O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/37
tarix21.12.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#77120
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

orombaxsh. 
2. Gap-so`z, xatti-harakatlari nihoyatda yoqimli va yumshoq. Alixon 
tabiatan og`ir, muloyim, kamgap yigit edi.( H.Nazir) 


45 
Muloyimlashmoq, muloyimlik kabi yasama so`zlar ham yuqoridagi 
xarakter sifati orqali hosil bo`lgan. 
Muloyim so`zi o`z ma’nosida holat sifati bo`lib, ko`chma ma’nosi bilangina 
xarakter-xususiyat sifati bo`lib keladi. 
Abjir, chapdast, chaqqon,epchil sifatlari bir umumiy ma’no ostida 
birlashadi. Biroq xususiy tomonlari, alohida ma’no nozikliklari bilan farqlanadi. 
Abjir sifati “oyoq-qo`li tez, tez harakat qila oladigan” ma’no ifodasiga ega: 
Yo`lchiboy barvastaligiga qaramasdan abjirgina yigit. (Oybek) 
Chapdast sifati asl ma’nosiga ko`ra “chapaqay, ya’nichap qo`li bilan asosiy 
yumushlarni qiluvchi kimsa” kabi ma’no anglatadi. Biroq bu so`z hozirgi o`zbek 
adabiy tilida, odatda, chaqqon, epchil, uddaburon, usta, mohir tarzidagi ma’no 
ifodalariga ega. Misollarni kuzatamiz: 
1. G`ayrat Hakimdan ko`z uzmas, uning epchil chapdast harakatlarini 
havas bilan kuzatardi. (M.Hazratqulov) 
2. Uning ota-bobosi novvoy o`tgani uchun o`zi non yopishga chapdast edi
(Sh.Xolmirzaev) 
Birinchi gapda qo`llangan chapdast so`zi “chaqqon, epchil” ma’no 
ifodasiga ega bo`lsa, ikkinchi gapda kelgan bu so`z “o`z ishining ustasi, mohir” 
kabi ma’no ifodalanishi bilan xarakterlanadi. 
Ziyrak so`zi asl ma’noda, ya’nifors-tojik tilida chaqqon, epchil, oqil, dono 
kabi ma’nolarda qo`llanishi aytiladi [40, 139]. 
O`zbek adabiy tilida “tez fahmlaydigan, fahmi tez, sezgir” ma’nosi 
birlamchi mavqega ega.
Ziyrak so`zi sezgir, tuyg`un sifatlari bilan sinonimlik hosil qiladi. Bular 
orasida sezgir so`zi bosh so`z sanaladi. Ular ishlatilish doirasi, uslubiga ko`ra 
farqlanadi. 
Tuyg`un so`zi “tez sezib, fahmlab, payqab oladigantarzidagi izohga ega 
[41,18]. Shu bilan birga, mazkur so`z omonimlikka ham ega. Tuyg`un so`zining 
omonimligi sinonimlar lug`atida [41] keltirilmagan bo`lsa-da, “O`zbek tilining 
izohli lug`ati” da bu so`zning rim raqamidagi ikkinchi shakli borligi kuzatildi


46 
ya’niot so`z turkumiga oid ushbu so`z qirg`iy yoki qarchig`ayning erkagiga 
nisbatan ham qo`llanilar ekan [40, 185]. 
Sipo so`zi asl forsiy tilda qo`shin, askar kabi ma’noga ega bo`lib, bizning 
lug`at qatlamimizga o`tgach, boshqa xil ma’no ifoda etishga ixtisoslashganligi 
kuzatiladi. Hozirgi o`zbek adabiy tilida bu so`z “kamgap, kamsuqum, oddiy” 
kabi ma’no ifodalariga ega [40, 518]. Komila beqasam kiyib, so`rida sipogina 
o`tirgan Azimjonga ko`z qirini tashlab qo`ydi. (A.Muxtor) 
Bu so`zning sipoh shakligina “podshoh, xon, amir saroyida uzoq xizmat 
qilgan lavozimli kishi, amaldor” ma’nosiga ega. Sipo so`zining birinchi ma’nosi 
“kamtar, oddiy” bo`lsa, ikkinchi ma’nosi “og`ir, vazmin, bosiq” bo`lib 
hisoblanadi. Misol: 
Endi sho`xlik qayoqda deysiz, 
Yurishlarim sipo va o`ychan.(A.Oripov) 
Asil sifati “a`lo sifatli, eng yaxshi, toza, sof” ma’nolariga ega: asl mol, asil 
shoyi. Bu so`z ko`chma ma’noda “yaxshi xislatlarga, fazilatlarga ega bo`lgan, 
olijanob, bebaho, sof, pok” kabi ma’no ifodalariga egaligi e’tirof etiladi 
[40,105]. 
Yuqorida eslatib o`tganimizdek, kishilarga xos salbiy xususiyatlarni 
bildiruvchi sifatlar ko`pincha ijobiy ma’nodagi sifatlarga antonim sifatida 
qo`llanadi. Shulardan ayrim birlarini tahlilga tortamiz. Mantdagi imkoniyatlarni 
kuzatamiz. 
Zolim xarakter-xususiyat sifati “zulm qiluvchi, zulmkor, jabr qiluvchi” 
ma’no ifodaga ega. Bu so`z, asosan, badiiy uslubda qo`llanishi bilan 
xarakterlanadi: Akram savolida davom etdi: - Hokimimiz juda zolim emish, bu 
to`g`ri so`zmi? (A.Qodiriy)
Bu so`z “jabr-zulm bilan to`lib-toshgan” ma’nosida zolim falak, zolim 
dunyo tarzida ham qo`llanadi. U (Yo`lchi) o`z singlisini Gulnordan ayirib, uni 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin