O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/19
tarix12.01.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#79021
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Obrazes-kurs ishi

6. Harbiy 
xizmatdagi tarbiya. 
Harbiy 
xizmatda 
vatanparvarlik 
ruhidagi tarbiya bir oz o‘zgacha bo‘lib o‘z xususiyatlariga egadir. Agar, 
ikki, biri harbiy, biri esa fuqaro insonlarni yonma-yon qo‘ysangiz va 
ularga ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning Vatan oldidagi qahramonliklari 
to‘g‘risida bir xil misol keltirsangiz, fuqaro inson uni o‘zgacha tarzda, harbiy inson 
esa boshqacha tushunadi. Sabab, fuqaro inson urush harakatlari to‘g‘risida yuzaki 
fikr va tushunchaga ega bo‘lishi mumkin, harbiy inson esa to‘la-to‘kis 
ma’lumotlarga ega bo‘lib barchasini yuragi bilan his qiladi. Harbiylikni ko‘rgan 
insonning tarbiyasi, dunyoqarashi, madaniyati, insonlarga bo‘lgan mehr-oqibat va 
muomalasi o‘zgachadir. Harbiy insonning elkasida na faqat harbiy unvoni, balki 
atrofidagi yurtdoshlarimizning nazar ko‘zlarining yuki ham mavjud. Bu undan 
katta mas’uliyat talab qiladi. Harbiy inson, agar u vatanparvar bo‘lmasa, uning 
harbiyligi qolmaydi
32
.
7. Ommaviy-axborot vositalari 
orqali 
tarbiya. 
Hozirgi 
kunda 
ommaviy-axborot vositalarda, yoshlarning Vatan tuyg‘usi va vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash 
bo‘yicha 
keng 
ko‘lamli 
ishlar 
olib 
borilmoqda. 
Men 
hozir bu yo‘nalishda tashkillashtirilayotgan, hammasi o‘z o‘rniga ega bo‘lgan 
yuzlab 
ko‘rsatuvlarni sanab o‘tmoqchimasman. Balki, oynai jahonda 
namoyish qilinayotgan, o‘zbek kino ustalari tomonidan suratga olinishi 
zarur bo‘lgan tarixiy va zamonaviy badiiy va hujjatli filmlar to‘g‘risida qisqacha 
bo‘lsa 
ham 
o‘z 
fikrlarimni 
bayon 
qilmoqchiman. 
Amir 
Temur 
bobomiz to‘g‘risida faqat yagona film ishlangan, buni ham ko‘rganlar bor 
ko‘rmaganlar bor. Buyuk lashkarboshi Jaloliddin Manguberdi to‘g‘risidagi kino 
32
Ikramov Sh.T. Yuksak ma’naviyat va qonun ustuvorligi asosida yashash, elyurtga 
sadoqat, adolat, halollik fazilatlarini va muomala madaniyatini kamol toptirish– T.: “O‘zbekiston 
Respublikasi IIV Akademiyasi”, 2014. –B.254. 


film hanuzgacha ishlanmagan. Xitoy kinochilari tomonidan ishlab chiqarilgan ko‘p 
serialli «CHingizxon» filmini menimcha hamma ko‘rgan. Men birinchi marotaba 
ko‘rganimda o‘sha filmda bir epizodi meni lol qoldirgan. Xitoy millatiga mansub 
kino rejissyor Jaloliddin Manguberdi kim bo‘lganini, qayerda tug‘ilib, nima ishlar 
qilganini bilmay, ul zot to‘g‘risida tarixda qoluvchi lavhani butun dunyoga 
tarqatdi. Nima bizning o‘zbek kinochilarimiz bunday kinolarni olishga noloyiqmi 
yoki ssenariy yozuvchilarimizning salohiyatlari etishmaydimi, sabab nimada, yoki 
shunday 
kinolarni 
olishga 
mablag‘ 
etmaydimi? 
«Sevdim, 
o‘ldim, 
so‘ldim» lavhali kinolarni o‘ntasiga ketgan mablag‘ni bitta tarixiy 
film olishga sarf qilinsa, o‘sha foydali bo‘lar edi.
Hozirgi kunda yoshlardan Ikkinchi jahon urushi to‘g‘risida fikr so‘rasangiz, 
javoblar o‘ta sayozligi bilan ajralib turadi. Ma’lumki, o‘sha urushda bizning 
vatandoshlarimiz ham minglab qahramonlik ko‘rsatganlar. Rossiya telekanallarida 
o‘sha 
davr 
voqealari 
to‘g‘risidagi 
namoyish 
qilinayotgan 
filmlarni ko‘rib qolsangiz, urushda faqat rus, ukrain, belorus, gruzin 
yoki arman xalqiga mansub insonlar qatnashganligini ko‘rasiz. Bu Rossiya 
telekanallari tomonidan namoyish qilayotgan maxsus o‘ylangan mafkura 
emasmi. 
Masalan, 
Aleksandr 
Matrosov 
qahramonligi 
(ko‘ksi 
bilan 
dushman DOTini berkitgan) to‘g‘risida yoshi kattalar eslashadi, lekin bu 
qahramonlikni ilk bor o‘zbek yigiti Sirojiddin Nuraliev Matrosovdan 
bir hafta oldin boshqa frontda qayd qilganini hech kim eslamaydi. Rus 
yigiti qahramon bo‘lgan, o‘zbek yigitining nomi esa faqat arxiv hujjatlarda qolgan 
xolos. 
Muxtasar 
qilib 
aytganda, 
vatanparvarlik 
ruhida 
tarbiyalashda 
kino 
yo‘nalishini ham o‘ziga yarasha ustunliklari bor. 
SHuning uchun, bu yo‘nalishda ham qilinadigan talaygina ishlar mavjud 
deb hisoblash mumkin. YUqoridagilarni hisobga olgan holda, nima deyish 
mumkin? Unutilib borilayotgan ajdodlarimizdan qolgan o‘zbek millatiga 
va 
xalqiga 
mansub 
urf-odatlarimiz, 
qadriyatlarimiz 
va 
tariximizni 


unutmagan holda, balki ularni rivojlantirish bilan, zamon talablaridan kelib chiqib, 
nafaqat yoshlar o‘rtasida, balki yurtdoshlarimizning barcha tabaqalari darajasida 
vatanparvarlik tarbiyasini yanada yuksaltirishimiz kerak deb o‘ylayman. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin