O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/19
tarix12.01.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#79021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Obrazes-kurs ishi

Vatanparvarlik 
– 
vatanparvarlarga 
xos 
ish, 
xatti-harakat, 
xislat. 
Vatanfurush – Vatanini sotuvchi. O‘z Vataniga xiyonat qiluvchi
vatanini 
sotuvchi. 
Vatanfurushlik 
– Vatanni sotish, unga 
xiyonat 
qilish. 
Vatan – bu inson va uning avlod – ajdodlari kindik qoni to‘kilgan 
muqaddas dargohdir. Vatan – ajdodlar maskani, el-yurt, halq voyaga etgan, 
uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari shakllanib, o‘sib 
kamol topib boradigan zamindir
7

Vatan deganda, hamisha tug‘ilib o‘sgan, ko‘z ochib ko‘rgan, ta’lim-tarbiya 
olib voyaga etgan, necha-necha avlodu ajdodlarimiz yashab o‘tgan, ularning 
aqlidroki, mehnati sarf qilingan yurt ko‘z oldimizga keladi.
Vatan ona kabi aziz va mukarramdir. Vatan insonga baxt-iqbol 
beradigan zamindir. Abdulla Avloniy aytganidek: “Har bir kishining 
tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har 
kim tug‘ilgan, o‘sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz turkistonliklar o‘z 
vatanimizni 
jonimizdan 
ortiq 
suyganimiz 
kabi, 
arablar 
arabistonlarini, 
qumlik issiq cho‘llarini, eskimuslar shimol taraflar, eng sovuq qor va 
muzlik erlarni boshqa erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi 
yaxshi turonlik oson erlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi”
8

Vatan- ajdodlardan avlodlarga qoladigan eng buyuk, bebaho meros, eng 
aziz xotira. Vatan ostonadan boshlanadi, deb bejiz aytilmaydi. Biroq kishi 
7
Otamurodov S.O. Abduraxmonov M. Xusanov S. Ma’naviyat asoslari. –T.: “Moliya”, 
2008. –B.221. 
8
Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. –T.: “Ma’naviyat”, 2009. –B.24. 


ulg‘aygani sayin uning Vatan haqidagi tasavvuri ham kengaya boradi. Avvalo 
uy, so‘ngra mahalla, qishloq yoki shahar hamda butun mamlakat Vatan ekani asta-
sekin anglab olinadi.
Kurrai Zamin- yer sayyorasi butun jumlai jahonda yashayotgan olti 
milliarddan ziyod xalqlar uchun Vatan hisoblansa, har bir halq uchun taqdiran va 
tarixan ato etilgan xudud ona- Vatandir. Vatan bilan xalq yoki millat birga paydo 
bo‘ladi, birga yashaydi. Ularni ajratilgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Vatanimiz 
bor ekan- xalqimiz bor, xalqimiz borki, vatanimiz bor. Vatanni avaylab asrash, 
uning oyligini ezozlash har birimizning muqaddas burchimiz bo‘lgani kabi kurrai 
Zamin-Er sayyoramizni ham avaylab asrashga, uning barcha boyligini: tabiati, 
o‘simlik va hayvonot dunyosi, musaffo osmonini va boshqalarni kelgusi avlodlarga 
qoldirish unda yashayotgan har bir xalqning muqaddas burchi. 
“Vatan” – buyuk va muqaddas tushuncha. Uni qanchalik ta’riflasak, 
tarannum etsak ham kam. Inson inson bo‘libdiki, bu so‘zning ma’nosini 
tushunishga intiladi. Buyuk ajdodlarimiz merosiga murojaat qilish, ular 
ijodini o‘rganish bu muqaddas tushunchaning mazmunini yanada teranroq 
anglashga yordam beradi. Inson ulg‘aygan sari, uning Vatan haqidagi 
tushunchasi 
ham 
tobora 
kengayib 
boraveradi. 
Darhaqiqat, 
«Vatan» 
tushunchasining qamrovi Vatandek kengligi haqida olimlarimiz ko‘plab 
asarlar yozganlar
9

Vatan- bu halqning o‘tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan-muqaddas 
qadriyat. 

insonning 
kindik 
qoni 
to‘kilgan joy, insonni ijtimoiy 
etimlikdan asrovchi manzil, ma’naviy kamolot va fuqarolik maydoni, hayot 
maktabi, farovonlik va baxt-saodat o‘chog‘idir
10

Vatanga mehr-muhabbatli bo‘lish – g‘oyat chidam, g‘oyat yuksak ong 
talab etuvchi o‘ziga xos ilm va buni egallash ham beshikdan boshlanmog‘i 
9
Ochildiyev A. Vatanparvarlik. – T.: “Ma’naviyat”, 2008. –B.25. 
10
Otamurodov S.O. Abduraxmonov M. Xusanov S. Ma’naviyat asoslari. –T.: “Moliya”, 
2008. –B.222. 


va oqibat so‘nggi nafasga qadar davom etmog‘i joiz. Vatanparvarlik Vatanni 
sevmoqlikni anglatsa, bu ilmni egallagan kishi Vatanga jonini atagan komil 
inson martabasiga yetgan bo‘ladi. Vatandan olganimiz – qarzdir, qarzni esa 
qaytarmoq farzdir. Biz har birimiz Vatanni sevamiz, chunki Vatan – biz 
nafas olayotgan havodir
11

Vatan xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi mujassamlashgan yurtdir. 
Qanchalik go‘zal va obod bo‘lmasin, begona yurt Vatan bo‘la olmaydi. Vatan 
mehrini, 
vatan 
sehrini, 
uning 
mo‘tabarligiyu 
ulug‘vorligini 
so‘z 
bilan ifodalash qiyin. Har bir barkamol inson vatan kamoloti va istiqboli, el-
yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun hamma narsani, hatto shirin jonini ham 
ayamaydi. Bu haqda mavlono Fuzuliyning, mening bitta hayotim bor, bordiyu 
mingta hayotga ega bo‘lgan taqdirimda ham hammasini vatan uchun sarflagan 
bo‘lur edim, deb aytgan so‘zlari har birimiz uchun bebaho o‘gitdir. 
Xullas, mustaqillik ma’naviyati Vatanga muhabbatdan, millat manfaatlariga 
sadoqatdan boshlanadi, har bir shaxsning o‘z ichki imkoniyatlarini Vatan 
manfaati yo‘lida unumli sarflashida namoyon bo‘ladi. Unda milliyma’naviy 
merosdan 
bahramandlikka 
intilish 
umumbashariy 
qadriyatlarni 
tan 
olish, o‘zga millatlar madaniyati, o‘zga mintaqa va o‘lkalarda erishilgan 
ilg‘or tajribalarni ijodiy o‘zlashtirish ishtiyoqi bilan uyg‘unlikda kamol 
topadi. Bir so‘z bilan aytganda, haqiqiy imon Vatanga mehrdan, Vatan va 
millat, mamlakat va xalq oldidagi yuksak mas’uliyat hissidan boshlanadi.
 
11
Tohir Malik. Tanlangan asarlar: Eng kichik jinoyat. T.7. –T.: “Sharq”, 2008. –B.198. 



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin