigant shoir birikmasi usluban g`aliz hisoblanadi.
41
Ko`lam me’yorini bildiruvchi sifat leksemalar orasida predmetning enini
bildirishga xizmat qiluvchi keng, tor sifat leksemalar ma’lum bir oraliq masofani
ifodalash uchun qo`llaniladi. Ko`lam me’yorini bildiruvchi sifat leksemalar
orasida chuqur, sayoz so`zlari predmetning pastlikka tomon bo`yini,
chuqurligini ifodalashga xizmat qiladi. Bunda sayoz leksemasi chuqurlikning
kuchsiz darajasini “tagi yuza joylashgan” semasini ifodalasa, chuqur leksemasi
esa bunday belgining kuchli darajasini, aksini bildiradi. Ko`lam me’yorini
bildiruvchi sifat leksemalar doirasiga kiruvchi uzoq, yaqin leksemalari uzunlik
belgisining umumiy nomini ifodalaydi. Mazkur so`zlar ham fe’l oldidan kelib,
ish-harakatning miqdoriy belgisini ifoda etishga ixtisoslashgan: Yaqin kelma,
o`ldiraman, - dedi do`sti. (O`.Umarbekov) Uzoq ketib qolsangiz, men nima
qilaman? (P.Qodirov).
Dostları ilə paylaş: |