O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#40193
1   2   3   4   5   6   7   8
masofaviy talim texnologiyasi mavzusida

iqtisodiy 

shakllar 

 

marketing 

 

Qo‘shimcha  elementlar, ya‘ni  o‘quv moddiy,  nazorat, normativiy-huquqiy, 

iqtisodiy, marketing kabilar an‘anaviy didaktik tizimda ham ko‘zga tashlanmay 

ishtirok etadi,lekin pedagogik jarayon uchun u masofaviy ta’limdagi kabi 

printsipial ahamiyat kasb etmaydi. 

 

 




Masofadan o‘qitishning metod va vositalari. 

       Masofadan o‘qitish texnologiyasi (MO‘T) mahsus metod,vosita va o‘qitishning 

tashkiliy  shakllari  tizimi  bo‘lib,ta’lim  mazmunini  ko‘p  tarmoqli  ravishda  amalga 

oshirishga qaratilgan. 

      Oliy  o‘quv  yurtlarining  ko‘pgina  o‘qituvchilari  (pedagogika  va  didaktika 

o‘qituvchilaridan 

tashqari) 

“o‘qitish 

metodi” 

tushunchasiga 

unchalik 

qiziqmaydilar.  Chunki  ko‘pchilik  o‘qituvchilar  o‘qitish  faoliyatini  empirik  tarzda  

o‘rganib  oladilar.  Ular  asoson  kafedra  mudirilari  yoki  yetakchi  professor  – 

o‘qituvchilariga  taqlidan  o‘qitish  usullarini  qo‘llaydilar.  Lekin  shu  usullar  qaysi 

ta’lim  metodlari  tizimiga  kirishini  bilmaydilar  yoki  qiziqmaydilar.  Ta’lim  metodini 

bilish ta’limni takomillashtirish-ning muhim  shartlaridan biridir.Ta’lim metodi har 

hil o‘quv predmetlarini o‘qitishni qanday amalga oshirish yo‘larini belgilaydi.Ta’lim 

metodi  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  faoliyati  to‘g‘risida  nazariy  tushuncha  beruvchi 

didaktik  kategoriyadir.Masofadan  o‘qitish  har  hil  ta’lim  metodlari  orqali  amalga 

oshiriladi  va  unda  bir  qancha  usullardan  foydalaniladi.Har  bir    usul  muayyan 

harakatlardan  iborat  bo‘lib,o‘qitishning  hal  hil  didaktik  vositalari  yordamida 

ma‘lum  bir  maqsadga  erishishga  qaratiladi.  Masofadan  o‘qitish  metodlaridan 

foydalanganda qo‘ydagi usullarni qo‘llash mumkin: namoyish qilish, illyustratsiya, 

tushintirish,  hikoya,  suhbat,  mashq,  masala  yechish,  material  ni  yodlash,  yozma 

ish va takrorlash kabilar. [4] 

      Pedagogik jihatdan qayta ishlangan o‘quv mazmuni o‘z ichiga olgan  masofaviy 

o‘qitish o‘qituvchi va o‘quvchi qo‘lidagi o‘quv vositalari o‘quv mazmunini taqdim 

etish,  o‘quvchilarning  o‘rganish  faoliyatini  tekshirish  va  boshqarish  vazifasini 

bajaradi.  Ma‘lum  bir  o‘quv  materiali  bir  qancha  o‘rgatish  vositalari  (bosma 

materiallar,  audio-video  va  boshqalari)  bilan  berilishi  mumkin.  Vositalarning  har 

biri o‘z  didaktik imkoniyatlarga ega. O‘qituvchi bu imkoniyatlarni bilishi va o‘quv 

materialini  har  hil  vositalarga  ko‘ra  bo‘lib  chiqishi,  didaktik  vazifalarni  amalga 

oshirishga  qaratilgan  o‘quv  axborotlarni  tashuvchi  tizim  sifatida  o‘quv 



materiallaridan o‘quv vositalari kompleksini yarata olishi kerak. Masofaviy o‘qitish 

tizimi vositalari qo‘ydagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 

            1.Darsliklar  (an‘anaviy darsliklar,elektron darsliklar,qo‘llanmalar, spravoch-

niklar va boshqalar). 

         2.(Kompyuter) tarmoqdagi o‘quv-metodik qo‘llanmalar; 

         3.Odatdagi va multimediya variantlaridagi kompyuterli o‘qituv tizimlari

         4.Audio va o‘quv axborot materiallari

         5.Video o‘quv-axborot materiallari

         6.Masofaviy labaratoriya praktikumlari; 

         7.Masofaviy trenajyorlar; 

         8.Masofaviy axborot va bilimlar bazasi

         9.Masofaviy elektron kutubhonalar; 

        10.O‘rgatuvchi ekspert tizimlariga asoslangan o‘qitish vositalari; 

        11.Geoaxborotli tizimlarga asoslangan o‘qitish vositalari; 

        12.Virtual reallikka asoslangan o‘qitish vositalari. 

          

        Masofadan  o‘qitish  tizimida  o‘qitish  vositalari  yangi  axborot  texnologiyalari 

vositasida amalga oshiriladi.Keltirilgan vositalarning xarakteristikalarini keltiramiz. 

       Darsliklar. Didaktik bosma materiallarni tayyorlashda qo‘ydagilarga asoslanishi 

kerak. 


O‘quv  qo‘llanmalar  shunday  tuzilishi  kerakki,o‘quvchi  faqat  zarur  hollardagina 

qo‘shimcha o‘quv axborotga murojaat qilsin. 

O‘quv material strukturasini tashkil etishda modul printsipidan foydalanish kerak. 

Materialni  mustaqil  o‘zlashtirish  va  mustaqil  ish  bo‘yicha  batafsil  ko‘rsatmalar 

berilishi lozim. O‘quv qo‘llanmada nazorat vazifalari,bilimni tekshirish uchun savol 

va javoblar, mashqlar bo‘lishi kerak. Umuman olganda o‘quv materiallar quydagi 

strukturaga (o‘quv predmetiga ko‘ra invariant) asoslangan bo‘lishi kerak: 



Kirish  (dastur  va  mutahassislikni  tarihi  predmet,  aktualligi  boshqa 

predmetlar bilan bog‘liqligi va o‘rni); [8] 

 

Kurs bo‘yicha o‘quv dastur; 



Kursning maqsadi va vazifalari; 

Kursni mustaqil o‘zlashtirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalari; 

Mundarija; 

Bo‘lim (modul)lar bo‘yicha asosiy material tartibga solingan

Bo‘limlar  bo‘yicha  o‘rganish  uchun  javoblari  mavjud  bo‘lgan  testlar,  savollar  va 

masalalar; 

Yakuniy test; 

Mustaqil ish uchun amaliy topshiriqlar

Kichik ilmiy tekshirish ishlari uchun tematika

Atamalar lug‘ati; 

Qisqartirmalar ro‘yhati; 

Yakuniy qism; 

adabiyotlar ro‘yhati (asosiy, qo‘shimcha, fakultativ); 

Hrestomatiya  (kurs  tematikasi  bo‘yicha  darsliklar,  ilmiy  maqolalar,    metodika 

lardan misollar); 

Qo‘llanma muallifining qisqacha ijodiy biografiyasi. 

Adabiyotlarda keltirilgan ma‘lumotlar rangli qilib ishlangani ma‘qul; 

Kirish  –  to‘q  sariq,  notanish  so‘zlar  lug‘ati  –  pushtiriang,  tekst  –  oq-qora, 

mashqlarga kalitlar to‘q ko‘k, o‘z-o‘zini tekshirish mashqlari och- sariq, topshiriqlar 

(testlar) – yashil ranglarda. 




Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin