I. 3. Sifatda konversiya hodisasi
Sifat turkumiga xos so`zlar boshqa turkum so`zlari bilan muntazam
qo`llanishi natijasi o`laroq shu turkumga xos lingvistik xususiyatlarni ham
o`zida kasb eta borganligi, natijada boshqa turkum so`zlari guruhidan o`rin
olganligiga guvoh bo`lamiz.
Umuman, bir turkum so`zi boshqa turkum so`ziga ko`chganda bir vaqtlar
bir turkumda bo`lib, til taraqqiyoti natijasida ikkinchi turkumga o`tgan so`z
nazarda
tutiladi.
So`z
turkumlari
orasida
ko`chish
bo`yicha
olim
A.G`ulomovning tadqiqotlari e`tiborga molik [33,46-52]. Bu boradagi oxirgi
fundamental tadqiqotlardan biri J.Eltazarov tomonidan amalga oshirildi [32].
Hozirgi o`zbek tilida so`z turkumlararo ko`chishning quyidagi turlari
mavjud:
1.Otlanish(Substantivatsiya),
2.Sifatlanish
(Adyektivatsiya),
3.Sonlanish
(Numerilizatsiya),
4.Olmoshlanish
(Pronominalizatsiya),
5.Ravishlanish
(Adverbializatsiya),
6.
Fe’llanish
(Verbalizatsiya),
7.Tasviriylanish
(Essivatsiya)
8.
Undovlanish
(Interyektivatsiya),
9.Modallashish(Modalyatsiya),
10.Ko`makchilashish(Postpozitionalizatsiya),11.Bog`lovchilansh(Konyuktionali
zatsiya), 12. Yuklamalashish (Partikulyatsiya).
19
Har qanday tildagi so`z turkumlari ko`chish hollarini bevosita tahlil
qilayotganda bu masalaning ikki ajralmas tomoni: o`sha so`z turkumining
boshqa so`z turkumlariga ko`chishi va boshqa so`z turkumlarining mazkur so`z
turkumga ko`chishini nazardan qochirmaslik kerak, chunki til birligining nutqda
amal qilinishi va so`z turkumlararo aloqaning ro`yobga chiqishida ko`chishning
har ikki turining qiymati tengdir [32,32].So`zlar bir turkumdan ikkinchi
turkumga o`tganda mazkur so`zning grammatik mohiyati, qisman ma’nosi
o`zgaradi. Sifatning otga ko`chishi ham shunday hodisadir. Masalan, qiz, o`g`il,
yosh, qari, erkak, xotin, ayol, kasal, chol, kampir kabi so`zlar bir vaqtlar sifat
bo`lib, keyinchalik otga o`tgan. Bu hol, ya’nio`tish birdaniga emas, balki bir-
ikki avlod ko`z o`ngida yuz beradi. Yuqoridagi kabi so`zlarning otga
ko`chganini yoki ko`chayotganini ko`rsatuvchi ikkinchi belgi ularning sifat bilan
ifodalangan aniqlovchi olishidir: yosh yigit, qari chol, chiroyli xotin
kabi.Konversiya yo`li bilan sifatga ko`chgan so`zlar quyidagilar:1. Juft va
takroriy otlar: mosh-guruch, yo`l-yo`l, rang-barang, xilma-xil. 2.O`zak holidagi
fe’llar: daydi, qari, och, chalkash, yanglish, tutash, aralash.3. Harakat nomi
shaklidagi juft fe’l: olmoq-solmoq.4. Yaqin (aniq) o`tgan zamondagi juft fe’llar
va fe’lli birikmalar: oldi-qochdi (gap), kuydi-pishdi (ayol), tug`di-bitdi
(farzand), ichakuzdi (hangomalar), supraqoqdi (o`g`il, ya’nikenja o`g`il).5.
Takroriy olmosh: manman6. Takroriy son: birdan-bir [24,48].
Sifat turkumga xos so`zlarning ravish bajargan vazifalarda kelishi ham
keng taraqqiy etganligiga guvoh bo`lamiz.Sifat va ravishning leksik-semantik
xususiyati o`zaro bitta, ya’ni “belgi” termini bilan atalsa-da, biroq xarakter
e`tibori, stilistik tomoni bilan ularning belgisi bir-biridan farqlanadi. Sifat
turg`un xarakterdagi belgini anglatsa, ravish esa jarayon xarakteridagi
(adverbial) belgidir. Sifat anglatgan belgi – birlamchi, ravish belgisi –
ikkilamchi, ya’nibelgining belgisidir.
Yuqorida eslatib o`tganimizdek, ravish tabiatan sifatlardek turg`un
holatdagi belgini ifodalab, aniqlovchi xarakterida bo`lishi mumkin. Shu bilan
birga, bir qator sifatlar harakat jarayonining belgi ifodasini ko`rsata oladi.
20
Chunonchi, “yaxshi” qabilidagi so`zlar gapda hol bo`lib kelishi bilan
xarakterlanadi. Uzoq yillar davomida mana shu masala turli munozaralarga
sabab bo`lib keldi. Aniqrog`i, ko`pgina tadqiqotlarda muayyan so`zning
semantik taraqqiyoti, ularning o`zaro sintaktik funksiya almashish imkonini
berish holati nazardan chetda qolib keldi. Vaholanki, so`z turkumlari bir-biri
bilan “ittifoq tuzishi”, ya’nio`zining so`roqlarini boshqalar bilan baham ko`rishi
va o`zi ham o`rni bilan boshqa so`z turkumlarining so`roqlariga javob bo`lishi
tabiiy hol. Umuman, turkiy tillarda, belgi-xususiyat ma’nosidagi so`zlar ot
oldidan ham fe’l oldidan ham kelib, ular ma’nosini konkretlashtiruvchi vazifani
bajaradi. Bunday holda ular so`zning ayni bir grammatik qiyofasida bo`ladi.
Manbalarda “yaxshi” qabilidagi so`zlarning fe’l oldidan kelishini konversiya
(ko`chish) hodisasi sifatida ham qaraydilar.
So`z turkumlari orasida sintaktik funksiya almashish, xususan, hozirgi
zamon tilshunosligida keng tarqalgan hodisadir. Bu holat leksemaning til sathida
keng imkoniyatliligidan darak beradi. “Yaxshi” qabilidagi leksemalarning
matnda hol vazifasida qo`llanishiga so`zning funksional o`zgarishi deb qarash
to`g`ri bo`ladi. Chunki “yaxshi ”qabiliidagi so`zlar gapda hol bo`lib kelishiga
qaramay (masalan: qattiq gapirmoq, chiroyli kulmoq, dadil so`zlamoq),
odatdagi leksik ma’nosini saqlaydi. Qiyoslash uchun “og`ir” leksemasining
fe’l bilan birika olish imkoniyatini ko`rib o`tamiz. O`TILda “og`ir”
leksemasining o`ndan ortiq ma’nosini izohlangan. “Og`ir” leksemasining atash
semasi “vazni katta bo`lgan, tosh bosadigan, vaznli” ma’nosini ifodalaydi.
Ko`chma ma’no(konnotativ ma’no)da og`ir leksemasi harakat belgisini ham
ifodalay olad: Ammo mana shu ro`yirostlik Lolo uchun o`g`ir kechadi.
(H.Nazir)Bu holat (ish- harakat belgisini ifodalagan sifatlar)ni ayrim
tadqiqodchilar adverbializatsiya hodisasi sifatida belgilaydilar. Shuningdek, bu
yil bahor nihoyatda yaxshi keldi. Shirin juda chiroyli kuladi (N.Hikmat) kabi
gaplarda “nihoyatda yaxshi ”, “juda chiroyli ”, sifatlari grammatik jihatdan
fe’llarga bog`lanib, gapda hol vazifasida kelgan. Birinchi gapdagi “nihoyatda
yaxshi” so`zi grammatik jihatdan fe’lga bog`lanib, gapda hol vazifasida kelgan
21
bo`lsa ham, mantiqan subyektning – “bahor”ning belgisini bildiradi va bu
belgi harakatga ham ko`chiriladi.
Yuqoridagi misollardan kuzatiladiki, ba’zi sifatlar o`z vazifasi doirasini
birmuncha kengaytirgan. Buni sifat leksemalarning nutqdagi imkoniyati
sifatida qabul qilish lozim. Ish harakat belgisini bildirgan har qanday so`zga
ravish deb qarash ayni so`z turkumiga leksik va sintaktik xususiyatlarni
zo`rma-zo`rakilik bilan tirkashidan o`zga narsa emas. Bu esa so`z turkumlari
tasnifida mantiqiy to`g`ri tasnif asosini buzishga olib keladi[57,110].
Aytish mumkinki, keyingi yillarda sifat leksemalarning semantik
tuzilishidagi konnotativ ma’nolarning o`rni va uning o`ziga xos tomonlarini
aniqlash bo`yicha bir qator tadqiqotlar amalga oshirildi.Mazkur holat ham
sifat va ravish turkumi chegarasini aniqlashtirishga ko`mak beradi.
Ish- harakat tarzini ifodalash barcha sifatlarga xos xususiyat emas,
albatta, ya’nihar qanday sifat ham ish- harakatning belgisini bildirolmaydi.
Asosan, xarakter- xususiyat (yaxshi, yomon, qiziq ruhli, yorqin qattiq
yumshoq toza, chiroyli, dadil), holat (erkin, ozod, tutqun, to`liq), vertikal hajm
(past, baland), vertikal shakl ( tik), umumiy shakl (egri, to`g`ri), gorizontal
shakl ( yopiq), umumiy hajm (katta, kichik), ichki hajm (keng, tor, chuqur),
masofa (uzoq- yaqin ), muddat (abadiy) va harorat ( issiq, sovuq, illiq )
belgisini bildiruvchi qismigina gapda hol vazifasida qo`llanadi. O`z
semantikasiga ko`ra “yaxshi” qabilidagi so`zlar doim mavhum tushunchani
anglatadi. Yuqoridagi so`zlar nutq jarayonida hol vazifasida qo`llanishi bilan
mavhumlik yana oshadi. Shu yo`l bilan fikrning grammatik ifodasi
mustahkamlashadi va “yaxshi” qabilidagi so`zlarning iste`mol doirasi
kengayadi.
Kelishik shaklidagi sifatlar ham nutqimizda keng qo`llanadi. Masalan,
yangidan, eskidan, chindan, yolg`ondan kabilar kelishik shaklidagi sifatdan hosil
bo`lgan holat ravishlaridir. Mazkur so`zlarda kelishik qo`shimchasi o`z tabiatini
mutlaqo o`zgartirgan.
22
“O`zbek tilining izohli lug`ati” da ham “yaxshi” qabilidagi bir qator
sifatlar ravish deb berilganligiga guvoh bo`lish mumkin. Lug`atda sifatlar ham
ravishlardek ish-harakat belgisini ifodalay olish imkoniyatiga ega ekanligi,
ya’nisifatning semantik taraqqiyoti ularda o`zaro sintaktik funksiya almashish
imkonini berishi nazardan chetda qolgandek ko`rinadi. Mana shu holat fe’l bilan
birikib kela olishi tabiatiga ega bo`lgan holat, xususiyat bildiruvchi sifatlarning
lug`atda ravishlar deb izohlanishiga sabab bo`lgan bo`lsa kerak.
Xullas, sifatning taraqqiyoti boshqa turkumlar bilan uzviy bog`liq. Ot
asosidan ajralib chiqqan, til taraqqiyoti natijasida mustaqil rivojlanish yo`liga
ega bo`lgan mazkur turkum so`zlarining imkoniyat doirasi kengayib
borayotganligiga guvoh bo`lamiz. Bu holni sifatda keng kuzatiladigan
polisemiya bilan ham dalillash mumkin. Bundan tashqari, yordamchi
leksemalar tarkibida ham bir qator sifatlarni uchratish mumkin. (jumladan,
boshqa, qarshi (ko`makchi), yolg`iz (yuklama) va h.k.). Bu holat ham
(grammatikalizatsiya) sifat turkumining taraqqiyotidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |