O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 92,26 Kb.
səhifə11/27
tarix13.02.2023
ölçüsü92,26 Kb.
#84068
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Lingvistika (fransuz tili) mutaxassisligi ikkinchi bosqich magis

2022- yil 17- mart
Bugungi kunni Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili) yo’nalishi bo’yicha DTSlari va ularga qo’yiladigan malaka talablarini o’rganish bilan o’tkazishga qaror qildim. Buning uchun kafedra rahbari D.H.Karimovaga murojaat qildim. U kishidan kerakli ma’lumot va tavsiyalarni oldim.
Tanaffus paytida 11-1 fra 21 guruhiga bordim, talabalardan hol-ahvol so’radim. Ular qishki jarayonni yaxshi ko’rsatkichlar bilan tamomlaganlaridan xursand. Men ularga o’qishlaridagi natijalari bundan ham yaxshi bo’lishini istashsa, faqat va faqat o’qishlari, izlanishlari lozimligini aytdim. Ular ayni kunlarda “…biroz dam olyapmiz…” deb hazillashishdi. Shu kabi ko’tarinki kayfiyat bilan ular keying juftlikka kirishdi. Men esa kafedraga qaytdim va hujjatlarim bilan band bo’ldim.
2022- yil 18- mart
Bu kun ham o’z vaqtida universitetga keldim. Kafedra a’zolari bilan ko’rishdim. Ular bilan ayni kunlarda respublikamizda bo’lib o’tayotgan jarayonlar borasida suhbatlshdik.
Amaliyotchi talaba Majidova Lazizaning ikkinchi chet tili faniga dars tahliliga kirdim. Mashg’ulot o’z vaqtida boshlandi. Dars mavzusi bo’lmish “Articles “talabalarga yetarli darajada yetkazib berildi.
Shundan so’ng kursdosh qizlar bilan kafedraga bordik. L.Majidovaning darsda yo’l qo’ygan kamchiliklarini aytdim. Yana birgalikda hujjatlarimizdagi kamchiliklarni tuzatishga kirishdik.
2022- yil 19- mart
Bugun kafedraga har doimgidan ancha vaqtli keldim, chunki qiladigan ishlar ko’p edi. Faoliyatimni mutaxassislik fanlari bo’yicha bakalavriat ta’lim yo’nalishida ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlarining o’tkazilishini kuzatish va tahlil qilishda kafedramiz professor-o’qituvchilarining maslahatlarini olishdan boshladim. Dars tahlili metodikasi haqida tavsiyalar oldim. O’quv-seminar mashg’ulotlarida innovatsion texnologiyalar asosida o’quv jarayonini tashkil qilish malakasini egallash yo’llarini bilib oldim. Mustaqil ishni tashkil etish bo’yicha me’yoriy ish hujjatlarini o’rgandim, mustaqil ishlar tayorlashning shakllari va ular oldiga qo’yilgan talablar, ularni baholash metodikasini o’rgandim.
Bugun yana o’zimga biriktirilgan darsga ko’nikma va malakamni oshirishga kirdim. Bu dars magistrlar bilan olib borildi. Ular bilan ishchi dasturda belgilangan mavzu ustida ishladim. Darsda audio material va shunga doir topshiriqlardan foydalandim.
Navbatda rejalashtirgan ishim bu – talabalarni baholash mezonlari bo’lib, 1 bosqich talabalari hozir baho tizimida ma’lum bir fandan qo’lga kiritishlari lozim bo’lgan talablarga yana bir bor aniqlik kiritdim:
5” bahoda: talaba materiallarni mustaqil ravishda tez oʻzlashtiradi: xatolarga yoʻl qoʻymaydi; mashg’ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga toʻliq va aniq javob beradi.
4” bahoda: talaba materiallarni yaxshi oʻzlashtirgan, uni mantiqiy ifoda eta oladi; mashg’ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga toʻliq va aniq javob beradi, biroq uncha jiddiy boʻlmagan xatolarga yoʻl qoʻyadi.
3” bahoda: asosiy materiallarni biladi, biroq aniq ifoda etishga qiynaladi; savollarga javob berishda aniqlik va toʻliqlik yetishmaydi; materiallarni taqdim etishda ayrim xatoliklarga yoʻl qoʻyadi; kommunikatsiya jarayonida qiyinchilik sezadi.
2” bahoda: materiallarni oʻzlashtirmagan; savollarga javob bera olmaydi; mashg’ulotlarda ishtirok etmaydi.
Shu kabi ishlarni yakunlagach kafedradan chiqdim va uyga qarab yo’l oldim.



Yüklə 92,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin