O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
O`zbekiston respublikasi

ADABIY TIL VA UNING SHAKLLARI 
Adabiy til deb leksik sostavi barqaror, fonetik va grammatik qurilishi 
silliqlashgan umumxalq tilining oliy formasiga aytiladi. Adabiy tilning yuzaga 
kelishi shu tilning xalq va milliy til bosqichlari bilan bog`likdir. Ma`lum bo`ladiki, 
adabiy til xalq yoki maishiy til zaminida yaratiladi. Shuning uchun ham o`zbek adabiy 
tilining shakllanishini XIII asr oxiri va XIV asr boshlari bilan, eski turkiy adabiy 
tilning (qoraxoniylar davlati adabiy tili) shakllanishini XI – XIII asrlar bilan 
bog`laydilar. 
Adabiy til asosiy e`tibori bilan umumxalq tilidir, lekin u so`z ustalari 
tomonidan ijodiy boyitilgan va qayta ishlangandir. 
Adabiy tilning yozma va og`zaki formalari bor. Ma`lumki, yozuvsiz 
adabiy til bo`lishi mumkin emas. O`zbek adabiy tilining shakllanishi va silliqlanishi 
O`rta Osiyoda yozuvning paydo bo`lishi bilan yozuvdan oldingi xalq og`zaki poetik 
ijodini og`zaki adabiy tilning ko`rinishi deb qarash mumkin. Demak adabiy tilning 



og`zaki formasi yozma adabiy tilning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Bu esa so`z 
adabiy til yozuvdan oldin yuzaga keldi degan xulosani bermaydi. YOzma adabiy til 
og`zaki adabiy tilning ma`lum normada saqlanib turishi uchun xizmat qiladi, chunki 
adabiy til yozuv bilan shakllangandagina o`zining normalariga qat’iy ega bo`ladi. 
Adabiy tilning normalashtirilgan til deyilishining boisi ham shundadir. Adabiy til 
dialekt va jargonlardan o`zining normaga solinganligi bilan farq qiladi. Adabiy til 
uslubda, so`z qo`llashda, morfologik va sintaktik modellarga rioya qilishda har bir 
tilning o`z ichki qonunlari doirasidan chiqmaydi. Og`zaki adabiy til esa, til 
taraqqiyotining ma`lum davrida bir xil talaffuz normalariga amal qi,lishni talab qiladi. 
Tilning taraqqiyotiga bog`liq ravishda adabiy til normasi ham o`zgarib 
boradi. Masalan, o`zbek adabiy tilida Alisher Navoiy davridan beri uning lug`at 
sostavida va grammatik kurilishida turli o`zgarishlar bo`ldi. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin