Yuqoridagilardan kelib chiqib bular quyidagilardan iborat: Oiladagi tarbiya. Oila ham bir kichik mamlakat hisoblanadi.
Mamlakatni ravnaq topishi uning boshchisi va xalqiga bog‘liq bo‘lgandek, oilada ham shu talab saqlanib qolgan. Xalqda bir naql bor, agar farzand yaxshi bir ish qilsa, unga ota-onangga rahmat, deb rag‘batlantiriladi. Demak, shu farzand tarbiya topgan oiladagi muhit talabga javob beradi, ota-ona farzandlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olgan. Agar, har bir ota-ona har kuni farzandlarini yig‘ib, o‘n-o‘n besh daqiqa Vatanni sevish, Vatanga sidqidildan xizmat qilish, bobolarimizning shonli ishlarini davom ettirishga da’vat qila olsa, ushbu oilada o‘sgan farzandlar haqiqiy vatanparvar bo‘lib o‘sadi. Farzand o‘qishda, ko‘chada va qolaversa do‘stlari orasida iqtisodiy rivojlanish yo‘lidagi ba’zi kamchiliklarimizni eshitib, tushunib qolsa, ota-ona o‘sha vaqtda, unga bu holatlar vaqtinchalik ekanligini, tez kunlarda bu illatlar batamom yo‘q bo‘lishini to‘g‘ri tushuntira olsa, bu oilani, qolaversa farzandlarining kelajakdagi yutug‘i hisoblanadi.
Mahalladagi tarbiya.«Bir farzandga etti qo‘shni ota-ona» degan naql faqat o‘zbek millatiga mansubdir. Misol uchun, ilgari, mahalladagi bir bolaning sigareta chekayotgani ko‘rib qolinsa, uni bu yo‘ldan, kim bo‘lishiga qaramasdan qaytarilar edi. Bolaning ota-onasi buni eshitsa, o‘sha odamdan minnatdor bo‘lardi. O‘sha bola qo‘rqqanidanmi yoki hurmat qilganidanmi, bu ishini qayta takrorlamas edi. Bugun esa bu hol bir oz kamayganga o‘xshaydi, ushbu urf-odatimizni yanada rivojlantirishimiz oldimizda turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. CHunki, ba’zi ota-onalar bunga loqayd bo‘lmoqdalar, kezi kelganda o‘sha ota-onalarning farzandlarini to‘g‘ri yo‘lga boshlayotgan, qilayotgan ishlarining noto‘g‘ri ekanligini tushuntirayotgan insonlar bilan dahanaki urushlargacha borishmoqda30.
Yurtimizdagi ko‘p mahallalar yanada ko‘rkamlashib o‘ziga chiroy qo‘shib bormoqda. U erlarda bo‘layotgan obodonchiliklar na faqat yurtdoshlarimizning, balki chet ellardan kelayotgan mehmonlar va sayyohlarni ham lol qoldirmoqda.
O‘zbek xalqida bir yaxshi udum mavjud bo‘lib, buni nomi umumxalq hashari deb nomlanadi. Hasharda birdamlik bor, bir maqsad bor, bu ham bo‘lsa kimgadir yordam berish uning ko‘nglini ko‘tarishdir. Bu barchani Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosi emasmi? Albatta, ha. YUqoridagilar nima uchun aytilmoqda, chunki mahallada, shu mahallada yashovchi barcha oilalarni yashash jarayoni bir boshqaruv va nazorat ostida bo‘lishi kerak. Bu narsa umum olganda, biz aytayotgan, insonlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning omillaridan biri hisoblanadi.