Jumladan:
1) vatanparvarlik ongi;
2) vatanparvarlik qadriyatlari;
3) vatanparvarlik his-tuyg‘ulari;
Yoshlarni
vatanparvarlik
ruhida
tarbiyalash,
ularda
milliy
g‘urur
va
iftixor
tuyg‘usini
shakllantirish
maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi
Qurolli
Kuchlarining
harbiy
qismlariga
ekskursiyalar
uyushtirish hamda yoshlarni davlat hokimiyati (qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud) organlari tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan
turkum uchrashuvlar tashkil etish shular jumlasidandir. O‘quvchilar o‘rtasida
vatanparvarlik tarbiyasi ularga oid mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot
konferensiyasi, viktorina, uchrashuv, ko‘rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish
kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish,
vatanparvarlik mavzularida yaratilgan asarlarni birgalikda o‘rganish, kinofilmlar
tomosha qilish ham o‘zining ijobiy natijasini beradi.
Vatanparvarlik ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda vatanparvarlik
madaniyat turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilmfan, madaniyat, ishlab
chiqarish, sport sohalarida yutuqlarni qo‘lga kirish bilan O‘zbekiston Respublikasi
nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro‘-e’tiborining oshishiga o‘zining
munosib hissasini qo‘shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to‘g‘risidagi
ma’lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatgan,
xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi
26
.
26
Usmonova Z.B. Zamonaviy sharoitda vatanparvarlik tarbiyasini yanada yuksaltirishning
dolzarb masalalari: Respublika ilmiyamaliy konferentsiyasi materiallari (2016 yil 20 avgust). –
T.: “O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi”, 2016. –B.126.
Vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarda dunyoqarashni shakllantirishda ham
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni samarali tashkil etishda ong, histuyg‘u hamda
xulq-atvor
birligiga
erishish
maqsadga
muvofiqdir.
Badiiy
va ilmiy adabiyotlar, matbuot yangiliklari, kinofilm, spektakl g‘oyalari,
turli
suhbatlar
mazmunini
tushuntirish,
targ‘ib
etib
borish
orqali
o‘quvchilar ongiga vatanparvarlik tuyg‘ulari singdiriladi. Vatanparvarlik tuyg‘usini
bolalarda
maktabgacha
ta’lim
yoshidan
boshlab
hosil
qilish
maqsadga muvofiqdir. O‘quvchiga fuqaro sifatida o‘z xulq-atvori mazmunini tahlil
etish
imkonini
berish
lozim.
Vatanparvarlik
tarbiyasini
tashkil
etish
uchun
ma’lum
shart-sharoitlarning
mavjudligi
taqozo
etiladi. Bular:
o‘quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak
darajada uyushtirilishi kerak;
vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati
o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining saviyasiga bog‘liq;
tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo‘lishiga erishish;
oila, maktab va mahalla o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yuzaga kelishi
vatanparvarlik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi;
o‘quvchilarning axloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga
qat’iy rioya etishga o‘rgatish, zimmasidagi burchni to‘laqonli ado etishlariga
e’tiborni qaratishlardir.
Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Alpomish,
To‘maris, SHiroq kabi xalq qahramonlari, Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur
singari davlat arboblari va sarkardalarimiz, Ibn Sino, Beruniy kabi
olimu fuzalolarimiz qarashlariga tez-tez murojaat qilishimiz, yoshlarni
Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishning asosini tashkil qiladi. SHu
bilan birgalikda tarbiya borasidagi jahon standartlariga ham e’tiborni qaratmoq
lozim
27
.
Yoshlarda
vatanparvarlik
tuyg‘usini
shakllantirishda
harbiy vatanparvarlik tarbiyasining ham ahamiyati beqiyosdir. Respublika
«Yoshlar ittifoqi» rahbarligida harbiy vatanparvarlik g‘oyasini targ‘ib etuvchi
«Vatanparvar» o‘yinlari, musobaqalarining o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarni ijtimoiy-g‘oyaviy, ma’naviy-axloqiy, psixologik-irodaviy, jismoniy
hamda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish ular tomonidan Vatanni
himoya qilishdek muqaddas burchni anglashlariga yordam beradi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni Vatan himoyasi va harbiy
mudofaaga tayyorlash, ularda favqulodda holatlarda harbiy mudofaani
tashkil etish ko‘nikma, malakasini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayondir. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan himoyasi
hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotdagi holatlarda harbiy
mudofaani tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib,
mazkur jarayonda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: harbiy-vatanparvarlik
tarbiyasini tashkil etishda ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan
boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilar o‘rtasida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha
o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni namoyish etish imkonini beruvchi
musobaqaning tashkil etilishi bu borada ijobiy natija bera oladi. O‘qituvchi
rahbarligida «Shon-shuhrat» muzeylariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar ham
o‘quvchilarda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini akllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Demak, ijtimoiy qoidalar doirasi behad darajada kengdirki, ular mehnat intizomi
va vatanparvarlik talablariga javob beradigan xulq-atvor namunalaridan tortib to
odoblilik qoidalariga qadar hammasini o‘z ichiga oladi.
Shunday
qilib,
vatanparvarlik
tarbiyasi
ijtimoiy
hodisa
bo‘lib,
uning mazmuni va mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat normalariga, shu
27
Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. –T.: “Universitet”, 1998. –B.156.
jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Mustaqillik
sharoitida
mamlakatimiz
yoshlari
ongiga
vatanparvarlik,
hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir yosh avlodda o‘zligini anglash,
o‘zi mansub bo‘lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlash hislarini
tarbiyalamoqda. Bu esa, o‘sha yuksak o‘z-o‘zini anglashning poydevori va
muhim shakllantiruvchi mexanizmdir.
|