8-hafta 2022- yil 4-aprel Bugun universitetga menga biriktirilgan dars (« O’qish va yozish amaliyoti » fani ) boshlanishidan bir soat oldin keldim. Hali vaqtim borligi sababli darsning o’quv-uslubiy majmuasi bilan yana bir bor tanishib chiqdim. Tayyorlab kelgan materiallarim, ko’rgazmalarimni ko’zdan kechirdim.
Dars boshlandi. Auditoriyadagi davomat 100%.
Darsni texnika vositalaridan foydalangan holda o’tdim. Talabalarning faolligini ta’minlash va ularning e’tiborini birday tutib turish maqsadida “Zanjir” (“La chaîne”) usulidan foydalandim. Ta’lim mazmuni talabalarga tushunarli bo’ldi.
Darsdan so’ng kafedraga qaytdim va amaliyot hujjatlarimni tartibga solish bilan band bo’ldim.
2022- yil 5-aprel Bugun amalga oshirgan dastlabki ishim lingvistik kurs modullari va ularning mavzulari mantiqi ustida ishlash bo’ldi. O’rganishim bo’yicha bu kurs yakunida talabalar real hayotning barcha jabhalarida muloqot malakalarini egallashlari lozim bo’ladi.
Navbatdagi mashg’ulotim bu – ta’lim tizimida yangi joriy qilingan Hemis elektron platformasi haqidagi tushunchamni boyitish bo’ldi. Menga shu narsa ma’lumki, ushbu axborot tizimi “Ma’muriy boshqaruv”, “O’quv jarayoni”, “Ilmiy faoliyat” va “Moliyaviy boshqaruv va statistika” kabi axborot tizimlarini o’z ichiga oladi. Bugun ushbu tizimdan qanday foydalanish mumkinligi to’g’risida izlandim va 1-tizimga kirish (login va parol orqali), 2-ma’lumot kiritish va 3-doimiy tarzda nazorat qilish kabi murakkab bo’lmagan qadamlardan iborat ekanligini bilib oldim.
Bu kabi tizim kelaja kda OT jarayonlaridagi qog’ozbozlikning oldini oladi va biz kabi professor-o’qituvchilar asosiy vaqtimizni bilim berish va izlanish bilan o’tkazamiz degan umiddaman.
2022- yil 6-aprel Har doimgidek o’z vaqtida kafedraga keldim. Dastlab amaliyot hujjatlarimni ko’zdan kechirdim. Kamchiliklarni bartaraf etdim.
So’ngra 11-1 fra 19 guruhiga borib talabalar bilan uchrashdim, o’qishlari qanday ketayotganligi borasida so’radim. Ular yetuk malakali kadr bo’lib yetishish uchun o’qib-izlanayotganlarini aytishdi.
Keyin kafedraga qaytdim va MDI ishim “Sportga oid terminlarning leksik-semantik tahlili” degan mavzuni olib borayotgan darslarimda amaliy tadbiq qilish haqida o’yladim va kerakli qaydlarni qilib qo’ydim.