O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/37
tarix21.12.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#77120
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

Maza-ta’m sifatlari qatoriga shirin, achchiq, nordon, chuchuk, chuchmal, 
sho`r, taxir, kakra, laziz, xushta’m, talx, talxa va hokazolar misol bo`ladi. Maza-
ta’mni ifodalashda ot turkumidagi so`zlardan ham foydalaniladi: shakar, asal, 
novvot, namakob, zahar kabi. 
Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar leksik xususiyati bilan birga,morfologik 
tabiati, sintaktik vazifalari va konversiya holati bilan ham tilshunosligimizda 
o`z o`rniga ega. Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar tuzilishi jihatdan sodda, juft, 
takror va qo`shma sifatlarga bo`linadi. Sodda sifatlar tub va yasama sifatlarga 
bo`linadi. Yasama sifatlarga achimsiq, tuzsiz, mazali, bemaza, bamaza, 
xushxo`r, xushta’m va hokazolarmansub.
Maza-ta’m bildiruvchi juft sifatlar tarkibiga shirin-shakar, zahar-zaqum, 
achchiq-chuchuk, asal-qand kabilar misol bo`ladi.


38 
Maza-ta’m 
bildiruvchi 
takror 
sifatlarga 
shirin-shirin, 
achchiq-
achchiqkabilar mansub. 
Maza-ta’m sifatlari asosida shakllangan qo`shma so`zlar (sifat+ot); 
sho`rpeshona, shirinsuxan, sho`rtumshuq (holat va xususiyat sifatlari), sassiq 
o`t (ot), sassiq popushak(ot)kabi so`zlar nutqimizda anchaginani tashkil etadi.
Maza-ta’m bildiruvchi sifatlarning sintaktik vazifasi: 
1. Aniqlovchi bo`lib keladi: Shirin mevalarga o`rgangan og`izlariga bu 
yerning nordon mevalari yoqmadi. (Oybek) 
2. Kesim bo`lib keladi: Siz pishirgan taom shu darajada shirin, lazzatli 
bo`ladi. 
Ba’zida maza-ta’m sifatlari ko`chma ma’noda kelganda hol vazifasida 
kelishi ham uchrab turadi: U achchiq gapirdi.(Gazetadan) 
Maza-ta’mni ifoda etuvchi eng faol so`zlardan biri shirin va achchiq 
sifatlaridir. Bu sifatlar o`z ma’nosidan tashqari ko`chma ma’noda ham faol 
qo`llanadi. Masalan: shirin turmush, achchiq haqiqat, shirin bola, shirin so`z, 
shirin tabassum va b. Achchiq so`zining shirin so`ziga nisbatan ma’no 
doirasining kengligi uning turkiy (o`zbek) so`z ekanligi bilan bog`liq. Achchiq – 
bu so`z qadimgi turkiy tildagi achi fe’lidan yasalgan.Achchiq so`zi diaxronik 
yasama, sinxronik jihatdan esa tub so`zdir. Yoqimli so`zi aslida holat sifati 
bo`lib, ba’zankontekstda shirin, mazali sifatlari bilan ma’nodosh bo`lib keladi. 
Yuqoridagilardan ko`rinadiki, maza-ta’m sifatlarining ham konnotativ 
ma’nolari keng bo`lib, bular orasidan shirin va achchiq so`zlari ma’no 
ifodasining kengligi bilan ajralib turadi. Taxir, chuchuk, nordon kabilar shirin va 
achchiq sifatlari oralig`idagi leksemalardir. 
Hid bildiruvchi sifatlar o`zbek tilining lug`at boyligida ta’m-maza sifatlari 
kabi kam miqdorda. Bu tarkibga xushbo`y, muattar, sassiq, badbo`y, qo`lansa, 
ifor va hokazolar mansub. Shuningdek, bu belgi uchun predmet nomlaridan ham 
foydalaniladi, ya’ni hidni ifodalash uchun predmet nomiga “hid” so`zini qo`shib 
aytish orqali birikmali sifatlarhosil qilinadi: atir hidi, rayhon hidi, yog` hidi, 
kerosin hidi, baliq hidi, xazon hidi, yoqimli hidkabi. Masalan: Pastdagi bog`dan 


39 
yumshoq, namxushxazon hidi ko`tarilib, uning xayollarini to`lin oy sehrlagan 
tog` vodiy daralariga olib ketardi.(A.Muxtor)Lobarxon oyoqlarida zo`rg`a 
tursa ham,nur ko`rganidanmi yo dimog`ini qitiqlayotgan yoqimli hiddanmi, har 
qalay tinmay jilmayar edi. (M. Ismoiliy)Bu kabilar so`z birikmasi va qo`shma 
so`z oralig`idagi so`z hisoblanadi. 
Hid bildiruvchi tub sifatlar: muattar, qo`lansa, ifor va b. 
Hid bildiruvchi yasama sifatlar: xushbo`y,badbo`y, sassiq va b. 
Xushbo`y sifati “yoqimli hidga ega, hidi yoqimli” ma’nolarini ifoda etib 
muattar, ifor kabi so`zlar bilan sinonimlikka kirishadi. Ona yerning xushbo`y 
tafti mast qiladi kishini. (E.Oxunova) Xushbo`y sifatining sinonimi sifatida hidli 
so`zi sinonimlir lug`atida keltiriladi. Biroq bu holatga qo`shilish qiyin. Chunki 
“hidli” semasi ostida har qanday hid, ya’ni xushbo`y hidham, qo`lansa hid ham 
tushunilaveradi. “Muattar” ko`proq badiiy uslubda qo`llanadi: Bir g `uncha 
edingiz yel ham tegmagan,ifor taralardi sizdan muattar. (Q. Dehqon) 
Ba’zanjonli so`zlashuvda shirin hid, achchiq hid kabi qo`llanishlar ham 
uchrab turadi.Sassiq so`zi “hidi yomon, yoqimsiz, qo`lansa” ma’nosini 
anglatadi. Bu so`z sassiq, badbo`y, qo`lansa kabilar bilan sinonimlikka kirishadi: 
Sassiqbalchiqda yotgan sassiq to`ng`iz avval o`zini qutqarsa-chi
birovning g`amini yeyish o`rniga!– dedi Zulfizar.(K.Yashin) Qurtxona havosi 
bo`g`iq, kishining nafasi qaytar, qandaydir badbo`y hid kelar edi. (N.Safarov) 
Sassiq leksemasi shaxsning belgisini bildirib kelganda, odatda, 
so`zlovchining salbiy munosabatini ifoda etadi: Oh bolam, yoshligim qaytib 
kelsa, bu sassiq cholga o`lsam ham tegmasdim.(S.Ahmad) Sassiq so`zi 
kontekstda “yomon, yoqimsiz” sifatlariga xos xususiyatlar ma’nosini tashishi 
mumkin: Sassiq bo`lsa ham burun o`zimizniki. (H.Sulton) Bu misolda sassiq 
leksemasi orqali gap-so`zi, xatti-harakatlari yoqimsiz, so`zlovchining jini 
suymaydigan belgi ma’nosi ifolalagan. 
Umuman, hid bildiruvchi sifatlar oz bo`lsa-da, ifoda semasi kengligi bilan 
ahamiyatlidir. Ular tub va yasama holda uchraydi. Qo`llanish doirasi bilan 
farqlanadi.


40 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin