2022- yil 16- aprel Bu kun ham ko’zda tutilgan ishlarni amalga oshirish uchun kafedraga keldim. Kafedrada amaliyot hujjatlarim bilan band bo’ldim.
Bugun shanba kuni bo’lganligi uchun darsim yo’q edi. O’quv amaliyotimiz davomida har birimiz ochiq dars o’tib berishimiz kerakligi rejalashtirilgan edi. Kursdoshimiz Xolova Shahnoza oramizdan birinchi bo’lib ochiq dars o’tib berdilar (28-mart sanasida). Boshqalar ham bu borada tayyorgarlik boshlab yuborishgan.
Ammo ayni damda barchamiz kelayotgan dastlabki himoyaga tayyorlanyapmiz. Barcha ilmiy rahbari bilan shug’ullanib, tayyorlagan prezentatsiyalarimizdagi kamchiliklarni tuzatdik.
Navbatdagi 9-hafta ham yakunlandi.
10-hafta 2022- yil 18- aprel Haftaning boshi, dushanba kuni soat 11.00 da Universitetga keldim. 10:00da 11-1fra-21guruhida “O’qish va yozish amaliyoti”fanini o’tdim.
Shundan so’ng, bugunga belgilangan dastlabki himoyaga tayyorgarlikni ko’rdim. Kursdoshlarimiz bilan hayojonda biz uchun belgilangan vaqtni kutardik. Hujjatlar bo’yicha kamchiliklarni bartaraf qildik, imzo pechatlarni oldik.
Va nihoyat bizning ham navbatimiz kelib, dastlabki himoyaga kirdik. Navbat bilan birin-ketin himoyaga chiqdik va barchamiz yaxshi natijalar bilan, a’lo kayfiyatda uyga qaytdik.Bunda bizdagi ma’lum kamchiliklarni asosiy himoyamizgacha tuzatishimiz kerakli professor –o’qituvchilarimiz tomonidan aytib o’tildi.
Shu kabi ishlar bilan band bo’lib, bugungi amaliyot kunimni yakunladim.
2021 yil 19- aprel 11-1fra 19 guruhidan xabar oldim. Talabalar davomati yaxshi edi. So’ngra o’zim dars tahlillariga ketdim. Professor-o’qituvchilarning darslarini kuzatdim. Ulardan metodik tavsiyalar oldim. Bular kelajakda pedagogik faoliyatimda albatta kerak bo’ladi. 2-smena 2-juftlikda 11-1 in-20 guruhi talabalariga ikkinchi xorijiy til fanida tahlilga kirdim. Bunda f.f.f.d N.B.Kuldasheva darsni so’nggi interfaol metodlar yordamida o’tdilar va darsdan o’zim uchun kerakli hamda qiziqarli metodlar o’rgandim.
Darsdan chiqib, kafedraga bordim, u yerda hujjatlarim bilan band bo’ldim . xato-kamchiliklari ustida ishladim.