ңg`a - xizmating`a, tobing`a (184) kabi ko`rinishga ega bo`lgan
o`rinlarga ham duch kelish mumkin. Bu ko`rsatkich arab alifbosida ham nunu kofu
alif, nunu g`aynu alif bilan berilgan.
Bunda ikki xil fikr yurtish lozim buladi:
1. Bu so`zlardagi n undoshini oralik (interkalyar) tovush deb tushunish
mumkin, chunki bu tovush hozirgi o`zbek tilida ham qo`llanib kelmokda.
2. eski o`zbek yozuvida ham hozirgi o`zbek yozuvida ham shunday
nokulayliklar mavjudki, jonli tiliga xos bo`lgan barcha imkoniyatlarni berish qiyin.
(Bunday qiyichilik dunyodagi deyarli barcha yozuvlarda mavjud.) Buni ma`lum
darajada transkriptsion belgilar bilangina amalga oshirish mumkin. SHu munosabat
bilan qadimgi turkiy tilda ham bo`lgan, mazkur doston tilida ham davom etgan
jo`nalish kelishigining –nә-na variantlarini arab yozuvida ham, xozirgi o`zbek
yozuvida ham o`quvchiga etkazish qiyin, ya`ni –ңә -ng`a ( ) shaklida yozuvida
61
namoyon bo`lishi kutilgan natijani bermaydi. Afsuski, kotiblarning —nә -na
qo`shimchasini nunu kofu alif hamda g`aynu hoyi havvaz bilan berishdan boshqa
iloji ham yo`q edi.
Tartib sonning qadimgi turkiy til xos bo`lgan -nch qo`shimchasi
bilan hosil qilingan varianti qayd qilinadi:
Ikinch elgә alib ul teshәsini,
Yana bashlar uzaqi peshәsini. (239)
Ortirma darajasi sifati kәd, yavlaq, asru, asri (juda) ravishlari bilan ham
hosil qilingan:
Fәlәk astinda kezdim muncha afak,
Ajayib kӛrdүm ichrә yavlaq. (143)
Bu o`rinda yavlaq so`zi ajayib sifatiga aloqador.
Qamug` barcha shahdin alur mālu xirajin,
Agar bermәsә tushrur bashda taj’yu.
Yana ush bizgә davlat yari keldi,
Ne kim saqindi o`z bash’āa keldi. (213)
Fe`lning amaliy shakllarida hozirgi davrda mavjud bo`lgan qo`shimchalar
bilan birga qadimgi turkiy tilga xos bo`lgan qo`shimchalar ham qo`llangan:
-ig`li /—igli sifatdosh qo`shimchasi:
Qayu majlisdakim sӛzlәsә ul ay,
Oqig`lilar qilur erdi tәlim vay. (227)
-u —u, -yu -yu ravishdosh qo`shimchasi:
Bu yaңlig` sӛzlәr aytu, yig`lag`u zār,
Yuzin surat oңinda yergә surtar.(239)
-madin ravishdosh qo`shimchasi:
62
Axir ush ikkimizdin ӛzge kim bar,
Saq’nmadin saqinmaq nedin, ey yār. (195)
SHart maylning 11 shaxs birligida -naң –nәң qo`shimchasining
qo`llanishi ham doston tilining o`ziga xosligidir:
Agar kert-u musulmān ersәnәen bir,
Nedin qilmazsen ul āvāzi tәkbir. (260)
Ush andin aydi: «Ey farzāna Farhād,
Kerәkkim qilsaңan emdi meni shād». (288)
Buyruq-istak mayli feg’lining 111 shaxsida -su -sү qo`shimchasi
katnashgan.
Buyurdi kelsү teb barbatchini shāh,
Achiq bolsun tedi kelginchә dargāh. (215)
Kishi kirmәs bag`chilar bag`ina,
Tavar sүmәesүnlәr ham terlanlarina. (138)
Lekin -sun
-sүn qo`shimchasi ham qo`llanganligi
yuqorodagi misollardan ko`rinib turibdi.
So`z shakllarida o`g`uz guruhi tillarining fonetik xususiyatlari saqlanadi:
a) bo`lishsizlik shaklidan so`ng kelasi zamon sifatdoshi -z qo`shimchasi
bilan hosil qiluradi:
Qamug`din ozrub ul xidmat jahānniң,
Kechүrmәz erdi xidmatsiz zamāniң. (138)
b) hozirgi-kelasi zamon fe`li bo`lishsizi -man -men qo`shimchasi bilan
qo`llangan:
Melikmәn yazuqni bilmәn tedi hech,
Ayittlar kechә kim qaldi ul kech. (139)
63
Forsiy mofologik unsurlardan ham, ya`ni «yoye ishorat» shaklidan ham
foydalanilgan:
Xanim birlә mәlikә atina bir
Kitabe qil ka qil tedi tadbir. (135)
Agar uchtmāxda hure ersә mashhur
Ul el uchtmāx erүr ul fitnalar hur. (145)
Dostları ilə paylaş: |