O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix12.01.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#79021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Obrazes-kurs ishi

Ozod Vatan – o‘z taqdirini o‘zi mustaqil hal etish huquqini to‘la ro‘yobga 
chiqara 
oladigan 
millatning, 
xalqning 
yashash 
makoni, 
jahon 
hamjamiyatida o‘z o‘rniga, nufuziga va mavqeiga ega bo‘lgan mamlakat. 
Obod Vatan fuqarolari erkin va ozod, yaratuvchanlik faoliyati bilan 
band bo‘lgan, to‘la ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy xavfsizlikda yashayotgan 
davlat. 
16
Mamadaliyev Sh.O., Ernazarov R.U., Erkayev A. Ma’naviyat asoslari. –T.: “O‘zbekiston 
Respublikasi IIV Akademiyasi”, 2013. –B.99. 


Erkin va farovon hayot – odamlarning yuqori darajadagi moddiy va 
ma’naviy ne’matlarga erkin tarzda, o‘zlarining bor qobiliyatlari va 
imkoniyatlari evaziga erishishi
17

Vatanning qadriga yetish uchun, avvalo, o‘tmishimizni yaxshi 
bilishimiz 
zarur. 
Agar 
buni 
unutsak, 
kelajagimizni 
barbod 
qilamiz. 
Ajdodlarimiz Vatan degan bu muqaddas tuproqni ko‘z qorachig‘idek asrabavaylab 
kelishgan. 
O‘tmishda 
yurtimiz 
qanday 
nomlar 
bilan 
atalmasin 

bizga Vatan bo‘lib qolaverdi, xalqimiz qanday ahvolga tushmasin o‘z 
milliyligini saqlab qolaverdi, qanday fitna, fisqu fasodlar uyushtirishmasin 
o‘z yo‘limizdan adashmadik. 
Buning qanday sirli sabablari bor dersiz. Bu tuproqning azizligi 
shundaki, unda yurtimizni jahonga tanitgan ulug‘ zotlar – aziz-avliyolar, 
ulamoyu allomalar, donishmandlar yotibdi. Bu tuproqning muqaddasligi 
shundaki, unda Vatan va millat ozodligi yo‘lida jon fido qilgan minglab 
xalq qahramonlari orom topgan. Ulug‘vorligi esa shundaki, unda Amir 
Temur kabi Vatan va millat fidoyilari tug‘ilib, o‘sib-ulg‘ayib, voyaga yetib, 
jahon kezib, butun insoniyat taraqqiyoti va rivojiga katta hissa qo‘shib, yer 
yuzida shunday yurt borligini tarixga muhrlab ketgan.
Vatanparvarlik – xalqaro munosabatlarda Vatan, millat manfaatlarini 
birinchi o‘ringa qo‘yishdir. Vatanparvarlik haqida gap ketganda, mustaqillik bizga 
in’om etgan vatanparvarlikning oliy ramzlari haqida so‘zlamaslikning iloji yo‘q. 
Vatanparvarlikning oliy ramzlari xalqimiz, yoshlarimiz qalblaridan mustahkam 
o‘rin olayotganligi nihoyatda quvonchlidir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining NyuYorkdagi qarorgohi oldida 180 tadan ortiq mustaqil davlatlar 
bayroqlari qatorida mag‘rur hilpirab turishini ko‘rish va his etish naqadar katta 
baxt. Prezident Islom Karimov juda to‘g‘ri ta’kidlab o‘tganidek: «O‘zbekiston 
17
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2001. –
B.122. 


fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat Gerbi, Davlat 
Bayrog‘i, Davlat Madhiyasi azizdir. Ular ona vatan – O‘zbekiston Respublikasiga 
iftixor va cheksiz hurmat tuyg‘usini tarbiyalaydi». Davlatimiz mukofotlari – 
«O‘zbekiston Qahramoni» oliy unvoni, orden va medallar, faxriy unvonlar ham 
mamlakatimiz fuqarolarida o‘z Vatanidan g‘ururlanish tuyg‘ularini oshirishga 
xizmat qiladi. 
Vatanparvarlik insonning o‘z Vataniga muhabbati va uni asrabavaylashga 
bo‘lgan intilishini anglatadi. Ota-bobolarimiz, ulug‘ ajdodlarimiz va allomalarimiz 
Vatanga muhabbat va sadoqatni ifoda etish borasida ajoyib namunalar 
ko‘rsatganlar. Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, 
Abu Nasr Forobiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abulays Samarqandiy
Burhoniddin Marg‘inoniy, Abul Mu’in Nasafiy, Kaffol Shoshiy kabi buyuk 
mutafakkirlarimiz o‘z taxalluslarini kindik qoni to‘kilgan yurt bilan bog‘lab, uning 
nomini dunyoga mashhur qilganlari ham bir ibratdir
18

Xulosa qilib aytganda, vatanparvarlik har bir insonni o‘zi tug‘ilib 
o‘sgan 
yurtini, 
elini 
e’zozlash, 
uning 
iqtisodiy, 
ijtimoiy, 
siyosiy, 
madaniy, 
ma’naviy taraqqiyoti haqida qayg‘urish, g‘amho‘rlik qilish, 
taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shish, o‘z davlati, mamlakatining 
mustaqilligini saqlash uchun jon kuydirishi va kerak bo‘lganda unga o‘z 
hayotini 
bag‘ishlashga 
yo‘llaydigan 
yuksak 
ma’naviylik 
mezonidir. 
SHunday 
qilib, 
hozirgi 
o‘zbek vatanparvarligi ota-bobolarimiz, avlod 
va 
ajdodlarimiz 
yaratuvchanlik, 
bunyodkorlik 
ishlarining 
bevosita 
davomidir. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish uchun 
hozir har daqiqada ulush qo‘shmoq, vatanga muhabbat tuyg‘usivatanparvarlikning 
asl ko‘rinishi va namoyon bo‘lishidir. Vatanga munosib farzand bo‘lish, uning eri, 
suvi, eli bilan chambarchas bog‘liq ekanligimizni teran anglash, uni asrash, 
ardoqlash vatanparvarligimizning qirrasi. 
18
Ikramov Sh.T. Yuksak ma’naviyat va qonun ustuvorligi asosida yashash, elyurtga 
sadoqat, adolat, halollik fazilatlarini va muomala madaniyatini kamol toptirish– T.: “O‘zbekiston 
Respublikasi IIV Akademiyasi”, 2014. –B.262. 



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin