O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Zamonaviy sharoitda vatanparvarlik tarbiyasini yanada yuksaltirishning dolzarb masalalari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə10/17
tarix12.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#79022
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Obrazes-kurs ishi

2.2. Zamonaviy sharoitda vatanparvarlik tarbiyasini yanada yuksaltirishning dolzarb masalalari


Jamiyatimizning asosiy maqsadi ham Vatanga, xalqiga, millatiga fidokor mustaqil fikrlaydigan, har bir masalani ongli ravishda mas’uliyat bilan hal qiladigan, izlanuvchan ma’naviyatli barkamol farzandlar o‘stirish, ularni jismoniy ham ma’naviy-axloqiy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash va bilimli, ma’rifatli kishilar etib voyaga etkazishdan iborat. Demak, anna shunday iqtidorli talabalar, ma’naviyatli yoshlargina yurtimizning tayanchi bo‘lishi va porloq kelajagini yaratishi mumkin.

Hozirda o‘sib borayotgan yosh avlodni Vatan va uning kelajagi haqidagi uy fikrlari, Vatan manfaatlari bilan bog‘lay olishlarida, o‘z vatandoshlarini qadr qimmatini bilishlari va shu yo‘lda mehnatlarini ayamay Vatan taraqqiyoti uchun faollik ko‘rsatishlarida ko‘rish mumkin. O‘z Vatani, o‘z xalqi tarixidan, madaniy merosi, milliy urfodatlari, an’analari, udumlaridan haqli ravishda faxrlanish har bir millatga xos xislatdir. Millatning, xalqning kuch-qudrati uning soni bilan o‘lchanmaydi, balki siyosiy etukligi, milliy ongining o‘sganligi, o‘z-o‘zini anglab etganligi, milliy uyushganligi bilan belgilandi.


Milliy g‘ururi, e’tiqodi kuchli bo‘lgan millat vakili o‘zining ma’naviy qiyofasi bilangina emas, balki, madaniy ehtiyoji nuqtai nazaridan boshqa millat vakillaridan ajralib turadi28.
Bugungi kunda demokratik mustaqil O‘zbekiston Respublikasining yoshlari jahon maydonlarida javlon urib, nufuzli anjuman va chempionatlarda, keskin kurashlarda tengsiz, g‘alabaga erishib, ulug‘ ajdodlarimizga munosib vorislar ekanini qayta-qayta namoyon etmoqdalar. Azamat barkamol avlodimizning niyatlari pok, maqsadlari ulug‘ va olijanob. Ular o‘z iqtidorlari bilan ona yurtimizning ulug‘lashga, Vatanimizning qudratini, shon- shavkatini yuksak cho‘qqilarga ko‘tarishga harakat qilmoqdalar. Zero, hamisha yaxshilikdan yaxshilik, buyuklikdan buyuklik tug‘ilib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi. SHunday bo‘lsa ham, farzandlarimiz, kelajagimiz poydevorlarining, qolaversa, yoshlari bir joyga borgan, sochlariga oq oralagan insonlarning ham vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun har kim, har qachon harakat qilishini unutmasligimiz lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev haqli ravishda ta’kidlaganlaridek: “Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog‘liq”29.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin