11
yozuvchisi N.M.YAdrintsev Urxun daryosi bo`yidan shu xildagi yozuvlarni topadi va
tuzilishi jihatidan German runik yozuvlariga o`xshagani uchun
runiy yozuv deb
ataydi. Runiy yozuvdagi yodgorliklar katta hududga taqalgan bo`lib,
ular feodal
hukmdorlar va ularning qarindoshlari qabri ustiga qo`yilgan toshlar, idishlar, yog`och
va tog` qoyalarda saqlangan. Bu yozuvdagi bitiklar enasoy daryosi bo`ylaridan,
Qirg`izistonning Talas vodiysidan, Urxun daryosi Selenga havzasi va unga yaqin
joylardan, Boyqol ko`li atroflaridan topilgan.
Uyg`ur yozuvi yangi so`g`d yozuvi asosida shakllangan bo`lib, u keyinchalik
mo`gullarga va mo`g`ullardan manjurlarga o`tgan.
Uyg`ur yozuvi VI tortib XV
asrgacha turkiy xalqlarda va buddaviylar orasida XVIII asrgacha ishlatilib kelingan.
Uyg`ur yozuvi asosida 1X-X asrlarga tepishli bo`lgan
turkiy tillarning yozma
yodgorliklari paydo bo`ladi. Ular diniy, falsafiy xususiyatga ega bo`lgan asrlardir.
Uyg`ur alfaviti bilan yozilgan yodgorliklarning xususiyati va mazmuniga
qarab, quyidagilarga bo`lish mumkin: 1. Uyg`ur yodgorligi. 2. Ma`naviylik
yodnomasi. 3. Buddiy yodnoma. 4. Xristian yodnomasi.
X1-XU asrlarga oid ko`pgina yirik asarlar turk uyg`ur yozuvida tartib
qilingan. Masalan, «Me`rojnoma», «Tazkirai avliyo», «Baxtiyornoma» kabi bir
qator asarlar shu yozuvda ko`chirilgan. «Qutadg`u bilig», «Hibatul haqoyiq»,
«Muhabbatnoma» kabi asarlarning uyg`ur yozuvida ko`chirilgan
nusxalari ham
mavjud.
Akademik V.V. Radlov birinchi marta kadimgi turkiy adabiy tilning
o`ziga xos dialektlarini o`rganib chikdi va uni shimoliy, janubiy va aralash dialekt
deb uch guruhga bo`ldi. SHimoliy turkiy adabiy tilga runiy yoki o`rxun-enasoy
yozuvlari asosida vujudga kelgan til kiritiladi. Bu tilga xos xususiyatlaridan biri so`z
boshida va so`z oxirida jarangli undoshlar o`rnida ko`proq
jarangsiz undoshlar
kelishidir. Lekin bundan
b undoshi istisnodir, chunki so`zning oxiri
n va
ng
tovushlari bilan tugagan so`zlarda so`z boshidagi jarangli
b undoshi saqlanadi:
bәn-
men, bing-ming, bin-min kabi. Masalan
Tonyuquq bәnәg aydi - Toyo`quq menga
aytdi (Tonyo`quq). Bagnu tash taqitdim-Mangu tosh tikdim (Kultagin).
12
Bundan tashqari,
t tovushi so`z boshida ko`p ishlatiladi:
Su barin tidi -
Qo`shin bilan bor dedi (Tonyo`quq).
Tushum kelishi uchun asosan
-g` (-g) / -ig` - ig - ug` - үg affiskli shakl
qo`llangan: sabig` - so`zni, yag`ig` - dushmanni (Tonyo`quq),
on әrig - o`n erni
(Kultagin).
Qaratqich kelishigi affiksi -ning/-ing shaklida ishlatilgan:
Kultәginniң
altunin, kүmүshүn; Qag`aniң sabi -Xoqonning so`zi; biziң sү - bizning askar
(Kultagin).
O`rin-payt, chiqish kelishiklari uchun —
da / - dә// - ta / tә affiksli shakl
qo`llangan:
Tүrgesh qag`anta kөrүg kәlti - Turgash xoqondan ayg`oqchi keldi
(Kultagin),
Qirqizta yanti- miz — Qirg`izlardan qaytdik (Tonyo`quq
).
O`tgan zamon fe`li ma`nosida
-di / - di // - ti / - ti, - mish / - mish (- mis / -
mis) affikslaridan tashqari —
duq / - dүk affiksli shakl ham qo`llangan. -
duq / -
duk affiksli shakl o`tgan zamon fe`li ma`nosida shaxs-son ko`rsatkichisiz
uchala
shaxsning birligi va ko`pligi uchun ishlatilavergan.
O`rxun-Enasoy yozuv yodgorliklarida hozirgi turkiy tillarga xos so`zlar
uchraydi: e
l (el), ben (men) ilig (qo`l), siz, og`lan, yash, at, tәңri, altmish kabi.
Lekin semantik xususiyatlari bilan iste`moldan chiqib ketgan so`zlar ham mavjud:
bodun (xalq), bag` (ittifoqchshshk), sү (qo`shin), sabim (so`zim) iti (yubordi), tosiq
(to`ygan), ukush (ko`p) kabi.
Qadimgi turkiy tilning janubiy guruh dialekti uyg`ur yozuvi asosida paydo
bo`lgan. Bularga Selenga, Suji va Turfon yodgorliklari kiradi. Janubiy guruxdagi
tillar fonetik jihatdan shimoliy guruxdagi tillardan oxiri
n, ng bilan
uchraydigan
so`zlar boshidagi
b tovushining
m tovushiga o`zgarishi bilan farqlanadi:
baңu -
maңu (mangu), ban - men, biң -
miң kabi.
Qaratqich kelishigi
-niң / -niң affiksi bilan, chiqish kelishigi -
din / -din //
-
tin / -tin affiksi bilan ifodalanadi. Fe`lning o`tgan zamon shakli har bir shaxs va son
uchun alohida affikslarga ega.
13
Aralash dialektning fonetik jihatdan o`ziga xos xususiyatlari tovushining
t
tovushi bilan,
ch tovushining
z tovushi bilan almashinib ishlatilishidir:
achun -azun
(dune), atun - adun (boshqa) kabi
.
Dostları ilə paylaş: