hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)
zolim tanholik quchog`iga otishni istamaganidan yana bir necha vaqt Unsinni bu yerda qoldirishga moyil edi. (Oybek)
47
Rasvo salbiy ma’no ifodali xarakter-xususiyat sifati quyidagi ma’no
ifodalariga ega: 1. Nojo`ya xatti-harakati, yurish-turishi bilan el nazaridan
qolgan. Yaramas, razil, tavba, - dedi u o`ziga-o`zi, yarim soat ichida ikki rasvo odam bilan uchrashsam-a. Hayotda hech mahal bunchalik yaramas tasodifga yo`liqmagan edim. (Mirmuhsin)
2. Juda ham yomon, tanqiddan tuban: rasvo gap.
3. Juda ham yomon, yaramas, nokas. Jaydari g`o`zaday mijg`ov, rasvo ekinni dehqon bolasi bilmasa kerak. (G`.G`ulom)
4. Izdan chiqib ketgan, yomon ahvolga tushib qolish.Ishni rasvo qildi-ku, padar la’nat toshbaqa. (“Yoshlik”)
Rasvo so`zi jonli so`zlashuvda joy, turar manzil, kiyimga nisbatan ham
qo`llanishi kuzatiladi: rasvo joy, rasvo kiyim va b. Bu holda holat sifati bo`lib
keladi. Mazkur ma’no izohli lug`atdan o`rin olmagan [40, 351].
Qabih sifati “axloq-odob, insoniylik qoidalari talabiga zid, jirkanch, razil,
yaramas” holatlarga ko`ra qo`llanadi. G`ulomjon bu qabih nayrangbozlikdan qattiq g`azabga kelsa-da, o`zini og`ir tutib, og`ir so`zlashga harakat qildi.
(M.Ismoilov)
Takabbur, qabih sifatlari badiiy uslubda qo`llanadi. Bu ikki so`z ham arab
tilidan o`zlashgan.
Munofiq sifati ikkiyuzlamachi kishilarga nisbatan qo`llanadi, ya’nitili
boshqa, dili boshqa, so`zi va ishi bir-biriga to`g`ri kelmaydigan, samimiylikdan
yiroq holatini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu so`zning yuqoriroq darajasini
ifoda etishda olchoq sifati qo`llanadi. Olchoq so`zi “o`ta ketgan razil, past
yovuz, nomard, xoin” ma’nosini ifodalaydi. Men shaytondan ming martaba dahshatli bo`lgan olchoqlarni ko`rib, chidab turganman avval. (A. Oripov)
Olchoq sifati kitobiy uslubga xos .
Qo`rs sifati qo`pol, dag`al, to`ng kishiga ko`ra qo`llaniladi. Shuningdek,
his-tuyg`udan yiroq ma’no ifodasi ham mavjud. Har zamonda ham qo`rs
odamlar bo`lgan.(M.Ismoiliy)
48
Qo`rs so`zi asosida qo`rslik oti shakllanadi. Bu so`z uch ma’no ostida
izog`lanadi [40,414] .
Yuqorida ta’kidlab o`tganimizdek, shunday xarakter-xususiyat sifatlari
borki, ijobiylik yoki salbiylik yaqqol sezilmaydi. Bu kabi ma’nolar nutq
sharoitida reallashadi. Bu qatorga dovdir, loqayd, sho`x, mahmadona, sinchkov, mag`rur, indamas, shaddod, o`tkir, to`pori kabilar misol bo`lishi aytiladi [33,
302]. Biroq zamon bilan bog`liq holatda yuqoridagi ayrim so`zlarning ma’no
chegarasida o`zgarishlar bo`lganligi kuzatildi. Masalan, dovdir so`zi bugungi
kunda neytral ma’no ifoda uchun emas, balki salbiy ma’no ifoda uchun
qo`llanadi. Ushbu so`zga izohli lug`atda shunday ta`rif keltirilgan: “telba-teskari
ish qiladigan, telbanamo; dumbul, anqov, hovliqma”. Ko`rinadiki, bu so`z
manbalarda aytilganidek neytral ma’no ifoda uchun emas, balki salbiy ma’no
uchun ishlatiladi.
Loqayd sifati “beg`am, beparvo, betashvish, sovuqqon” ma’nolariga ega.
Bu so`z matn bilan bog`liq ravishda ba’zan qisman salbiylikni, ba’zan esa
qisman ijobiylikni ifoda etadi. Quyidagi misollarni kuzatamiz:
1. Ko`ngling sezgan narsaga loqayd qarama, o`g`lim, tagiga yet. (A.Muxtor)
2. U qabulxonada o`tirganlarga loqayd bir nazar tashladi-da, tez yurib, koridorga chiqdi. (S.Ahmad)
Har ikkala gapda qo`llangan loqayd so`zi o`ziga xos ma’no tashigan.
Birinchi gapda insonga xos salbiylik holatini ifodalash uchun qo`llangan bo`lsa,
ikkinchi gapda salbiylik ma’no ifodasi emas, balki me’yorlik, betaraflik ma’no
ifodasi aks etgan.
Indamas so`zi aslida fe’l turkumiga xos bo`lib, fe’lning vazifa shakli
sanalmish sifatdosh hisoblanadi. Bu so`z til taraqqiyoti natijasi o`laroq sifat
turkumiga siljigan. Bu hol fanda ixtisoslashish termini asosida talqin etilmoqda
[20,44]. Indamas so`zi sifat tarzida talqin etilganda “juda kam gapiradigan,
kamgap, damduz” tarzida izohlanadi [40,208].
49
Neytral holat ifodasi uchun ishlatiladigan o`jar xarakter-xususiyat sifati bir
necha ma’no ifodaga ega:1.To`g`ri, maqbul maslahat, gap-so`zga quloq solmay, yon bermay, o`z fikrini ma`qullaveradigan, gap uqmaydigan, qaysar. U qancha so`zlamasin, bu kitobning dinga ziyonsiz ekanini o`jar musulmonga tushuntira olmadi. (Oybek)
2. Yalinib-yolvorish, iltimos kabilarga ko`navermaydigan, o`z so`zidan,
fikridan qaytmaydigan, bir so`zli. Unga kamoli ehtirom bilan salom berdi. Dilidagi gaplarini astoydil tushuntirib to`kdi. U bir so`zli o`jar odam ekan. Ko`nmadi. (S. Ahmad)
3. Ko`chma. Boshqaning izmiga yurmaydigan, bo`ysunmas. Suv o`jar, uni tizginlash oson emasligini Po`latjon biladi. (S.Ahmad)
4. Ko`chma, qaytarib, o`zgartirib bo`lmaydigan narsa haqida. Haqiqat – o`jar narsa.Kishilarning kimligi, qaysi vazifada ishlashini yuzxotir qilmaydi.( A. Nabixo`jayev)
Shaddod xarakter-xususiyat sifati ikki ma’no ostida izohlanadi [40,532].
1.O`z xohishi, hukmini o`tkazadigan, shavqatsiz, zolim. Bolalar baxtining yulduzlariga Zaharlar sochmoqchi qaysi jallodlar? Dunyoning ravshanlik – kunduzlariga Zulmat qo`ymoqchimi bebosh shaddodlar? (M. Shayxzoda )
2. O`z fikrini o`tkazishga tirishadigan, o`jar, cho`rtkesar; o`z fikrini
qat’iylik bilan, dadil aytadigan, tortinmas (asosan ayollar haqida). Shaddod, gapini birovga bermaydigan, erkakshoda Asrora zvenoga boshliq bo`ldi. (S.Ahmad) Shaddot sifati asosida shaddotlik oti paydo bo`lgan .
To`pori xarakter-xususiyat sifati “juda sodda, oddiy” tarzidagi
ma’nolarga ega. To`pori odam, to`pori yigit va h.k. Xarakter- xususiyat sifatlarining bir qismi narsa va jonivorlarga ko`ra
qo`llanadi. Bu qatorga xonaki, dolzarb, dabdabali, tashvishli, asov, chopag`on, sun`iy, tabiiy, tekin, qimmat, arzon kabilar misol bo`ladi [33,302].
Xonaki sifati fors tojik tiliga xos xona so`zi bilan bog`liq bo`lib,
affiksatsiya usulida yasalgan. Bu so`z quyidagi ma’nolarni ifoda etadi :
50
1. Qo`lda tayyorlangan, qo`lda qilingan. Dasturxonda xonaki non, atirgul nusxa tort va turli xil mevalar bor edi. (S. Axmad)
2. Maxsus tayyorlangan, qo`lbola, xonaki choy damlamoq, xonaki palov
qilmoq.
3. Uyda xonadonda boqiladigan, parvarish qilinadigan, qo`lda o`rgatilgan.
xonaki it, xonaki gul. 4. Xona yoki uy ichida bo`ladigan, uyda bajariladigan. Sotiboldi tirikchilik uchun xonaki bir kasb qilishga majbur bo`ldi – har xil savatchalar to`qishni o`rgandi. (A.Qahhor)
Asov so`zi asosan hayvonlarga nisbatan qo`llanadi. Faqat ko`chma ma’noda
kelsagina, narsa-hodisaga nisbatan qo`llanadi.
Yuqorida aytib o`tganimizdek, ayrim sifatlarni ma’no turlarga bo`lish
nisbiy kechadi. Muayyan, bir sifat bir ma’nosi bilan sifatning bir turiga, ikkinchi
ma’nosi bilan boshqa ma’no guruhiga oid bo`lishi mumkin. Bu qatorga yengil, og`ir, dag`al, dardisar, bachkana, rasvo, xira, uchar kabilar mansub bo`la oladi.
Yengil, og`ir sifatlarining og`irlik o`lchovi uchun ishlatilishini izohlashga
hojat bo`lmasa kerak. Biroq ayni sifatlar matnda xarakter-xususiyat sifati bo`lib
ham kela oladi. Bu holda ko`chma ma’no ifodalaydi. Misollarni kuzatamiz:
1. O`zingga munosib gapni gapir! Yengil bo`lma! (A.Qahhor)
2. Aminjon, o`zi yosh bo`lsa ham, juda pishiq, og`ir g`ayratli. (A.Qahhor)
Yengil, og`ir so`zlari ham o`z ma’nosida, ham ko`chma ma’noda
antonimlikka kirishadi. Bu so`zlar narsa-hodisalarga nisbatan ham ko`chma
ma’noda qo`llana oladi: yengil shabada, yengil qarash, yengil imtiyoz; og`ir qadam, og`ir qarash, og`ir turmush, og`ir hayot va h.k.
Yengil, og`ir so`zlari kishilarga nisbatan qo`llansagina xarakter-xususiyat
sifati bo`lib keladi.
Umuman,
xarakter-xususiyat
sifatlariga
baho
berishda,
guruhni
shakllantirishda hushyorlik talab etiladi. Chunki bu kabi sifatlar ba’zida turli
ma’no ifodasiga ega bo`lib, matn orqali anglashiladi. Xarakter-xususiyat sifatlari
51
deb baholanadigan bir guruh sifatlar asl ma’noda sifatning ma’no jihatdan
boshqa turiga oid bo`lib, ko`chma ma’nodagina shu guruhga tegishli bo`ladi.
Xarakter-xususiyat sifatlari kishilarning ijobiy yoki salbiy jihatlarini,
shuningdek, bunuday ma’nolarga betaraf munosabatda bo`lishi bilan ham
xarakterlanadi.