O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/19
tarix12.01.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#79021
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Obrazes-kurs ishi

3. Bog‘chadagi tarbiya. Tibbiy va psixolog olimlarimizni aytishlariga 
qaraganda, bola 5-6 yoshigacha eshitgan, ko‘rgan narsalarini tushunsa-tushunmasa 
tez ilg‘ab olar, uni yodda saqlash qobiliyati o‘ta kuchli bo‘lar ekan. YA’ni bolaga 
30
Po’latovA.D. Zamonaviy sharoitda vatanparvarlik tarbiyasini yanada yuksaltirishning 
dolzarb masalalari: Respublika ilmiyamaliy konferentsiyasi materiallari (2016 yil 20 avgust). – 
T.: “O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi”, 2016. –B.82. 


nimani o‘rgatilsa, nimani ko‘rsatilsa shu narsani aytadi va ko‘rsatadi. Masalan, 
xohlagan bog‘chaga kirib, tarbiyalanuvchilardan «qani bolalar hammamiz 
birgalikda O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylaymiz», deb so‘rasangiz, 
bolalarni 80-90% sizga tushunmasdan qarab turadi, agar siz «qani bolalar 
hammamiz «Serquyoshni» kuylaymiz deb so‘rang, ular baravariga O‘zbekiston 
Respublikasi madhiyasini kuylaydi. CHunki bolalarga ko‘pchilik hollarda shunday 
o‘rgatilib kelmoqda. Gar shunday ekan, kelajagimiz poydevorini mustahkam 
qurishimiz 
har 
birimizning 
o‘z qo‘limizda ekanligini unutmasligimiz
farzandlarimizga bog‘cha yoshidan har bir narsani to‘g‘ri o‘rgatishimiz, 
tushuntirishimiz lozim bo‘ladi
31

4. Maktabdagi tarbiya. Maktab ziyo maskani, bilim o‘chog‘i, insonning 
kelajak hayotida kim va qanday bo‘lishini ta’minlab beruvchi dargoh 
hisoblanadi. 
Insonni 
vatanparvarlik 
ruhida 
ongli 
tarbiyalash, 
asosan 
maktabda amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishning asoschisi o‘qituvchi 
hisoblanadi. Agar, o‘qituvchi astoydil vatanparvar bo‘lsa, o‘quvchi ham u 
ko‘rsatgan yo‘ldan boradi. 
5. Kasb-hunar kollej va litseylardagi tarbiya. Insonni yoshlikdagi kasb 
tanlashi 
asosan 
ushbu 
o‘quv 
dargohlarida 
amalga 
oshiriladi. 
Bu 
erda 
tarbiyaning 
o‘ziga yarasha turli xususiyatlari mavjud, ulardan, 
o‘spirin bolani hayotga qiziqish muammolarini echishga, unga ajratilgan 
bir kunlik vaqt ham etmaydi va u hamma narsaga ulgurishga harakat 
qilib, ba’zi asosiy yo‘nalishlarga yuzaki qarab nomaqbul ishlarga qo‘l 
urib qo‘yishi ham mumkin. Bu yoshda bolalar o‘zlaricha juda «aqlli» bo‘lib 
ko‘p hollarda «ko‘cha» tarbiyasini oladi. Ba’zida ularga Vatan va vatanparvarlik 
to‘g‘risida so‘z boshlasangiz, ularga bu so‘zlaringiz qiziq bo‘lmasligi mumkin, 
bunaqa so‘zlar «eskilik sarqiti» deb hisoblaydiganlari ham yo‘q emas. Bugungi 
kunda «Kamolot» degan nom bilan yoshlar harakati mavjud bo‘lib, bu harakatni 
31
Otamurodov S.O. Abduraxmonov M. Xusanov S. Ma’naviyat asoslari. –T.: “Moliya”, 
2008. –B.223. 


yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni olib borish bo‘yicha ularga bir qancha 
vazifalar belgilangan. Qaysi bir dargohda ushbu ishlar ko‘ngildagidek bo‘lsa o‘sha 
joyda tartib-intizom bo‘ladi va yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyasi yuqori 
bo‘ladi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin