6-hafta 2022- yil 24- mart Pedagogik amaliyotimizning navbatdagi 6-haftasi boshlandi.
Bugungi kunimni mutaxassislik fanlari bo’yicha bakalavriat ta’lim yo’nalishida ma’ruza va seminar mashg’ulotlarining o’tkazilishini kuzatish va tahlil qilishda kafedramiz professori Malohat Muhammadovna Jo’rayevaning maslahat, ko’rsatmalarini olishdan boshladim. Seminar mashg’ulotlarida innovatsion texnologiyalar asosida dars jarayonini tashkil qilish uslublariga ham yana bir bor murojaat qildim.
So’ng o’zimga biriktirilgan 11-1fra 21 guruhiga bordim. Talabalarning 2-jarayon fanlarini qanday boshlab olganliklari bilan qiziqdim. Ular hamma ishlari joyida ekanligi, bahorgi jarayonga ham ancha kirishib qolganliklarini aytishdi. Davomat ham yaxshi.
Shundan so’ng 11-1fra-21 guruhi talabalari bilan dars mashg’ulotini olib bordik. Shu kabi egallagan tajribalarim bilan bugungi faoliyatimga yakun yasadim.
2022- yil 25- mart Bugun ham o’z vaqtida kafedraga tashrif buyurdim va me’yoriy hujjatlarni rasmiylashtirish uslublari bilan qiziqdim. Bundan tashqari fransuz tili ta’lim yo’nalishida o’ziga xos o’rin tutgan « O’qish va yozish amaliyoti » fanining namunaviy o’quv dasturini ko’zdan kechirdim. « O’qish va yozish amaliyoti » fani tarkibidagi Kommunikativ leksika modulining ta’lim mazmuni qanday boyitilganini o’rgandim. Bunda talabalarning leksik boyliklarini mavzulashtirilgan tarzda boyitishga ahamiyat berilganiga amin bo’ldim va bu yondashuvni mutaxassis sifatida to’liq qo’llab quvvatlayman.
Amaliyot hujjatlarimni ham tartibga soldim, kerakli qaydlarni qilib qo’ydim.
2022- yil 26- mart Bugun kafedraga belgilangan vaqtdan biroz oldinroq keldim. Bugungi axborot soati materiallarini oldim va ular bilan tanishib chiqdim.
11-1 fra 21, ya’ni I bosqich talabalar bilan « O’qish va yozish amaliyoti » fanidan navbatdagi amaliy mashg’ulotini kuzatdim. Dars fan o’qituvchisi Maqsuda Jo’rayeva tomonidan olib borildi. Talabalarning davomati qoniqarli bo’lishiga qaramay, darsdan kutilgan maqsadlar amalga oshirildi. Ta’lim mazmuni barchaga birdek tushunarli bo’ldi. Yangicha metodlarni o’rgandim va tahlidan o’zimga kerakli, foydali tomonlarini o’rgandim.
Bugungi kun uchun rejalashtirgan ishlarimning barchasi muvaffaqiyatli amalga oshdi.