42
Olim)Jarangli va unli bilan tugagan asoslarga -gi affiksi qo`shilsa, jarangsiz
tovush bilan tugagan asoslarga -ki va -qi affikslari qo`shiladi.
Xullas, sifatning morfologik xususiyati boshqa so`z
turkumlari qatori
muhim o`rinni egallaydi. Biz II bobda sifatning ma’noviy guruhlarining
morfologik xususiyati, ya’ni ularning tuzilishi jihatidan
turlari xususida fikr
yurutdik va shunga amin bo`ldikki, sifat yasashda ot, sifat, fe’l turkumidagi
so`zlar asos bo`la oladi. Shuningdek boshqa turkumdagi so`zlarni
yasashda
sifatlardan ham foydalaniladi. Ishimizda sifatlar voqea- hodisaning turli xil
belgiusini bildirishi, gap tarkibida ot va otlashgan so`zlardan
oldin kelib
aniqlovchi vazifasini bajarishi, asliy va nisbiy, tub va yasama, sodda va qo`shma
turlarga bo`linishi, substantivatsiya hodisasining sifatlardagi ko`rinishlari, sifat
yasovchi qo`shimchalarning o`ziga xos tabiati, ularning ma’nodoshlik va
antonimlik xususiyati masalalarini yoritdik.
Sifatning ma’no jihatidan turlari nisbatan nisbiy tushuncha hisoblanadi.
Chunki bir ma’no guruhiga mansub sifat matn tarkibida boshqa ma’no guruhiga
tegishli bo`lishi mumkin. Biz keyingi bobda bunga alohida to`xtalib, yoritishga
harakat qilamiz.
Dostları ilə paylaş: