O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/19
tarix12.01.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#79021
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Obrazes-kurs ishi

bo‘lmas emish», degan misralarida ham o‘zining yorqin ifodasini topgan. 
Hatto qushlarning o‘z hududiga intilishi yuqoridagi satrlarda aks etgan 
«oshiyon» tushunchasida, ayniqsa, yaqqol ifoda etiladi. 
YUrtimiz dovrug‘ini dunyoga taratgan buyuk ajdodimiz, islom olamida 
keng tarqalgan kubraviya ta’limotining asoschisi Najmiddin Kubroning 
jasorati Vatanga fidoyilikning yorqin misoli bo‘la oladi. Zamonasining buyuk 
allomasi, 
minglab 
izdoshlarga 
ega 
bo‘lgan bu ulug‘ yurtdoshimiz 
Xorazmga 
mo‘g‘ullar kirib kelayotganidan xabar topib, birinchilardan 
Vatan himoyasiga otlandi. Najmiddin Kubroning xalq orasidagi obro‘- 
e’tiborini nazarda tutib, mo‘g‘ullar hukmdori unga shaharni tashlab, o‘zi 
ixtiyor qilgan tarafga ketishni taklif etadi. O‘z jonini saqlab qolish 
22
Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2001. – 
B.154. 


yo‘lida Vatanini yovga topshirishni or deb bilgan alloma bosqinchilarga 
qarshi: «Yo Vatan, yo sharafli o‘lim»1degan g‘oyani shior qilib jangga 
kiradi va mardlarcha tug‘ ko‘tarib, lashkarni olg‘a chorlab borayotgan holatda 
halok 
bo‘ladi. U tug‘ni shunchalar jon-jahdi bilan ushlagan ediki, 
bayroqni allomaning qo‘lini kesibgina ajratib oladilar. Vatan ravnaqi 
uchun ulug‘ allomalarimizning an’anasini davom ettirishga mas’ulligimizni his 
qilgan holda faoliyat olib borishimiz shart. Vatan ming kishisiz ham yashaydi, 
kelajagi poydevorini quraveradi. Ammo biz – birortamiz O‘zbekistonsiz yashay 
olmaymiz. “Kim Vatansiz yashash mumkinligiga ishonsa – u diyonatsizdir. U 
xori zordir. O‘z yurtidan yuz o‘girganlar eng avvalo o‘z vijdonlaridan yuz 
o‘girgan bo‘ladilar. O‘z yurtini sevmagan, seva olmagan odam hatto o‘zini 
ham seva olmaydi, oqibatda esa o‘z-o‘zidan nafratlanadi
23
.
“Vatanni sevmoq iymondandir”, degan hikmat bejiz aytilmagan. Demak, 
insonning o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurti, yor-do‘stlari va yaqinlari bilan bog‘lovchi 
Vatanni sevishi, ardoqlashi iymon ifodasidir. SHunday ekan, Vatanga muhabbat 
qo‘yish, uning ravnaqi yo‘lida kuch-g‘ayrat sarflash barchaning farzandlik 
burchi. Demak, Vatan inson uchun muqaddas, uni hech bir narsa bilan 
almashtirib bo‘lmaydi, u o‘z-o‘zidan sevilishga, ardoqlanishga va qadrlanishga 
loyiqdir. Sodda qilib aytganda, ma’naviyatli inson: “Shu davlat, shu jamiyat menga 
nima berdi?”, deb emas, balki “Men o‘zim Vatanimga, elu yurtimga nima 
berdim?” deb o‘ylashi va har dam shu aqida bilan yashashi kerak
24
.
Spetamen, Alpomish, To‘maris va Shiroq to‘g‘risidagi dostonlarda 
vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik ruhi badiiy tasvirlangan2. 
SHarq mutafakkirlarining asarlarida ham vatanparvarlik intilishiga alohida 
ahamiyat berilgan. Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi 
qarashlari bilan SHarq mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson 
23
O'zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan. – T.: “O’zbekiston”, 1995. – B.6. 
24
Toshtemirov A. A. Zamonaviy sharoitda vatanparvarlik tarbiyasini yanada 
yuksaltirishning dolzarb masalalari: Respublika ilmiyamaliy konferentsiyasi materiallari (2016 
yil 20 avgust). – T.: “O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi”, 2016. –B.185. 


qiyofasida, yana shuningdek, vatanparvarlik va intizomlilik sifatlari ham namoyon 
bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. 
Vatanparvar shaxs qiyofasida tahliliy materiallarga ko‘ra quyidagi 
sifatlar namoyon bo‘ladi:
 
Vatanga 
bo‘lgan 
mehr-muhabbat, 
unga 
sadoqat; 
o‘zi 
mansub bo‘lgan millat o‘tmishi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga sodiqlik;
 
Vatan 
va 
millat 
tarixidan 
g‘ururlanish; yurtning moddiy, 
shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarni asrash, ularni 
ko‘paytirish borasida g‘amxo‘rlik qilish;
 
Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish;
 
Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga 
qarshi kurashish;
 
Vatan va millat obro‘yi, sha’ni, or-nomusini himoya qilish; Vatan 
ravnaqi va millat taraqqiyotiga ishonishdan iborat
25
.
Demak, vatanparvar shaxs o‘z Vatanini uning boyliklari yoki Vatanining 
qulay geografik hududda joylashganligi uchun emas, balki, o‘zi Vatanning bir 
bo‘lagi ekanligi, o‘zi mansub bo‘lgan millatning shu Vatanda, shu makonda 
yashashi uchun qadrlay olishi, unga nisbatan chuqur hurmat ko‘rsatishi zarur. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
mustaqilligining 
dastlabki 
yillaridayoq 
respublikada amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq 
belgilab 
olindi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
“Ta’lim 
to‘g‘risida”gi 
qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy 
tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, vatanparvar va mustaqil 
fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab 
voyaga etkazishdan iborat. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni 
ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi 
25
Ikramov Sh.T. Yuksak ma’naviyat va qonun ustuvorligi asosida yashash, elyurtga 
sadoqat, adolat, halollik fazilatlarini va muomala madaniyatini kamol toptirish– T.: “O‘zbekiston 
Respublikasi IIV Akademiyasi”, 2014. –B.267. 


shaxsni, vatanparvarlik tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur 
bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Vatanparvarlik tushunchalarning turli 
yosh davrlarida shakllanish darajasi turlichadir.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin