DINSHUNOSLIK MODULI 6-mavzu. Din madaniyat fenomeni. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojo‘ylik tushunchalarining ma’nosi va ularning o‘zaro aloqasi. Milliy dinlar tasnifi. Buddaviylik va xristian dini. Buddaviylik oqimlari. Xristianlikning paydo bo‘lishi va asosiy yo‘nalishlari. Islom dini tarixi va falsafasi. Islomning jahon sivilizatsiyasi rivojidagi o‘rni. Diniy mutaassiblikning asoslari, manbalari va mohiyati. Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari va oqimlari. Diniy fundamentalizmning yo‘nalishlari. Zamonaviy diniy harakatlar va sektalar faoliyatining yo‘nalishlari. Vijdon erkinligi tushunchasi. Xalqaro me’yoriy hujjatlarda vijdon erkinligi. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. O‘zbekiston Respublikasida ekstremizm va terrorizm xavfini oldini olishning huquqiy va tashkiliy asoslari.
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MODULI 7-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. O’zbekistonda korrupsiya va uni bartaraf etishning asosiy yo‘nalishlari. Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari. Korrupsiyani oldini olish, korrupsiya sabablarini aniqlash va bartaraf eish. Korrupsiyaning shakllari va sabablari. Korrupsiyaning turlari. Dunyo va O‘zbekistonda korrupsiyani bartaraf etish mexanizmlari. O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi. Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro qonunlar va ularning O‘zbekistonda ratifikatsiya qilishning ahamiyati.
III. Seminar mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Seminar mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Falsafaning fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarda o‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati.Borliq, rivojlanish va bilish falsafasi.
Jamiyat va inson falsafasi. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Axloqiy qadriyatlar va pedagogik faoliyatda estetika. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot
Din madaniyat fenomeni. Diniy mutaassiblik va dindorlik. O‘zbekistonda vijdon erkinligi.
Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. O’zbekistonda korrupsiya va uni bartaraf etishning asosiy yo‘nalishlari.
Seminar mashg‘ulotlari multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada akadem guruhga alohida o‘tiladi o‘tiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tiladi, “Keys-stadi” texnologiyasi ishlatiladi, keyslar mazmuni o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko‘rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi.