55
ishlab chiqilmaganligi bu kabi muammolarning kelib chiqishiga sabab bo`lib
kelmoqda. Keksa so`zi asosida keksaymoq, keksalik kabi fe’l va otlar
shakllangan.
Ojiz, zaif holat sifatlarning umumiy ma’nolari bir xilda bo`lsa ham, alohida
farqlanuvchi semalari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ojiz sifati
“jismoniy
jihatdan kuchsiz; zaif, baquvvat, notavon” kabi ma’no ifodasiga ega [40, 92].
Bu so`z ko`chma ma’noda quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
1) biror ish qilish uchun hech qanday chora-iloj qo`lidan kelmaydigan;
ilojsiz, noiloj;
2) qurbi, kuchi yetmaydigan, kuchsiz.
Ojiz so`zi ko`rish qobiliyatini qisman yoki batamom yo`qotgan shaxsga
nisbatan ham qo`llanadi: ko`zi ojiz odam.
Ojiz so`zi asosida ojiza (ayollarga ko`ra qo`llanadi), ojizlanmoq, ojizlik,
ojizona kabilar shakllangan.
Zaif, kamquvvat, nimjon,
kuchsiz kabi dastlabki
ma’no ifodasiga ega bo`ladi. Zaif so`zi ovozga nisbatan qo`llansa (zaif ovoz),
past, kuchsiz ma’no ifodasiga ega bo`ladi. Zaif shu`la birikmasida xira
ma’nosiga ega bo`ladi. Aqli zaif, mijozi zaif kabi birikmalarda ham dastlabki
bosh ma’no asos bo`lib xizmat qilganligini kuzatish mumkin. Shu asosda zaifa
shaxs oti shakllangan.
Shuningdek, zaiflashmoq, zaiflik, zaifona so`zlarining
yuzaga kelishi uchun asos bo`lgan.
Ruhiy holatni ifodalovchi xursand sifati xafa, g`azabnok, darg`azab,
g`amgin kabilar bilan ma`noviy zidlanadi. Shu qatorda
tajang so`zini ham
qo`yish mumkin. Leksik-semantik ma’no-munosabat
nuqtayi nazaridan xafa
bosh so`zi atrofida birlashadigan g`amgin, g`azabnok, darg`azab, tajang kabi
a`zolarda ma’noviy darajalanish kuzatiladi. Xafa so`zida tajang sifatigacha
ma’no daraja oshib boradi. Tajang holat sifati qo`llanish doirasiga ko`ra ham
farqlanadi. Mazkur so`z nisbatan kam qo`llanadi. Tajang bo`lmoq birligida “o`ta
kayfi buzuqlik” anglashiladi. Bekorga jahli chiqaveradigan, jig`ibiyron
bo`laveradigan, jahli, achchig`i tez kishiga nisbatan ham bu so`z qo`llanadi.
56
Ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar, odatda, odamga ko`ra ishlatiladi. Ba’zida
organizmning biror-bir qismiga nisbatan qo`llanganligiga guvoh bo`lishimiz
mumkin. Ko`zning
epiteti sifatida ma’yus, g`amgin, alamdiyda kabilar kela
oladi. Ma’yus, alamdiyda holat sifatlari ko`proq badiiy uslubda qo`llanadi.
Xursand, sog`, sergak, hushyor holat sifatlari ijobiy ma’noni anglatsa, jinni,
tajang, kindor kabilar salbiy ma’no ifoda tarzi uchun ishlatiladi.
Jinni so`zi
aslida “aqldan ozgan, ruhiy kasallikka yo`liqqan” tarzidagi bosh ma’noga ega.
Biroq bu so`z so`zlashuv uslubida ko`pincha ko`chma ma’noda qo`llanadi.
Bunda xayoliga kelgan ahmoqona ishlar, yarashmagan qiliqlar qiladigan kishiga
nisbatan qo`llanadi. Masalan:
Jinni bo`libsan, Tohir! Hamma urushdan qochsa,
Dostları ilə paylaş: