hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)
II. 2. Rang-tus, maza-ta’m, hid bildiruvchi sifatlar O`zbek tilida oq, qizil, qora, ko`k, zangori, sariq, yashil, malla, pushti, moviy, qirmizi, sapsar, qo`ng`ir, alvon (rang-barang), go`los, gungurt, nafarmon, ol, oq-qora, pushti, jigar rang, kul rang, novvot rang, rang-barang, targ`il, ola, chipor, ola-chipor, shafaq rang, zalg`aldoq, mosh-guruch (otdan ko`chgan), tilla rang, gunafsha rang, saman, to`riq, chovkar, jiyron, bo`zto`riq(Ot tusini ifodalaydi) kabi so`zlar alohida leksik-semantik guruhni
tashkil etadi. Bunday so`zlar rang-tus sifatlari deb yuritiladi. Ularning o`ziga xos
xususiyatlarini o`zbek tilshunosligida M.Sodiqova, R.Qo`ng`irov, Z.Pardaev, H
Tojimatov kabi olimlar tomonidan bir qismi maxsus tadqiq etilgan.
Rang bildiruvchi so`zlar tub, yasama, qo`shma, birikmali bo`lishi mumkin.
Rang bildiruvchi so`zlar morfologik usul bilan quyidagi affikslar yordamida
yasaladi:
-i affiksi tojik tili ta`sirida paydo bo`lgan, ega, xoslik ma’nolarini beruvchi
affiksdir: simobi (simobi) – simobning rangiga xos. Jigari (jigar +i) dialekt.
jigarning tusi. Osmoni (osmon+i) dialekt. osmonning rangidagi. Gulobi
(gulob+i) dialekt. gulrangning tusi. Bu affiks vositasida sifatlardan ham sifat
yasalishi mumkin: zangori (zangor+i), qirmizi (qirmiz+i) [26,97].
-qi, -aqi (-aki) affiksi otlardan sifat yasaydi. Masalan, pistoqi (pista+qi)
pistaning rangidagi yoki och yashil tus. To`taki (to`ti+aki) to`tining rangidagi
yoki to`tiyona rang.Bu affiks sifatlardan ham sifat yasaydi. Qoraki (qora+ki)
dialekt. qoraning tusi.
-iy, -viy affiksi arab tilidan kirgan bo`lib, otlardan sifat yasaydi. Masalan,
niliy (nil+iy) arxaik - sinka tusidagi rang. Tilloiy (tillo+iy) tilla rangidagi,
tillorang. To`tiyoiy, osmoniy kabilar ham shular jumlasidandir.
-vash affiksi arxaik bo`lib, otlardan sifat yasaydi: samovash (samo+vash)
havorang tusli.
34
Rang bildiruvchi qo`shma sifatlar sintaktik usul bilan yasaladi. Masalan,ot+ot – jigarrang, kulrang, havorang, anordona, kaptarbo`yin, pistamag`iz va h. Umuman, qo`shma rang bildiruvchi sifatlar yasalishida rang
so`zi faol yasovchi hisoblanadi.Qo`shma rang sifatlaridan tashqari yana
birikmali rang bildiruvchi sifatlar ham mavjud. Bular ko`proq rang bildiruvchi
ottenka xillarini ifodalash uchun qo`llaniladi. Masalan, oq sariq, oq pushti, qora sariq, qora qizil, qora to`riq, bo`z to`riq va b.Shu kabi rang-tus bildiruvchi
sifatlardan ko`plab orttirma darajadagi sifatlar ham hosil bo`ladi:Qop-qora, qip- qizil, sap-sariq, oq-qora, mosh-guruch, ola chipor, qora-qura, zim-ziyova h..
bular ranglik ma’nosidan tashqari to`da, umumiylik, ko`plik ma’nolarini ham
ifodalaydi.Rang-tus bildiruvchi sifatlardan nutqda unumli foydalaniladi.
Masalan, qizilishton, ko`kqarg`a, qoraqamish va b. Yasovchi affikslar vositasida: ko`kcha, oqcha, qizilcha, qoramug`, mallavoy va hokazolar ham hosil bo`ladi.Bunday so`zlardan ba’zilarida rang ma’nosi juda uzoqlashib
ketgan. Masalan, oqbilak, sariqcha, sariyog`, qoramug` va h. Rang-tus bildiruvchi sifatlar quyidagi sintaktik vazifalarda keladi: 1.
Sifatlovchi-aniqlovchi bo`lib keladi: (Kumushning) .. yoqutdek lablari
ostidagi sadaf kabi oq tishlari biroz ko`rinib qo`ydilar. (A.Qodiriy) 2.Ot-kesim
bo`lib keladi: Gul qizil. Devorning to`rt tomoni ham oq. Rang - tus sifatlari
otlashsa, ega, to`ldiruvchi, qaratqichli-aniqlovchi bo`lib keladi. Rang-tus
bildiruvchi sifatlarning etimologiyasiga nazar solar ekanmiz qizil, yashil
singari sifatlar aslida boshqa so`z turkumidan kelib chiqqanligiga guvoh
bo`lamiz. Masalan: qizil so`zi qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni
anglatgan bu sifat asli “qizil tus, ol”ma’nosini anglatgan қыз fe’lidan –(ы)л
qo`shimchasi bilan yasalgan. Patnisda to`rtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki bor
edi. (Oybek)
Yashil sifati qadimgi turkiy tilda “barg rangiga ega bo`l” degan ma’noni
anglatgan йа:ш fe’lidan -(ы)л qo`shimchasi bilan yasalgan.Chap tomonda –
tog` etaklari, o`ng tomonda yashil paxtazor, o`rtada –qishloq. (I. Rahim)